Raqs “Uch patir” (guruh qizlari ijrosida)
Qo’shiq: Mustaqillik lolalarimiz. (guruh ijrosida)
O’zbekiston-vatanim onam
Nur taralar gulbog’laringdan
Oltin …… aziz ostonam
Baxtim topdim quchoqlaringdan.
Ozod Vatan o’g’il-qizimiz
Charaqlagan el yulduzimiz
Tinchlikni o’ylab
Do’stlikni o’ylab
Istiqbolni ko’zlar ko’zimiz.
Mustaqillik bolalarimiz
Boshimizni siylaydi o’lkam
Dil g’unchasi – lolalarimiz
Go’zallikdan yashnagay olam.
Ozod vatan o’g’il qizimiz
Charaqlagan el yulduzimiz
Tinchlikni o’ylab
Do’stlikni o’ylab
Istiqbolni ko’zlar ko’zimiz.
Qoshqlarda Vatan mavosi
Qo’shiqlarda xalqim sadosi
Vatan kuyin yangratsa gullar
Yangrar yurtimning yeru samosi
Qo’shiq qalbim chamanim manim
O’zbekiston vatanim manim.
Raqs: “Rumolim”qizlar ijrosida
Donoxon: Ko’p Jahongir ko’rgan bu dunyo
Hammasiga guvoh yer osyi
Lekin do’stlar she’r ahli aro
Jahongir kam bo’lar, rosti.
Besh asrkim nazmi saroyni
Gulsevar: Titratadi zanjirband bir she’r
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo’ldi chamanim manim O’zbekiston vatanim manim.
Boshlovchi; Dunyo asli ertaklardan sirdan yaralgan
Ona mehri degan noyob durdan yaralgan
Allalardan dilga oqqan suvdan yaralgan
O’tinchim shu sen bolamni asragin dunyo.
.
Qo’shiq: “Bog’cha opamga ” guruhlar ijrosida
Doim aziz hurmatingiz,
Unutmaymiz xizmatingiz,
Yo’limizni yorug’ qilgan
Dilimizni sof dil qilgan
Boshimizni siladingiz,
Bizga oq yo’l tiladingiz
Mehr nuri yog’ar doim
Yuzingizdan ustozlar
Yursam deyman shu tabarruk
Izingizdan ustozlar.
Mana endi bog’chajon
Chiqib qoldi savodim
Bag’ishlayman senga Vatan
Bor bilimim sabotim.
Diyorim hur O’zbekiston
Gullar yurti bo’lajak
Kutar meni baxtli davron
Go’zal porloq kelajak.
Mitti qo’llarimga qalam tutgansiz
Bizni o’ylagansiz yonib, kuygansiz
Hamisha bizlarga jonkuyar bo’lib
Bog’cha opajonim unutilmassiz.
Siz meni qalbimda ungan chiroqsiz
Gohida xotira goho ertaksiz
Bog’cha opajonim unitilmassiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |