Mazvu: O‘zgarishlardan to‘xtamaslik. Iroda


Download 1.05 Mb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1036687
1   2   3
Bog'liq
8-MAVZU SLAYD

Iroda kuchiga marsiya
Zararli odatlarni tashlash, kechasi
ovqatlanmaslik, sport bilan
shug‘ullanish yoki ta’lim olish
uchun turtki va irodaning yetishmasligiga
qanchalik tez duch kelamiz?
Biz doimo dushanbadan boshlab
yangi hayotni boshlaymiz va haftaning oxiriga kelib
yana eski odatlarimizga qaytamiz.
Biroq yaxshi yangilik bor: agar haqiqatan ham
xohlasak, barchamiz o‘zgarishimiz mumkin. Har
birimizning ichimizda qo‘rquv va shubhalarning zich
qatlami ostida yashiringan ichki yadro bor. Uni his eting, shunda hayotingizni
yaxshi tomonga burishingiz mumkin bo‘ladi. Umid qilamizki, qiyin paytlarda
o‘zining mustahkam fe’l-atvorini namoyon eta olgan insonlar haqida berilayotgan
quyidagi hikoyalar to‘g‘ri yo‘nalishni tanlay olishingizga va sizni yangi
yutuqlar sari ilhomlantirishga sabab bo‘ladi
Iroda bu – ichki kuch, maqsadlarni ongli ravishda belgilash hamda yuzaga
keladigan tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tib, maqsad sari intilish
qobiliyati.
Tashqi qiyinchiliklar atrofimizni o‘rab turgan ijtimoiy muhitdan keladigan
qiyinchiliklardir. Ichki qiyinchiliklar esa ichimizdagi qiyinchiliklar
(qo‘rquv, umidsizlik, g‘azab, darg‘azablik, nafrat, mag‘rurlik, befarqlik, e’tiborsizlik,
ayblar, qahr, ochko‘zlik, yolg‘izlik)dir.
Iroda kuchi insonni ruhlantiradi – maqsadga erishish yo‘lida shaxsni
boshqaradi.
Agar insonning ruhiyati mustahkam, o‘zi g‘alabaga qattiq ishonchli, irodali
bo‘lsa, maqsadlariga erishadi. Aksincha bo‘lsa, bunday odam imkoniyatlarni
emas, maqsadga erishishga to‘sqinlik qiladigan sabablarni qidiradi.
Muvaffaqiyatli odamlarga quyidagi odatlar yordam beradi:
– tiniqib uxlash;
– o‘z vaqtida uyg‘onish;
– sovuq suvda cho‘milish;
– muhim ishlarni vaqtida bajarish;
– katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ishlarga o‘zini
bag‘ishlash;
– “irodani qayta yuklash” tugmachasini bosish: bir
soat ishlagandan so‘ng, biroz sayr qilish, bir stakan
sharbat ichish, yana faol ishlash, yana dam olish va yana
ishlash;
– katta yutuqqa erishish uchun kichik qadamlar
qo‘yish.
Botir Zokirov 1955-yilda qattiq betob bo‘lib, ahvoli og‘irlashib, rangi za’faronga
o‘xshab qolgan, ozib ketgandi. Uni taniqli vrach Vali Majidov uzoq davoladi.
Davolash jarayoni murakkab va og‘ir kechdi. Lekin Botir Zokirov ruhiy
tushkunlikka tushmadi. Uning hayotga muhabbati, irodasi kuchli edi...
1964-yili Botir Zokirovni Moskvadagi kasalxonaga yotqizishadi.
Uning operatsiyadan sog‘-omon chiqishi dargumon edi. Operatsiya
sakkiz soat davom etsa-da, yaxshi chiqadi. U operatsiyadan
so‘ng rangini oldirgan bo‘lsa-da, biroq ko‘zlari olovday
chaqnab turardi. Bular hayotga cheksiz muhabbat va bukilmas
irodaning ramzi edi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling