Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat haqida tushuncha. Mashg’ulot rejasi


Tabiat bilan tanishtirishning pedagog asoschilari


Download 56.63 Kb.
bet4/12
Sana27.01.2023
Hajmi56.63 Kb.
#1132887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

3. Tabiat bilan tanishtirishning pedagog asoschilari


Qor yog’ishi. qor bo’roni. muz yurishi. momaqaldiroq, do’l yog’ishi, tuman tushishi va shu kabi tabiat hodisalari bilan bolalarii tanishtirish. Bolalarga suvning inson hayoti uchun zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik ekanligi, uni asrash bizning burchimiz ekanligi haqida tushuncha berish. Turli xil predmetlar: o’yinchoqlar, transport harakati haqida va bulutlar, qora bulut, quyosh harakati haqida boshlang’ich tasavvurlarni hosil qilish. Boshlang’ich harakat nuqtasini va jism harakat qilayotgan chiziqni belgilashga, harakat harakterini aniqlashga (predmetlar sekin, tez harakat qilayapti) o’rgatish
O’simliklar dunyosi. Mahalliy o’simliklar haqida bolalar tasavvurlarini mustaxkamlash. Bolalar daraxtlarning 4-5 turi (tut, terak, kayrag’och, tolni) (barglariga, po’stlog’iga, mevasiga qarab), butalarning xili (na’matak, maymunjonni)

2-3 yosh Bolalarni tabiat bilan tanishtirish. Quyosh va oy haqida tasavvur hosil qilish.


Bolalarni uy hayvonlarining nomini atashga, ularning tovushiga taqlid
qilishga o’rgatish. Bolalarni hayvonlar gavdasining asosiy qismlari, ba’zi bir o’ziga xos alomatlari, harakatlariga diqqatlarini jalb etish. Hayvonlarni parvarish qilish haqida tasavvur uyg’otish.
Bolalarni daraxt, gul va o’t-o’lshshi farqlashga o’rgatish. Ularning diqqatini xonada o’stiriladigan gullarning chiroyiga jalb qilish, ularni sug’orib turish zarurligini tushuntirish. Nomlari tanish bo’lgan sabzavot va mevalarni farqlashga o’rgatish. O’simliklarni ehtiyot qilishga odatlantirish. Bolalar bilan fasllar almashishi va ob-havodagi ayrim o’zgarishlar (yomg’ir, qor yog’ishi, quyosh charaqlab turishini kuzatish).
Guruh xonasida akvariumdagi baliqlarni, qushni kuzatish. Ularni parvarishlashga qiziqish uyg’otish. Butun jonli tabiatga nisbatan gamxo’rlik hissini tarbiyalash.

4-5 yosh Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish


Jonsiz tabiat. Bolalarga ob-havo holatini (sovuq, issiq, iliq, quyoshli, bulutli, shamol esayapti, yomgir yog’ayapti, do’l yog’ayapti), suv va qorning ayrim xususiyatlarini (suv tiniq, qor yumshoq bo’lishi, undan qorbobo yasash, qorbo’ron o’ynash mumkin va hokazo; qor quruq ham bo’ladi) farqlashni o’rgatish.
Ayrim predmetlar suvda cho’qishini, ayrimlari cho’kmasligini: issiq kunda ko’lmak suv tez, sovuq kunda sekin qurishini anglab olishlariga yordam berish.
Jonsiz tabiatning ayrim xususiyatlari (tosh-qattiq, qum sochiluvchan ekanligini) farqlashni o’rgatish.
Bolalarga ob-havodagi o’zgarishlarni (sovuq shamol esayapti, yomg’ir, qor yog’ayapti) farqlashga o’rgatish. Qorning xususiyatlari (sovuq, yumshoq, yopishkoq, ho’l, quruq) bilan tanishtirish.
Bolalarni tong, kunduz, kechqurun, kechasi tushunchalari bilan tanishtirish, kun qismlarida insonlar va bolalarning harakatlari haqida suhbatlar o’tkazish.

Download 56.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling