Mazvu: O‘zgarishlardan to‘xtamaslik. Iroda
Download 1.05 Mb.
|
8-MAVZU SLAYD
MAZVU:O‘ZGARISHLARDAN TO‘XTAMASLIK.IRODAMuvaffaqiyatli va raqobatbardosh bo‘lish uchun inson har doim o‘z ustida ishlashi, o‘z-o‘zini tarbiyalashi kerak. Bu jarayonda bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun ishlab chiqilgan samarali metodlar yordam beradi. Bilimlarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlash siri nimada? 1-SIR– juda qiyin materialni o‘rganishda dastlabki 20 daqiqadan samarali foydalanish, miyani ortiqcha zo‘riqtirmaslik va keyingi daqiqalarda mashg‘ulotning turini o‘zgartirish. Demak, murakkab mavzuni o‘zlashtirishda mashg‘ulot turini o‘zgartirishning ahamiyati katta. 2-SIR– sinfdagi kundalik g‘alaba ... Darsda va darsdan keyin yutuqlaringizni baholab borishni odat qiling. Bunday yondashuv sizga o‘rganish jarayonidagi salbiy jihatlarni yo‘qotishga, o‘quv motivatsiyasi va mustaqilligini oshirishga yordam beradi. O‘zingizning kamchiliklaringizni aniqlang va ularni bartaraf etishga harakat qiling. Bunday mashqni muntazam ravishda bajaring. Shunda o‘zingizni nazorat qila boshlaysiz va xato qilish kamayadi. – nazariyani amaliyot bilan bog‘lash. Nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlanadi va takomillashadi. Ba’zan ayrim so‘zlar bizga tanish bo‘lsada, gap nima haqida ekanini tushunmay qolamiz. So‘zning ma’nosini aniqlay olmaymiz. Sizga bu muammo tanishmi? Miyamiz biz foydalanmaydigan ma’lumotlarni nima qiladi? To‘g‘ri, u energiyani behuda sarflamaslik uchun uni “uzoq arxiv”ga joylaydi. 3-SIR– nazariyani amaliyot bilan bog‘lash. Nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlanadi va takomillashadi. Ba’zan ayrim so‘zlar bizga tanish bo‘lsada, gap nima haqida ekanini tushunmay qolamiz. So‘zning ma’nosini aniqlay olmaymiz. Sizga bu muammo tanishmi? Miyamiz biz foydalanmaydigan ma’lumotlarni nima qiladi? To‘g‘ri, u energiyani behuda sarflamaslik uchun uni “uzoq arxiv”ga joylaydi 4-SIR– tasavvur qilish. Tasavvur qilish axborotni idrok etish uchun katta imkoniyatlar berishi sir emas. Biroq u bitta katta kamchilikka ega – uzoq vaqt davomida olingan ma’lumotlarni saqlab qola olmaydi. Miyaning diqqat filtrlari miya energiyasini tejash uchun keraksiz ma’lumotlarni filtrlaydi. Amerikalik psixolog Jorj Miller “Millerning hamyoni” deb nomlangan nazariya ishlab chiqdi va keyinchalik u "7 + 2 qoidasi" deb atala boshladi. Qoidaning qisqacha mazmuni insonning qisqa muddatli xotirasi 9 dan ortiq obyektni eslay olmaydi. 5-SIR– Herman Ebbingauzning tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, egri chiziqqa asoslangan takrorlash texnikasi. Ushbu sodda texnikaga amal qilish uzoq vaqt xotirangizni urintirmasdan 4 baravar ko‘p materialni osongina saqlash imkoniyatini beradi. 6-SIR-muntazam harakatlar. Yumshoq suv qattiq toshni maydalagani singari sizning mashg‘ulotlaringizni odatiy holga keltiradigan muntazam harakatlardir. Berilgan vazifalarni og‘ishmay bajarish samarali natijaga olib keladi. Vazifani takrorlash orqali o‘zlashtirish – kuch faqatgina bilimda emas, balki maqsad sari harakatlarda ekanini tasdiqlaydi 7-SIR– bilim olishni to‘g‘ri tizimlashtirish. Daftaringizda yuqoridagi sirlarning barcha minutlarini aniq aks ettirishingiz kerak, ya’ni: – mashg‘ulotning maqsadini aniq va yaqqol shakllantiring; – mashqlar va topshiriqlar haqida batafsil ma’lumot oling; – maqsadli bilim va ko‘nikmalarni shakllantiring, muammoli masalalar aniqlanganda, ularni darhol hal qilishga intiling; – olingan bilimlarni amalda qo‘llang; – harakatlar maqsadga muvofiq bo‘lishiga e’tibor bering. Bilim olishga intiling! Agar maqsadingiz yo‘lida astoydil, qunt bilan harakat qilsangiz, sizga hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi! Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling