Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari Mundarija: Kirish


Maktabgacha yoshdagi ta`lim-tarbiya berishning zamonaviy usullari


Download 50.55 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi50.55 Kb.
#1532024
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabgacha ta

2.2 Maktabgacha yoshdagi ta`lim-tarbiya berishning zamonaviy usullari
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Toki hayot davom etar ekan, ta`lim ham, zamon o`rtaga qo`yayotgan yangi-yangi talablarga ko`ra muttasil ravishda o`zgarib-yangilanib boraveradi. Faqat biz sohadagi dastlabki qadamlarni to`g`ri qo`ya olsak, poydevorni mustahkam qilib barpo etsak, men shunga ishonamanki, bugungi avlod esa bizning qilgan ishlarimizni ehtirom va minnatdorchilik tuyg`usi bilan eslaydi”, deb e`tirof etadi.
Darhaqiqat, O`zbekistonning milliy istiqlolga erishish, ijtimoiy va siyosiy sohada sodir bo`layotgan tub o`zgarishlar ta`lim tizimini, jumladan, maktabgacha yoshfagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish, ularni aqliy, ma`naviy, jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayonini yangilashni taqoza etmoqda. 
“Ta`lim to`g`risida”gi Qonunning 26 moddasida “O`qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiya .. o`quv jarayoniga joriy etilsin” deyilgan bo`lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da: “Ta`lim berishning ilg`or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o`quv-uslubiy majmualarini yaratish va o`quv tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash” talab etiladi.
Texnologiya yunoncha ikkita “texno”, ‘logiya” so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, mohirlik, ustalik to`g`risidagi ta`limot degan ma`noni anglatadi. Yangi pedagogik texnologiya esa shu paytgacha ta`lim-tarbiya berishda foydalanib kelgan an`anaviy uslublardan voz kechgan holda yangi, qildiradigan, ijodiy izlanishga chorlaydigan uslublar yig`indisidan mohirlik bilan foydalanishlar.
Maktabgacha ta`lim tizimida predmetli yo`nalish mavjud edi. Predmetli ta`lim maktabgacha ta`lim muassasalarida o`zining mazmuniga ko`ra tobora murakkablashib, maktab ta`limiga yaqinlashib boradi. Natijada bolaning o`yin faoliyatiga asoslangan rivojlanish jarayoni uning ruhiy rivojlanishi bilan nomuvafiq murakkab ta`lib jarayoni bilan almashtirildi. Bu holat tarbiyalanuvchilarning dastur vazifalarinin o`zlashtirishlariga ham o`zining salbiy ta`sirini o`tkazdi. 
Shu bois, bugungi kunda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning faoliyatlari oila sharoitiga yaqinlashtirilib, 2-3 yo`nalish uyg`unlashtirilib turli xil o`yinlardan foydalani orqali tashkil qilinmoqda. Bir yo`nalishdan ikkinchi yo`nalishga o`tishda qiziqarli “Aldarko`sa”, “Bilmasvoy”, “Afandi”, “yalmog`iz”, “dehqon bobo”, “Qimmatxon” kabi va shu obrazlar yordamida bog`lanib, didaktik o`yinlaridan foydalaniladi. 
Bugungi kunda maktabgacha ta`lim sohasida xalqaro aloqalarga keng o`rin berilib rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Gollandiya tajribalari o`rganilib, xududiy va milliy xususiyatlarimiz hisobga olingan holda, ijodiy qo`llanilmoqda. 
Mariya Motessori ilmiy izlanuvchan, tabiatshunos, vrach, psixolog Italiya yashab ijod etgan, Gollandiyada vafot etgan. Uning maktabgacha tarbiya sohasida pedagogik faoliyatini butun dunyo xalqlari biladi. U bolalar bilan ishlash jarayonida bolalarga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni: ularning qobiliyatlari, qiziqqishlari, bilim darajalarini o`rgandi. Shularga asoslanib didaktik o`yinlar va didaktik materiallar yaratdi. Uning fikricha pedagogika bolaga yordam bermaydi balki, tarbiyachiga yordam beradi. Haqiqatdan ham shunday. O`rgatish uslubi bolalarning istagi, qiziqishi, mushohada qilishi bilan bog`lanmas ekan, bu uslubning samarasi to`g`risida o`ylamasa ham bo`ladi. Biz o`rganib qolgan eski uslubga nazar tashlaydigan bo`lsak, bolalarning istak hohishini hisobga olmasdan hammasini yig`ib, majburlab gapimizni eshitishi, xuddi shunday qilib hikoya qilib berish, namunadagiday rasm chizish talab qilinar edi. Bunday holat bolani chegaralab uning erkin harakat qilish, mustaqil fikr yuritish, ijodkorlik sifatlarini bo`g`adi. Natijada faqat bola ko`r-ko`rona o`zgalarga taqlid qilishdan nariga o`tmaydi. Bolalik inson umrining bir bo`lagidir. Inson butun umr bo`yi oladigan bilimning eng ko`p qismini ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshida egallaydi. Yoshligidan istak, hohishi bo`yicha harakat qilishi, o`ylashi mustaqil fikrlashi uchun oilada ham, bolalar bog`chasida ham kattalar tomonidan sharoit yaratilishi zarur. Bola “kim bilan”, “qachon”, “nima bilan” shug`ullanilishini o`zi hal qilsin. Masalan: hal qilishning barcha bosqichlarini o`zi yecha olsagina mantiqiy fikrlashi rivojlanib boraveradi. Savolga to`g`ri va tez javob berishi uchun kattalar shoshilmasligi kerak.

Kech bo`lsa ham bola o`z xatosini o`zi to`g`rilasin, o`z fikrining to`g`riligini o`zi dadil turib isbotlay olsin. M.Montessori pedagogikasining ahamiyati xuddi shunday sifatlarni tarbiyalashga, aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilganligidadir. U yaratgan o`yinlar sezgi organlari: ko`rish, eshitish, teri-tuyush. Hid bilish, ta`m bilish orqali narsa va hodisalarni bilib olishga mo`ljallangan “kvadrat tuz”, “bo`sh katakni to`ldir”, “nuqtalat o`yini”, “Loto”, “Rangiga qarab o`rnini top”, “O`z o`rnini top”, “Qaysi biri ortiqcha” o`yinlari shular jumlasidandir.


Atoqli italiyalik pedagok, psixiatr vrach M.Montessori 1870-1952 yillarda yashab ijod etgan. U asos solgan bolalar uylariga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jalb qilinib, u yerda tarbiyaning o’ziga xos tizimi amalga oshirildi. U tuyg’u organlarini tarbiyalashni birinchi o’ringa qo’yadi,buning uchun tegishli didaktik material ishlab chiqadi. Mashqlar sistemasi bolalarda muayyan ko’nikma va malakalarni: predmetlarni shakliga,vazni va rangiga qarab farqlash,xilma-xil ovoz va hidlarni bilish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. Montessoru foydalanadigan didaktik materiallar o`z-o`zini nazorat qilish prinsipiga muvofiq yaratilgan bo`lib, bolalarga, pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug`ullanish imkonini beradi. Lekin bunda sezgi organlarining rivojlanishi nutqning o`sishi bilan bog`lanmas edi.
Kattalar tomonidan majburlash, “uni o`yna”, “buni o`yna”, “xato qilding”, “mana bunday bajar” qabilida ish tutish M. Montessori pedagogikasiga zid uslublardir. Uning ta`limi “O`zim bajarishim uchun menga yordam ber” qabilida ish yuritishga asoslangandir. Bola erkin “kim bilan”, “nima bilan”, “qachon” tushunchalarini o`zi hal qilsin. O`zi ko`rib, eshitib, harakat qilib, paypaslab mushohada, ya`ni mantiqiy fikrlay olsin. 
Maktabgacha ta’lim sohasida pedogogik jarayonga xozirgi kun talablari bolalarni erkin fikrlashga undovchi qanday topshiriqlar, ta’limiy oyinlardan foydalanish lozimligi togrisida tushuncha beradi. Bolalarda erkin , xur fikrlilikni tarbiyalash istagi xalqimizda qadimdan mavjudligini ta’kidlash uchun Xoja Nasriddin xaqidagi rivoyatlardan birida mazkur mavzuga dahldor bo`lgan kichik bir korinish saqlanib qolganligini quyidagicha hikoya qiladi . 
Xoja Nasriddinning qoshnisi uning oz farzandini kaltaklayotgani ustidan chiqib qoladi. Qoshni xayron boladi. Chunki bola tartibli, doimo ota-onasining aytganini qiladi .Qoshnisi Xoja Nasriddindan kaltaklash sababini soraganida, u quyidagicha javob qiladi:
-Togri , bolam buyurgan ishlarimni bekami-ko`st bajaradi. Biroq uning aybi shundaki, men buyurmagan ishlarni bajarishni bilmaydi.
Maktabgacha yoshdagi (bolalar) asosan 6-7 yoshli bolalar maktabga tayyorgarligining asosiy belgilaridan biri nutqini rivojlanganligidir. Bolalar bog`chasida har bir guruhda nutq o`stirish bo`yicha egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarining m`eyori ko`rsatilgan. O`z vaqtida muntazam kundalik faoliyatda, mashg`ulotlar jarayonida dasturda ko`rsatilgan vazifalar amalga oshirilsagina kutilgan natijaga erishiladi.
Bola 1- sinfga nutqi jihatidan benuqson holatda kelsa barcha fanlardan o`zlashtirishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi og`zaki nutqining, yani lug`at boyligining oshib borishini, nutqning Grammatik jihatdan to`g`ri tuzilishini tovush talaffuzini har tomonlama rivojlantirishni nazarda tutadi. Nutq qobiliyati ma`lumki kishilarning tug`ma qobiliyati emas. Nutq bolalarda asta – sekin rivojlanadi.
Ba`zan bir xil yoshdagi bolalar nutqi kuzatilganda ular darajasining har xilligini ko`rish mumkin. Demak bola nutqining rivojlanishi tevarak – atrofdagilarning ( ota – onalarning , tarbiyachilarning) qanchalik e`tibor berishiga bog`liqdir.
Bolaning ilk yoshlik davridan boshlab oila a`zolari, bog`chada tarbiyachilar har bir narsaning nomini to`g`ri aytib , chuchik tilda gapirmasdan murojaat qilish kerak.
3-4 yoshli bolalar nutqida hamma tovushlar mavjud bo`lib, bu tovushlar ustida ishlash zarur.Chunki mazkur davr tovushlarni o`zlashtirish davri hisoblanadi. To katta guruhgacha hamma tovushlar ustida ishlanadi. Maktabda tayyorlov guruhda esa aralashib ketadigan tovushlarni ajratishga o`rgatiladi.
Tovush talaffuzini tarbiyalash bo`yicha ishni boshlashdan oldin tarbiyachi o`z guruhidagi har bir bolaning nutqi bilan tanishib chiqishi kerak . Nutqni tekshirish yilda ikki marta kuzda va bahorda olib boriladi. Kuzda ishlarini to`g`ri rejalashtirish, bahorda-qilingan ishlarga yakun yasash maqsadida tekshirishda tarbiyachi
tovush talaffuzi holatiga

  1. lug`atiga

  2. ma`noli nutqiga e`tibor qaratadi.

Bola nutqidagi buzilishlar qayd qilinadi. Agar juda qo`pol buzilishlar bo`lsa, bolaning sog`ligi bilan tanishib chiqishga to`g`ri keladi. Ko`pincha bolaning 3 yoshlik davrida turli yuqumli kasalliklar bilan og`rishi, uning o`sishni to`xtatib qo`yadi. Bu o`z navbatida nutqining rivojlanishiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday bolalar bilan alohida ko`proq ishlashni rejalashtirishga to`g`ri keladi. 
Bolalar nutqini tekshirishda al`bomlar maqsadga muvofiq emas. Chunki al`bomning bir betiga bir qancha rasm yopishtiriladi. Bolalarga ko`rsatilganda ularning diqqati bir rasmdan ikkinchi rasmga ko`chadi. Shuning uchun bir tovush uchun mo`ljallangan buyumni rasmlardan foydalanish kerak. Bunda shunday rasmlarni tanlash kerakki bu rasmlarning nomlarida quyidagi tovushlar ishtirok qilsin. s, z, sh, ch, l, r, v, b, g, x, h, va boshqalar. Har bir tovush so`z boshida, o`rtasida, oxirida keladigan bo`lsin. Rasmlar rangli, bolalar diqqatini o`ziga tortuvchi, mazmuni jihatidan bolalar yoshiga mos bo`lishi kerak. Buyumli rasmlar 10x10 hajmdan kichik bo`lmasligi kerak. 
Bolaning tovush talaffuzini tekshirish vaqtida buyumli rasmlar nomini ayttirishda lug`at tarkibi, grammatik qurilishi ham kuzatiladi. Gapda so`zlar o`rnini almashtirmayotganligi, bo`g`inlar tashlab ketirmayotganligi aniqlandi. Tarbiyachi so`zlardan gaplar tuzishga, gaplarda bog`lovchilarni ishlatishga, kelishik qo`shimchalaridan to`g`ri foydalanishga o`rgatishda mazmunli rasmlardan foydalanadi. Oldin ikki, keyin uch, to`rt, so`ngra undan ortiq so`zlardan foydalanib gap tuzishga o`rgatadi. Tarbiyachi bu ishlarni amalga oshirishda bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini ta`limning didaktik tamoyillarini hisobga oladi. 
Agar rasmning nomini aytishda bola talaffuz etilishi lozim bo`lgan tovushni biron marta ham aytaolmasa, aynan shu tovushni so`zda emas, balki alohida o`zini talaffuz ettirib ko`riladi. Tarbiyachi oldin aytadi.agar bola alohida talaffuz etsa keyin so`zlarda to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatiladi. Bola nutqini tekshirish vaqtida uning noto`g`ri tovush talaffuzini, so`zlarini gaplarini takrorlamaslik kerak. Bu bola nutqiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, hatto noto`g`ri tovush talaffuzining mustahkamlanib qolishiga sabab bo`ladi. Kundalik hayot jarayonida nutqini tekshirish vaqtida bolalar nutqining tezligi, so`z jumlalarning aniqligi, ovozning jarangdorligiga, duduqlanishga tarbiyachi e`tibor beradi va ota-onalari bilan hamkorlikda kamchiliklarni bartaraf qiladi. Tekshirish natijasini jadvalda qayd qiladi. 
“Lug`at boyligi”, “So`zlarning qurilishi”, “tovush talaffuzi”, “Izoh” bo`limlarini to`ldiradi. Shunga asosan ertalab va kechki soatlarda qaysi bolalar bilan nima ustida ishlashni rejalashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida eng ko`p uchraydigan kamchiliklardan biri, bu tovush talaffuzining buzilishidir.
1. u yoki bu tovushlarni yaxshi talaffuz eta olmaslik
2. bir tovushni ikkinchi bir tovush bilan almashtirib talaffuz etish
3. bor bo`lgan tovushni buzib talaffuz etish bog`chada tovushlarni talaffuz etishni shakllantirish ishi bo`yicha olib boriladigan ishlar to`g`ri yo`lga qo`yilsa bola nutqidagi kamchiliklar 5-6 yoshga to`lguncha batamom to`g`rilash mumkin. Agar shug`ullanish natijasi yaxshi bo`lmasa logopedga murojaat qilish kerak. 
Tovushlarning noto`g`ri talaffuz etilishi – dislaliya.
Manqalanib, to`g`illab gapirish – rinolaliya. Alaliya – bosh miya katta yarim sharlar po`stlog`idagi nutq zonalarining chala rivojlanishi yoki zararlanishi sababli bolalarning tilga kirmasligi yoki yaxshi so`zlay olmasligidir. Bunga ona qornidaligida yoki tug`ilish vaqtida bola boshining jarohatlanishi, 1 yoshgacha bo`lgan davrida og`ir kasalliklar bilan kasallanish sabab bo`lishi mumkin. Aloliya sababli bola nutqi uzoq vaqt rivojlanmaydi, natijada 5-7 yoshgacha, ba`zan 10-12 yoshgacha bolaning tili chiqmaydi. Alaliyaga yo`liqqan bolalar logoped va psixologlarning maslahatlaridan keyin, maxsus guruhlarga, bog`chalarga maktablarga yuboriladi. 
Duduqlanish – ba`zi bir so`zlarni aytishda to`xtalish yoki alohida tovush va bo`g`inlarni takrorlash. Duduqlanish hollari asabi bo`shashgan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydi. Duduqlanish ko`pincha qo`rquv natijasida va ruhiy jarohatning davom etishdan, atrofdagilarning bolaga nisbatan qo`pol munosabatidan duduqlanish paydo bo`lishi mumkin. Nutqi yaxshi rivojlanmagan bolaga ko`p she`r yodlatish, ertaklarni aytib berishga majburlash ham duduqlanishga olib keladi. Bolaning yoshiga to`g`ri kelmaydigan kitoblarni, ayniqsa qo`rqinchli ertaklarni kechqurunlari o`qib bermaslikni, tele ko`rsatuvlarni ota-onalarga tushuntirish lozim. Ovozning buzilishi – disfoniya deyiladi . Disfoniyada ovoz past va hirildoq bo`ladi. Har doim baland ovoz bilan baqirish, ashula aytish, kattalarning ovoziga taqlid qilish avtomobilning signaliga taqlid qilishlar, burunda o`simtaning o`sishi disfoniyani keltirib chiqaradi.
Tarbiyachi bog`chada nutq o`stirish mashg`ulotlarda , kundalik faoliyatda bolalar nutqini rivojlantirishni, kamchiliklarni bartaraf qilishni nazarda tutishi lozim. Boshqa mashg`ulotlarda ham bola to`liq jumla tuzib beradigan qilib savol berish maqsadga muofiq.”Ha”, “Yo`q” tarzida javob beradigan qilib savol berish tarbiyachining katta xatosidir. Bola uchun yangi bo`lgan so`zlarning ma`nosini sodda qilib tushintirish so`z boyligini oshiradi. Nutq o`stirish mashg`ulotlarida tarbiyachi aynan nutq o`stirishga taalluqli maqsadni ko`zlagan holda mavzu tanlashi lozim. Muayyan tovush ustida ishlangan, lug`atni boyitishga gapning qurilishiga rioya qilinishiga qaratilgan o`yinlar mashg`ulot mazmunini tashkil qilishi kerak. Ba’zan tarbiyachilar nutq o`stirish mashg`ulotlarini tabiat bilan tanishtirish, badiiy adabiyot tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg`ulotlari bilan tanishtirish mashg`ulotlari bilan aralashtirib yuboradilar. Nutq o`stirish mashg`ulotlarida nutq o`stirish bo`yicha dasturda ko`rsatilgan vazifalar, davlat talablaridagi ko`rsatilgan minimal talablar ko`zda tutiladi.


Download 50.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling