Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari Mundarija: Kirish


Download 50.55 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi50.55 Kb.
#1532024
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabgacha ta

Kurs ishini maqsadi: Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish
Kurs ishini vazifasi:
- Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish
- Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga taʼlim tarbiya berish metodlari
- Maktabgacha yoshdagi ta`lim-tarbiya berishning zamonaviy usullari
Kurs ishining obekti: Maktabgacha yoshdagi bolalar
Kurs ishining metodologik asoslari: Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning mustaqil ishlari katta oʼrin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi kirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar oʼzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi
Kurs ishining hajmi: Kirish, Ikki bob,Xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan eborat.


1.1 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga taʼlim tarbiya berish metodlari
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga taʼlim tarbiya berish metodlari
Maktabgacha pedagogikada metod deb, taʼlim-tarbiya berish maqsadida qoʼllaniladigan pedagogik taʼsir etish uslublari tushuniladi.
Metod oʼz ichiga bolalar faoliyatini tashkil etish va unga ragʼbarlik qilishga qaratilgan pedagogik faoliyat usullarini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning faoliyat turlari va usullarini qamrab oladi. (L.А.Golovchis). Har bir metodda tashqi va ichki tomonlar farqlanadi. Metodning tashqi tomoni bu tarbiyalanuvchi va pedagogning harakat usullarining sistemasidir. Metodning ichki tomoni u yoki bu harakat usullari zamirida yotadigan psixik bilish jarayonlaridan iborat. Metodning u yoki bu aniq elementlarini usullar deb nomlash qabul qilingan. Metodni tashkil etuvchi usullar qanchalik turli-tuman va boy boʼlsa, oʼquv-bilish va oʼquv-amaliy vazifalarni hal etish ham shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Metod va usul oʼzaro dialektik aloqadadir: metodning tarkibiy qismi boʼlgan usul ayrim hollarda metod sifatidan namoyon boʼladi. Metod va usul oʼrtasidagi farq ular yordamida hal etiladigan oʼquv bilish vazifalarinig hajmi va tabiatiga bogʼliq: metod umumiy oʼquv vazifasini (yoki uning yirik mantiqiy qismini) butunlay hal etishga, usul birmuncha kichikroq vazifani hal etishga qaratilgandir. Zamonaviy didaktikada bolalarning faoliyatini, borliqni bilish yoʼllarini belgilovchi koʼrgazmali, amaliy va soʼzli metodlar qoʼllaniladi. (А.V.Zaporojets, T.А.Markova, V.I.Loginova, P.G.Samorukova). Rivojlanishida nuqsoni boʼlgan bolalarning maktabida uch turdagi Maktabgacha taʼlimda koʼllaniladigan etiladigan koʼrgazmali metodlar guruhiga quyidagilar: kuzatish, rasmlarni tomosha qilish, kinofilm va diafilmlarni namoyish qilish, shuningdek, ayrim hollarda mustaqil metodlari vazifasini bajaradigan baʼzi usullari: vazifa-namunasi, harakat usulini koʼrsatish va boshqalar kiradi (V.I.Loginova, P.G.Samorukova). Oʼrgatish metodlari-pedagogikada qabul qilingan taʼrifga koʼra qoʼyilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yoʼl sifatida taʼriflanadi. U mashgʼulotdagi bolaning va defektologning butun faoliyatini oʼrgatish usullari-ayrim yordamchi vosita boʼlib, mashgʼulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u taʼlimda tor maʼnodagi ahamiyatga ega. Аyrim metodlar mashgʼulot ishining umumiy yoʼnalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon boʼladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning mustaqil ishlari katta oʼrin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi kirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar oʼzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi, chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bogʼliqdir. Maktabgacha taʼlim muassasasi uchun oʼziga xos boʼlgan asosiy guruxni oʼyin usullari tashkil etadi va bu oʼyinlardan turli metodlar ichida foydalanish mumkin. Koʼrgazmali metod va oʼrgatish usullari. Rivojlanishida nuqsoni boʼlgan bolalarning borliqni bilishda kuruv idrokining, koʼrgazmali obrazli tafakurining ahamiyatini hisobga olgan holda, ularning taʼlim tarbiyasida koʼrgazmali metodlarni eng samarali metod deb hisoblash mumkin. Kuzatish- maktabgacha taʼlimning asosiy, yetakchi metodlaridan biridir. Bu metodning yetakchi ahamiyati shundaki, kuzatish jarayonida quyidagilar amalga oshadi:
А)buyumlar va atrof- muhitdagi hodisalar haqidagi tasavvurlar shakllanadi;
b) bu metod maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlariga mos keladi;
v) kuzatish metodi koʼpincha boshqa metodlar bilan birga keladi, yoki ular tarkibiga usul sifatida qoʼshiladi.
Bilish vazifalarining xarakteriga koʼra kuzatishning turli koʼrinishlaridan foydalaniladi:
1. Buyum va hodisalarning xususiyatlari hamda sifatlar (kattaligi, qurilishi, shakli, rangi va hokazo), shuningdek, kuzatiladigan obʼektning boshqalari bilan aloqasi haqidagi bilimlarni shakllantiruvchi kuzatishlar;
2. Obʼektlarning oʼzgarish va qayta oʼzgarishini kuzatish materiallarning mehnat faoliyati davomida buyumga aylanishi, oʼsimlik va hayvonlarning oʼsishi va rivojlanishi, tabiatdagi, odamlar mehnati va turmushidagi mavsumiy oʼzgarishlar va hokazo). Bu kuzatishlar mavjud borligʼdagi jarayonlar, obʼektlarning dinamikasi, oʼzaro harakati haqidagi bilimlarni beradi;
3. Hodisalar va obʼektning belgilari oʼrtasidagi mantiqiy aloqadorligini oʼrnatishga yordam beruvchi kuzatishlar (chunochi, bolalar barglar rangiga qarab yil faslini, mevaning rangiga qarab pishganpishmaganini, yerning rangiga qarab uning namligini aniqlaydilar) Kuzatish metodi bolalar bilan olib boriladigan barcha taʼlimiy ishlarda, chunonchi mashqulot va ekskursiyalarda, sayr va kundalik qayotda, shuningdek, bolalar bilan alohida-alohida ish olib borilganda foydalaniladi.
Kuzatish metodining samaradorligi quyidagi shartlarga amal qilingandagina taʼminlanadi:
1. Kuzatish obʼektlarini tanlashda, shakllanadigan tushuncha va tasavvurlarni belgilashda bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olish. Bir qancha obʼektlaroni baravariga kuzatish, bolalarga yaxshi tushunarli boʼlmagan obʼektlarni kuzatish maqsadga muvofix emas.
2. Bolalar oldiga qoʼyiladigan kuzatish vazifalari maqsadining loʼnda va aniqligi (vazifani qabul qilish malakasining shakllanganlik darajasiga qarab) kuzatish maqsadi asoslangan boʼlishi kerak. Bunda kuzatish obʼektinng yorqinligi, koʼrkamligi va harakatchanligi bevosita qiziqish uygʼotadi va beixtiyor diqqatni tortadi.
3. Kuzatish jarayonining rejali, izchil olib borilganligi tufayli kuzatish jarayonining muayyan stereotipini ishlab chiquvchi yagona chizmaga amal qilishga eqtiyoj yoʼq. Kuatish mantiqi qoʼyilgan vazifaning tabiati, kuzatiladigan obʼektlarning koʼrinishlariga, bolalarning yoshiga, obʼekt bilan tanishganlik darajasiga bogʼliq.
4. Bolalarning yuksak aqliy faolligi va mustaqilligi. Bunga kuatish maqsad va vazifasini aniq-ravshan qoʼyish, uning rejalanganligi bilan, bolalarni kuzatish uchun vaziyat yaratishga jalb etish, shuningdek, tekshiruv, izlanish mehnat va oʼyin harakatlarini tashkil etish bilan erishiladi. Kuzatish davomida tasdiqlovchi va izlanish tabiatidagi savollarni birga qoʼshib olib borish, shuningdek, qiyoslash usullarini keng qoʼllanish ham bolalarda aqily faollik uyqotadi.
5. Kuzatishni aniq va loʼnda gaplar bilan olib borish. Kuzatish davomida obʼektlarni koʼrsatib, ularning qismlari, sifat va hossalarini ogʼzaki bayon etadi, yozuvli kartochkalarni koʼrsatadi. Kattaroq yoshdagi bolalarga nomlarni ogʼzaki-daktil bayon etish mumkin boʼladi. Kuzatish davomida bolalar bilan suhbatlashish obʼektlarni bir muncha aniq idrok etishga, tasavvurlarning bir qadar toʼla va ongli tarzda shakllanishiga, lugʼat boyligi va nutq aloqalarining rivojlanishiga yordam beradi. Kuzatish davomida defektolog tushuntiradi, bolalar tomonidan kuzatilgan narasalarni qisqacha hikoya yoki axborot bilan toʼldiradi. Kuzatish olib borish chogʼida kuzatiladigan narsaga qiziqish uyqotishga harakat qilinadi, kuzatishni hikoya, rasmlarni koʼrib chiqish bilan toʼldiradi. Kuzatishdan avval, bollaring diqqati predmetga jalb etiladi, "qarang" degan koʼrsatma berilib, qoʼl bilan koʼrsatiladi.
Kattaroq yoshdagi bolalarga nimaga qarash, nimani kuzatish kerakliga tushuntiriladi. Pedagog kuzatish davomida bolalar oldiga ularning yoshiga mos eslash, izlanish, umumlashtiruvchi tabiatdagi savollar qoʼyadi, oʼyin, mehnat, tekshiruv va izlanishga oid harakatlarni qoʼllanishni tashkil etadi. Kuzatishni barcha uchun umumiy obʼekt bilan ham, har bir bolaning qoʼliga berilgan alohida-alohida obʼektlar bilan ham olib borish mumkin.
Rasmlarni koʼzdan kechirish (namoyish qilish) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar taʼlim-tarbiyasida ular bilan rasmlarni koʼzdan kechirish alohida ahamiyatga ega boʼladi. Shuningdek, diapozitiv, diafilmlar va kinofilmlarni koʼrish alohida ahamiyatga ega boʼladi. Bunday hol maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan taʼlimiy ishlar mazmuni, shuningdek, ular bilish faoliyatining asosiy shakllar bilan belgilanadi.

Download 50.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling