bajaradilaor.
So’ng “ O’zbekiston Davlat Madhiyasi” yangraydi.
Boshlovchi: Qimmatli bolalar, hurmatli mexmonlar! Bugun bizning bog’chamizda katta
tantana. Biz bog’chamizning navbatdagi qaldirg’ochlarini maktab bo’sag’asiga
kuzatyapmiz!
Yuzlaring yal-yal yonib, odimlaysan mardona
Bir qo’lingda sumka bor, biridachi guldasta.
Oylar o’tar yil o’tar, ulg’ayasan bir kun sen.
Seni kutar koinot , kutadi qahramon el.
Endi bayramimizni ochib berish uchun so’zni bog’chamiz mudirasiga beramiz.
Shundan keyin bolalar karnay, surnay, nog’ora sadolari ostida klip qilib berishadi.
So’ng 2ta bola musiqa ostida kirib keladilar.
1 Bola: Hurmatli ota - onalar va mehmonlar, bog’cha xodimlariyu, jajji ukajonlar,
qalbi qaynoq murabbiyalar! Mana, bugun biz, maktabga ketish oldidan xayr-
lashish kechasiga yigilganmiz. Bugungi bayram bizning yodimizdan chiqmaydi.
2 Bola: To’g’ri_______________________, bugungi kun hyech kimning yodidan chiqmaydi,
chunki go’daklik chog’imizdan tarbiyalab, ta’lim olishga o’rgatgan
Hamma: mo’tabar va aziz opajonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz!
1 Bola: Mehr nuri yog’ar doim, yuzingizdan ustozlar.
Yursam deyman bu tabbaruk, izingizdan ustozlar.
2 Bola: Biri gul, biri bulbul, o’g’il qizlar shod bugun.
Qalbidan gul tutadi, mehribon ustoz uchun.
Bolalar “ Ustozlar “ qo’shig’ini aytib beradilar.
So’ng “ “ raqsiga tushib beradilar .
Boshlovchi: Qimmatli bolajonlar! Bugun sizni tabriklagani ota-onalaringiz, mehmon-
lar va kichkintoy ukalaringiz tashrif buyurishgan . Ular hammasi sizlarni
mustaqqil O’zbekistonimizni yetuk farzandlari bo’lib yetishishingizda omad
va muvaffaqiyatlar tilamoqchilar.
Bog’chani iqtidorli bolalari tabrik uchun musiqa ostida kirib keladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |