1- Bola: Bog’cham bo’lsin deb shinam, tolmay yelib yugurgan .
Sizga ta’zim qilamiz, rahmat mudira xolajon .
2- Bola: Tarbiyachilar sardori bolalarning xaridori.
Doim bizga mehribon uslubchimiz______________ opajon!
3- Bola: Xamisha oq xalatda ,boshimizda turdingiz .
Kasal bo’lsak parvona , dorilarni berdingiz .
Doimo bo’ling omon rahmat xamshira xolajon.
4- Bola: Bilim berdingiz bizga _______________ ustozim,
Har doim bo’ling omon sizga ta’zim ehtirom !
5-Bola: Qo’shiqlarni o’rgatgan, musiqa chalib doim.
Bizlarni hursand etgan , raxmat musiqa opajon .
6 - Bola: Oq yuvib oq taragan , charchash nima bilmagan .
Bizga parvona bo’lgan , rahmat enaga opajon .
7- Bola: Oziq ovkatlar tashib , doim bizga yetkazgan .
Zavxozimiz __________ sizga ko’pdan- ko’p rahmat .
8 - Bola: Shirin ovqatlar qilib , parvona bo’lib dildan .
Shavla palov pishirgan , xayr oshpaz xolajon .
9- Bola: Bog’chamizni bog’ qilib , ko’rkam va salqin qilib .
Doim gullar tutdingiz , xayr bog’bon otajon .
10- Bola: Sarishtadir bog’chalar, baxri diling ochilar.
Raxmat _________ xolajon, sog’ bo’ling doim omon.
11- Bola: Quchog’ingdan ketaman , ardog’ingdan ketaman .
Seni eslayman har dam , maktabim bag’rida ham.
Hamma: Unutmaymiz hyech qachon , hayr mehribon bog’cham .
“ Xayr bogcha “ musiqa fonogrammasiga bayram ertaligi yakunlanadi .
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarini bog’cha ma’muryati maqtov yorliqlari va Esdalik sovg’alari bilan taqdirlaydi .
Bayram dasturi “ Ommaviy raqs “ bilan yakuniga yetadi .
Tuzuvchi: Farg’ona viloyati Yozyovon tumanMTB tasarrufidagi 3-DMTM xodimi
Do'stlaringiz bilan baham: |