Maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish


Download 308.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana05.01.2022
Hajmi308.9 Kb.
#213887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish

Mavzuning  dolzarbligi.  Tarix  va  ijtimoiy  hayot  tamoyillari  shuni  ko‘rsatmoqdaki, 

jamiyatning    har    tomonlama    rivojlanishi  va  unda  yuksak  darajadagi  hayot,  turmush  tarzining 




 

5

qaror  toptirilishi,    avvalo  har  bir  faoliyat  ko‘rsatuvchi    shaxsdagi  o‘ziga  xos  psixologik 



salohiyatning  ne  chog‘lik  to‘la-to‘kis  namoyon  etilayotganligi  bilan  belgilanadi.  Zero,  har  bir 

mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va  ma’naviy taraqqiyot yo‘liga 

xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.  Shu bosdan bo‘lsa kerak, hozirgi 

kunda  barcha  rivojlangan  va  rivojlanish  yo‘lidan  borayotgan  mamlakatlar  birinchi  galda  o‘z  

fuqarolarining    ma’naviy  va  intellektual,  jismoniy  va  ruhiy  barkamolligiga  va  undan  ijtimoiy 

manfaatlar uchun samarali foydalanish  yo‘llarini  izlashga jiddiy  e’tiborni  qaratmoqdalar.  Shu  

nuqtai  nazardan,har  bir  mamlakatda  inson  va  uning  faoliyati  o‘rtasidagi  uyg‘unlikni  

ta’minlashga    qaratilgan  ijtimoiy-psixologik  xizmat  tizimining  joriy  etilishi  alohida  ahamiyat 

kasb  etadi.    Qolaversa,    Prezident  I.A.Karimovning  "Ma’naviyat  va  ma’rifat  jamoatchilik 

Markazi  faoliyatini    yanada    takomillashtirish    va    samaradorligini      oshirish  to‘g‘risida"gi 

farmoyishi  orqali  qat’iy  ta’kidlanganidek,  bugungi  kunda  "odamlarning  o‘zliklarini  chuqur  

anglashini,  mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishni,  milliy tafakkurning kengayishi va 

takomillashuvini,    tarixiy  hurlik,    mustaqillik  ruhining    uyg‘onishini  ta’minlash  ma’naviyat 

sohasidagi siyosatimizningasosiy maqsadiga aylanishi lozim.Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan 

holda  shaxs  shakllanishining  eng  asosiy  davrlaridan  bo’lgan  maktabgacha  tarbiya  yoshida 

rivojlantiruvchi va korreksion tadbirlarni amalgam oshirish dolzarb vazifa bo’lib qoladi.  




Download 308.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling