Maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish
Download 308.9 Kb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy tavsiyalar………………………………………….................68-69
ishlarni tashkil etish
2.1. . Maktabgacha yoshdagi bolalar o’yinining psixologik xususiyatlari 2.2 Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash muammolari, psixologik korreksiyasi 2.3. Guruhiy korreksion tadbirlarni amalga oshirish Xulosalar…………………………………………………....................63-67 Amaliy tavsiyalar………………………………………….................68-69 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………...………....................70-71 3
Psixologiya fanining tobora ijtimoiy hayotda barkaror, ustuvor ahamiyat kasb etishi munosabati bilan korreksion psixologiyaning roli ortib bormoqda, natijada nazariyot bilan amaliyot o’rtasidagi jips aloqa uyg’unlikka ega bo’lmoqda. Psixologik xizmat ikki muxim funksiya bajarish bilan boshqa psixologiya soxalaridan farqlanib turadi, shuningdek, u tarmoqlarning sintezi sifatida gavdalanadi. Uning asosiy funksiyasidan biri – ijtimoiy hayotning turli jabxalarida (ta’lim tizimi, tibbiyot muassasalari, sanoat, kishlok xujaligi, sport, transport va xokazo) psixologik amaliy xizmatni tashkil qilishdir. Psixologik xizmatning ikkinchi funksiyasi u yoki bu muassasa xususiyatidan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot ishlarini o’tkazish, natijalarni taxlil qilish, psixologiya fanini yangi ma’lumotlar, qonuniyatlar bilan boyitishdir. Psixologik xizmatning tatbiqiy jixatlari halq ta’limi tizimi, ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, transport (xavo yullari, avtomobil, temir yul va suv transporti va boshqalar), oila, sport qo’mitasi singari tashkilotlarda o’z ifodasini topmoqda. Xuddi shu maqsad moxiyatiga ko’ra, psixologiya bo’yicha bakalavrlar, magistrlar tayyorlash uchun tashkiliy psixologiyadan saboq berish, amaliy ko’nikmalar shakllantirish davr talabiga aylanib qolmoqda. O’zbekiston Respublikasining universitetlarida psixolog mutaxassislar tayyorlashda ilg’or jaxon amaliyotidan foydalanish, etnopsixologik, xududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda muayyan ilmiy nazariyalar ishlab chiqish, insonlarga ta’sir o’tkazishning yangi texnologiyasini yaratish maqsadga muvofiq. Inson psixologiyasini tushunish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. XX asr bo‘sag‘asida psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar. Umuman, psixologik xizmat ko‘rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘p bor munozaralar manbai bo‘lgan. Ayniqsa, I.V.Dubrovina (Moskva) va X.Y.Leymets, Yu.L.Sierd (Tallin) larning ko‘p yillik tadqiqotlari natijasi o‘laroq, umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning joriy etilishi bu boradagi MDX mamlakatlarida qo‘yilgan ilk qadam ekanligini alohida qayd etish mumkin. Qolaversa, o‘zbek olimlaridan E.G‘oziev, M.G.Davletshin, G‘.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, R.Gaynutdinov, V.M.Karimova, N.A.Sog‘inovlarning ham O‘zbekiston o‘rta umumta’lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma’lum darajada asos bo‘lmoqda. Shunday bo‘lsada, 4 shuni alohida kayd etish kerakki, hanuzgacha O‘zbekistonda mukammal dasturga va amaliy tajribalar yakuniga asoslangan yagona psixologik xizmat tizimini boshqaruvchi rasmiy maqomga ega bo‘lgan Markazning mavjud emasligi va ayni paytda, psixologik xizmat tizimining bugungi holati va uning amaliy faoliyat yo‘nalishlarini har tomonlama, chuqur tahlil qiluvchi va shu tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus tadqiqotlarning taqchilligi nihoyatda dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Demak, tabiiyki, mazkur muammoni bartaraf etish uchun, O‘zbekistonda psixologik xizmatning joriy etilishi, bugungi holati va istiqbollarini o‘rganishga, tahlil qilishga va izohlashga bag‘ishlangan psixologik va sotsial-psixologik tadqiqotlarning olib borilishi kelajagi buyuk bo‘lgan O‘zbekistonimiz ravnaqi uchun kechiktirib bo‘lmas davr va davlat taqozosidir. Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan bir qatorda, O‘zbekistonda psixologik xizmat muammosining dolzarbligi quyidagi jihatlar bilan ham belgilanadi: dastavval,shuni ta’kidlash kerakki,"....bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko‘p joylarda yaqqol ko‘rinmoqda. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo‘layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan bog‘lanmaganligi har tomonlama sezilmoqda"(I.A.Karimovning Oliy Majlis to‘qqizinchi sessiyasida so‘zlagan nutqidan. -Ma’rifat ro‘znomasi, 1997 yil 30 avgust, 1-bet). Shundan kelib chiqqan holda, bugungi ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida bo‘lajak kadrlarni har jihatdan tayyorlash bilan bog‘liq psixologik xizmatning ilmiy-tashkiliy jihatlariga va ayniqsa, ijtimoiy-psixologik muhofaza imkoniyatlarini tadqiq qilishga oid maxsus o‘tkazilgan tadqiqotlarning nihoyatda tanqisligi; ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya fanlarida bugungi psixologik xizmat tatbiqini qamrab oluvchi vazifalarning aniq va batafsil belgilanganmaganligi; bir necha yillardan buyon talaygina ta’lim va mehnat jamoalarida psixologik xizmat ko‘rsatish jarayoni amalga oshirilib kelsa-da va ayni paytda, o‘zbekistonlik psixolog-olimlar tomonidan ilg‘or psixologiya ilmining hayotga, amaliyotga tatbiqiga oid qator yakunlangan tadqiqotlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi psixologik xizmat samaradorligini alohida tadqiq qilinmaganligi; ta’lim va mehnat muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmat tajribalari misolida o‘quvchi va ishchi-xodimlar muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashdagi ijtimoiy psixologik muhofaza imkoniyatlarini o‘rganish va kamol toptirish bilan bog‘liq bugungi O‘zbekistonning o‘z istiqlol va istiqbol yo‘li, ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyoti talablariga javob beruvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilmaganligi kabilarni bugungi dolzarb muammolardan biri sifatida qayd etish mumkin. Download 308.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling