Maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish
Download 308.9 Kb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish
XULOSALAR
Prezidentimiz o‘zining O‘zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo‘lini ifodalovchi boshqa qator ma’ruzalari va asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma’naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o‘zaro ajralmas, bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etadigan muhim omillari ekanligini va ayni paytda bugungi iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini ta’minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Shuningdek, Prezident I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi "Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusidagi so‘zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo‘llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yo‘llarini izlashga da’vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma’naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug‘ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo‘ygan talablar asosida qaror toptirishga ko‘maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo‘nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko‘pgina olimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar
Olib borgan tadqiqotlarimiz shunday taxminni tasdiqlashga izn berdiki, psixokorreksion model asosida tashkil etilgan maktab psixologi professional faoliyati destruktiv xarakterdagi shaxslararo nizolarni konstruktiv nizolarga samarali o‘zgartirish, nizolarni keltirib chiqaruvchi omillarni rekonstruksiya qilish, o‘smirlarda shaxslararo nizolar vaziyatida konstruktiv xulq- atvorni shakllantirish imkonini beradi. Tajriba-eksperimental va
nazorat-diagnostik ish
davomida maktab
psixologiningo‘smirlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarva dolzarb nizolar sharoitidagi faoliyati nizoni o‘chirishga emas, balki nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning ijobiy dinamikasini ta’minlashga qaratilishi zarurligi haqidagi taxminimiz isbotlandi. Ish davomida biz qo‘yilgan maqsadimizga erishdik, maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar vaziyatidagi psixokorreksion ishi mazmunini aniqladik, uning shakl va metodlarini ishlab chiqdik. Tadqiqotlarimiz asosida biz shunday xulosalarga keldik. 1.Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘smirlar o‘rtasida yuzaga keladigan shaxslararo nizolar ob’ektiv asosga ega bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni xususiyatlari, o‘smirlar guruhlari ijtimoiy- 36 psixologik xususiyatlari, o‘smirlarning shaxslilik, individual-psixologik va yoshga oid xususiyatlariga bog‘liq. O‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar o‘quvchilar va o‘quv guruhlariga ham salbiy, ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar sharoitidagi ishi shaxslararo nizoning shaxslilikni rivojlantiruvchi salohiyatini maksimal amalga oshirishga va uning salbiy oqibatlarini yuzaga kelish extimolini kamaytirishga yo‘naltirilishi kerak. 2.O‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar tabiati turlicha bo‘lgan shaxslararo nizolarni keltirib chiqaruvchi omillarning bir vaqtda ta’sir etishi bilan aniqlanadigan o‘ziga xos yaqqol namoyon bo‘ladigan xususiyatga ega. Shu munosabat bilan maktab psixologining shaxslararo nizolarni konsturktiv hal qilish va uning salbiy oqibatlarini profilaktika qilish bo‘yicha kasbiy faoliyati psixokorreksion faoliyat sifatida tashkil etishi mumkin. Ya’ni psixolog oldida o‘smirlardagi shaxslararo nizolar sharoitidagi asosiy vazifa tabiati turlicha bo‘lgan nizoni keltirib chiqaruvchi omillarni nizoli vaziyat bosqichida psixologik korreksiya qilishdan iborat, shaxslararo nizo dolzarblashgan holatda esa – nizoning destruktiv ko‘rinishdan konstruktiv ko‘rinishga o‘tishini ta’minlashdir. 3.Biz shu narsani aniqladikki, maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar sharoitidagi psixokorreksion faoliyati kompleks tizimli xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bunday faoliyat mazmuni ta’lim-tarbiya jarayonida nizoni keltirib chiqaruvchi xarakterig ega bo‘lib qoladigan individual-psixologik, shaxslilik, ijtimoiy-psixologik va tashkiliy omillar tizimidan iborat. Maktab psixologi tomonidan qo‘llaniladigan o‘smirlar bilan olib boriladigan psixokorreksion ish shakllari va metodlari bifurkatsiya nuqtasida namoyon bo‘lgan nizoni keltirib chiqaruvchi omillar tizimining ijobiy dinamikasini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4.Maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar sharoitidagi psixokorreksion faoliyati tuzilmasida biz diagnostik, korreksion va nazorat-diagnostik elementlarni ajratamiz, ular, qoidaga ko‘ra psixokorreksion faoliyatning tayyorgarlik, asosiy (korreksion) va yakuniy bosqichiga to‘g‘ri keladi. 5. Biz yana shunday xulosaga keldikki, maktab psixologi psixokorreksion faoliyati samaradorligini baholash maxsus mezonlar asosida amalga oshirilishi kerak. Afsuski, maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar vaziyatidagi kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bir qator masalalar faqatgina bir dissertatsion tadqiqot doirasida ko‘rib chiqila olmaydi. Muhim tadqiqot vazifasi sifatida maktab psixologining o‘smirlardagi shaxslararo nizolar sharoitidagi faoliyati samaradorligini ob’ektiv baholash ishonchli va operativ usullarini ishlab chiqish ilgari surildi. 37 6. Biz tomondan ishlab chiqilgan maktab psixologining psixokorreksion faoliyati modeli o‘zining mazmuni, shakli va metodlari jihatidan o‘smirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan. Shu bilan birga adabiyotlar tahlilining ko‘rsatishicha, boshqa yosh guruhlarida ham shaxslararo nizolar va ularni yengish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Shu munosabat bilan turli yoshdagi o‘quvchilar bilan psixokorreksion ish xususiyatlarini o‘rganish va aniqlash zarurati tug‘iladi. Istiqbolda bu maktab psixologi psixokorreksion faoliyatining yagona modelini yaratish imkonini bergan bo‘lar edi. 7.Psixokorreksion yondashuvning yuqorida ko‘rib chiqilgan imkoniyatlari maktab psixologining psixokorreksion faoliyatini tashkil etish sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish, uning mazmuni, shakllari va usullarini aniqlash va tasdiqlash keyinchalik maktabdagi ta’lim- tarbiya jarayonida psixokorreksion modelni loyihalashtirish uchun manbalar yaratishi mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi. 8.Mazkur sohadagi tadqiqotlar istiqbolini ko‘rish amaliy psixologning pedagogik amaliyotga berilgan nuqtai nazari bilan belgilanadi. Pedagogik amaliyot bu holatda pedagoglarning kasbiy faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining barcha sub’ektlari o‘zaro ta’sir turlarini faollikning kognitiv, affektiv, konotiv shakllarining rivojlanishi va kamol topishi uchun sharoit yaratish maqsadida; bilish madaniyatini shakllantirish, borliqni emotsional va irodaviy o‘zlashtirish va shu asosda inson individualligini ochib berish sifatida ifodalanadi. 9.Shu munosabat bilan tarbiyaviy jarayonning psixokorreksion modeli har bir o‘smirning psixologik o‘ziga xosligi va birlamchi bolalar jamoalari ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga yo‘naltirilganligi bilan pedagogik jarayondagi tabiiy qarama-qarshilikni - individ tabiati va ikkilamchi jamiyat tomonidan yaratilgan mohiyatni samarali usul bilan hal qilishga qodir. Demakki, tarbiyaviy jarayonning psixokorreksion modeli faqat joriy vaziyat pedagogik muammolariga emas, balki ijtimoiy rivojlanish istqboliga yo‘naltirilganligi bilan ham mos keladi.
Nihoyat maktab
psixologi psiologi ishining psixokokrreksion metodlari psixokorreksiyani tashkil etish shakllariga mos holda tafovutlanishi mumkin. Bunda birgalikdagi faoliyatni tashkil etishning turli metodikalari, guruhiy metodikalari va maktab psixologining shaxslararo nizolarda bevosita qatnashishi shakllari, ya’ni vositachilik faoliyatining turli ko‘rinishlari haqida gap boradi. Korreksion ishning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan metodikalarning juda ko‘p xilma-xilligiga qaramasdan, lurani ko‘proq umumiy xususiyatlariga ko‘ra ajratish mumkin, bu esa ularni bitta guruhga jamlash imkoinin beradi. Keyinchalik maktab psixologi psixokorreksion ishi metodlarini ko‘rib chiqishda biz quyidagicha reja bo‘yicha ish ko‘ramiz: 1.
Nazariy asoslar. 2.
Korreksiya mexanizmlari. 38 3. Psixokorreksiya maqsadlari. 4.
5.
Psixologik mazmun. 6.
Tashkil etish bosqichlari. Bunda bizning tadqiqotimizdan kelib chiqqan holda, psixokorreksion ish turli metodlarini ko‘rib chiqish o‘smirlik yoshiga nisbatan olib boriladi. O‘smir o‘quvchilar birgalikdagi faoliyatining turlicha jabhalari zamonaviy pedagogik va psixologik adabiyotlarda keng va har tomonlama yoritilgan, bu yerda biz eng umumiy xarakterga ega bo‘lgan nuqtai nazarni keltirib o‘tamiz va asosiy diqqatni nizoga moyil o‘smirlar uchun maxsus psixokorreksion guruhlarni tashkil etishga, shuningdek o‘smirlardagi nizolarda maktab psixologining vositachi sifatida qatnashishi xususiyatlariga qaratamiz.
O‘smirlardagi birgalikdagi faoliyat doirasida shaxslararo nizolarni yuzaga keltiruvchi shaxslilik va indivdual-psixologik omillarni korreksiya qilish har bir o‘smirning psixologik o‘ziga xosligi va birlamchi o‘smirlar jamoasining ijtimoiy-psixologik turli-tumanligiga ko‘ra pedagogik jarayonda yuzaga keluvchi tabiiy qarama-qarshiliklarni samarali hal qilishga qodirdir. O‘smirlar birgalikdagi korreksion faoliyatini tashkil etish maqsadi, birinchidan, har bir o‘smirga o‘zining ajoyib xususiyatlariga mos ravishda birgalikdagi faoliyatda shunday “o‘rin” topib berishki, bu o‘rin uning shaxslararo nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi shaxslilik va individual-psixologik xususiyatlarining ijobiy dinamikasini ta’minlab bersin; ikkinchidan esa, birgalikdagi faoliyatning o‘zida shaxslararo nizolarni yuzaga keltiruvchi omillarni qayta ishlashdir. Biz bu yerda avvalo birgalikdagi faoliyat qatnashchilarining maqsadlari, qiziqishlari, motivlari va x.k.larni nazarda tutyapmiz.
Psixolog bunga bir nechta yo‘llar bilan erishishi mumkin. O‘smirlarning eng samarali, maksimal adekvat xususiyatlari va extiyojlariga bizningcha shaxsning birgalikdagi, ko‘ngilli qabul qilingan yuqori darajali kooperatsiya faoliyati kiradi. Bunday faoliyat guruhiy qadriyatlardan tashqariga chiquvchi maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Agar bunday sharoitdagi muomala ahamiyatli va emotsional boy bo‘lsa, unda motivatsiya nuqtai nazaridan, bunday birgalikdagi faoliyat ham o‘z jarayoni, ham o‘z natijasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, guruhiy ichki nizolarning yuzaga kelish omili hisoblangan guruh a’zolari, shuningdek birgalikdagi faoliyat qatnashchilarining qadriyatlari va motivatsiyalari xususiyatlari korreksiya predmetiga aylanadi. Birgalikdagi faoliyat sharoitida korreksion ish mohiyati, bizningcha, komunikatsiyaning interpsixik vaziyatlari va o‘zaro ta’sirning boshqa shakllarida uning ijtimoiy konteksti bilan yaratiladi. Birgalikdagi korreksion faoliyat sharoitida o‘smirlarda yuzaga keluvchi jarayonlarning psixologik mazmuni quyidagilardan iborat:
39 1.”Umumiy harakatda” shaxsiy qoniqish imkoniyatlarini izlashga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat motivi dinamikasi. 2. Birgalikdagi faoliyat qatnashchilarining qadriyatlari va motivatsion pozitsiyalarining yaqinlashuvi. 3. Tengdoshlari bilan emotsional boy, shaxslilik ahamiyatiga ega muomalaga extiyoening amalga oshirilishidan qoniqish hissining vujudga kelishi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling