Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari
Download 144.55 Kb. Pdf ko'rish
|
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari. Bola yetti yoshga to`lguniga qadar atrofdagiyangiliklarni tez ilg`aydigan bo`lib o`sa baradi. Bu jarayonni bolaning kelajakka tayyorlanishi tarzida tushunish kamlik qiladi, albatta. Negaki, inson shaxsiyatidagi barcha ijobiy va salbiy xususiyatlar xuddi shu davrda shakllana boshlaydi, xarakteriga singa baradi. «Axir men hozir nimalarda yashayotganimni o`shanda kashf qilmaganmidim?,-deya xotirlagandi Lev Tolstoy yetmish yillik umriga sarhisob qila turib.-Shuncha ko`p, shuncha tez kashf etgan narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan butun umrim davomida kashf eta oldimmi? Aslo! Besh yashar boladan mengacha-faqat bir qadam, yangi tug`ilgan chaqaloqdan besh yashar bolagacha-dahshatli masofa!» Chindan-da, chaqaloq besh yoshga to`lguniga qadar til chiqaradi, ongi kurtak yoza boshlaydi, tuyg`ulari shakllanish jarayoniga kiradi, oyoq chiqarib mustaqil yura boshlaydi-keyingi butun umri davomida, asosan, shu jarayonlar takomillashadi. Shuning uchun bolalarni juda kichkinaliklaridanoq, so`z san`ati sehrida tarbiyalash beqiyos ijtimoiy-estetik qimmatga molik. Bu xalqning asriy tajribasida sinalgan haqiqatdir. Xalq ijodiyotidagi erkalash motivlariga limmo-lim aytim-olqishlar, allalar, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, qaytarmachoqlar, ermaklar asrlar davomida ana shunday vazifani ado etib kelayotgani barchaga ayon. Ularda xalqimizning bolalarparvarlik mehri tovlanib turadi, murg`akkina jonlarni so`z ohanglarida ardoqlash an`analari yorqin namoyon bo`lgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o`qiy olmaydi, ular uchun olam noma`lumlik sirlarini bilishga, o`zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo`ladi. Yozuvchining vazifasi uning xuddi shu intilishini hisobga olib, qiziqishini alangalatishga qaratilgan holda ish tutishdan iborat. Bunda u maktabgacha yoshdagi kichkintoy tabiatiga xos taqlidchilik xususiyatini ko`zda tutib, hayotdagi xarakterli voqea va hodisalarni uning tasavvuriga mos badiiy obrazlarda ifodalovchi asarlar yaratmog`i lozim. Ma`lumki, maktabgacha yoshdagi kichkintoylar tevarak-atrofidagi har bir narsaga taqlid qilishdan charchashmaydi. Ular taqlidchilik vositasida hayotni o`zlashtiradilar. Shu boisdan ularga atalgan asarlarning personajlari-hayvonlar, qushlar, hasharotlar, o`simliklar va boshqa narsalar bo`lishsa-da, odamlarga taqlidiy sifatlarga ega: Odamlarday gapirishadi, fikr yuritishadi. Shu taqlidda ularning har biri o`z xislatlari xususidagi oddiy ma`lumotlar bilan kichkintoylarning intellektual dunyosiga aylanadi, ularda hayotga qarashning o`ziga xos kurtaklari vazifasini o`tashga kirishadi. Bunday intilish zamirida kichkintoy nutqida o`zgacha emotsionallashuv jarayoni sezila boshlanadi. Bolalardagi bunday insoniy sezgirlikdan hayratlangan L.Tolstoy ayrim noshud yozuvchilarning tildagi no`noqliklariga ta`na qilib: «Bola so`z yasash qonunlarini sizdan ko`ra yaxshiroq anglaydi, chunki hech kim uningchalik tezlik bilan yangi so`z yasay olmaydi,» –degan edi. Bolalar tilini uzoq kuzatgan K.Chukovskiy ham bu fikrni tasdiqlaydi: «Ikki yoshidan boshlab har qanday bola qisqa muddat ichida «daho tilchi» darajasiga ko`tariladi,» – deya e`tirof etgan edi. Bolalar uchun asar yozganda ana shu fazilatlarini inobatga olib, ularga atroflarini o`rab olgan hayotni anglab olishlariga, hayotsevarlik tuyg`ularini shakllantirishga, narsalar haqida o`z tushunchalarining qaror topishiga, shularni imkoniyatlari ko`taradigan darajaga xizmat qiladigan so`z zaxiralarini muttasil boyitishga ko`maklashish maqsadi ko`zlanmog`i shart. Shundagina asarni o`z vazifasini muvaffaqiyatli bajargan deb hisoblash mumkin. Buxoro davlat pedagogika instituti 2 BT - 22 S guruh talabasi Sevinqulova Mohirabonuning Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari fanidan tayyorlagan taqdimoti. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 144.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling