Mazvu: O‘zgarishlardan to‘xtamaslik. Iroda


Download 1.05 Mb.
bet3/3
Sana20.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1036687
1   2   3
Bog'liq
8-MAVZU SLAYD

Gastrol...
Operatsiyadan ikki yil o‘tgach, birinchi marta gastrolga yana
Moskvaga bordi. U konsertga professor L. K. Bogush boshchiligida
vrachlar va hamshiralarni taklif qildi. Konsertga yuzlab muxlislar bilet topisholmadi.
Konsert tugashi bilan Zokirovni vrachlar o‘rab olishdi...
– Sen qanday qilib qo‘shiq aytding? Sen haqiqatan insonmisan yo sehrgarmisan?
Nahotki bu o‘zing bo‘lsang, Botir? – dedi Lev Bogush ko‘zlariga yosh
olib. Qarshilarida tirik mo‘jiza turgandek unga qayta-qayta hayrat bilan
tikilishardi. Bu haqiqiy va chinakam mo‘jiza edi.
Ro‘y bergan bu ilohiy mo‘jizaga xonandaning o‘zi ham ishonardi...
Ashurali Jo‘raev, “Yurak bo‘ronlari” kitobidan
Jasorat
Ozod akaning irodasi qanday
baquvvat ekaniga, uning qalb
jasoratiga qoyil qolganman.
1997-yilning yoz oylarida qand
kasalligi zo‘rayib, domla og‘ir operatsiyani
boshidan o‘tkazadi, vrachlar
uning hayotini saqlab qolish uchun
bir oyog‘ini kesishga majbur bo‘ladi.
Ammo bu odam shunchalik matonatli
ekanki, shunda ham tushkunlikka
tushmadi, ilmiy va ijodiy faoliyatdan
bir zum bo‘lsin to‘xtamadi. Keyinchalik kasallik yanada kuchayib, Ozod aka
ikkinchi oyog‘idan ham judo bo‘ldi. Bu ham yetmagandek, ko‘rish quvvati ham
nihoyatda zaiflashib qoladi...
Ana shunday og‘ir sharoitda ham bu inson “Jahon adabiyoti” jurnalining
bosh muharriri sifatida o‘z burchiga, e’tiqodiga sodiq qolib, lupa yordamida jurnal
materiallarini tahrir qilib borish bilan birga qirqdan ortiq yirik roman va
qissalarni o‘zbek tiliga tarjima qilgani, albatta, har qanday odamni ham hayratga
solishi tabiiy. Ozod aka bu bilan ham kifoyalanmasdan, respublikamizdagi
matbuot nashrlarida, radio-televideniyeda, turli tadbir va anjumanlarda milliy
ma’naviyatimizning o‘ziga xos jihatlari, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi,
mustaqillikning ma’naviy asoslarini mustahkamlash haqida ko‘plab chiqishlar
qildi...
Islom Karimov, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”
Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling