Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 285.37 Kb.
bet15/18
Sana20.06.2023
Hajmi285.37 Kb.
#1631766
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Шоира БМИ тайёр

O'qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorijlik olimlar hamda mutaxassislarning bilim va tajribalarini qo’llash, zamonaviy o’quv qurollaridan foydalanish e'tiborda tutiladi. Bunda turli o’quv manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta'minlash, bu axborot esa o'z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan axborotlardan foydalanish talaba va talabalar hamda ularning o’qituvchilari uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
O’qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta'lim jarayonining standart holda jamlanishi, o’qituvchi(pedagog)larning bilim darajasini oshirish majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasining ko'tarilishiga yordam beradi.
Erkin va standartlatirilgan ta'lim berish jarayonining ta'minlanishi, uzluksiz monitoring imkoniyati, o’quv jarayonlarining to’g’ri nazorat qilinishi va boshqarilishi, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va o’quv yurtlari tomonidan o’qituvchi va talabalarning bilim saviyasining tekshirilishi (ta'lim jarayonida talaba va o’qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, bunga talabaning faolligi va o’qituvchi ishining unumliligi, talabalarni attestatsiyadan o'tkazish bilan bog’liq amallar ham kiradi) masofaviy ta'limda ham yo'lga qo'yilishi shart. O’qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimlarining samaradorligini oshirishda ham bunday tadbirlar amal qiladi.
O’qitish turining egiluvchanligi. qulay vaqtda shug’ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo’llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko'rgazmali vositalarni joyida qo’llash, axborot va bilimlarni etkazishda ko'rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan unumli foydalanish ikoniyatlarining mavjudligi ta'limning ushbu shakli egiluvchanligini ifodalaydi.
O’qituvchining roli va uning pedagogik imkoniyatlari. O’qituvchining talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo’llash va har bir talabaning bilim darajasi va tayyorgarligini har tomonlama o'rganish sharoitining mavjudligida ko'rinadi.
Talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini rivojlantirish. Talabaning o’qituvchi(pedagog)ga va o'zaro muloqotida ishonchsizlik hissiyoti bilan bog’liq psixologik to'siqlarni yo'qotish, talabaning intellektual va ilmiy imkoniyatlarini hamda o'zini o'zi tarbiyalash va takomillashtirish shart-sharoitlarini kengaytirishga yordam beradi. Shuningdek, bilim oluvchilarning aqliy va jismoniy mehnati uyg’unligini ta'minlaydi.
Iqtisodliligi. Bu tizim o’qitishdagi kechikishlarni kamaytirishni ta'minlaydi. O’qitish xonalaridan foydalanish, yo'l xarajatlari va taklif qilishga malakali o’qituvchi(pedagog)lar uchun ularning asosiy ish joyidan haq to'lash haratlarini kamaytiradi. Ular o'z bilimlarini masofadan o’qitish shaklida uzatishlari mumkin. Sog’ligi, ijtimoiy va moddiy ta'minlanganligidan qat'iy nazar, bilim olishning keng imkoniyatlari yaratilib, ijtimoiy tenglik yuzaga keladi.
O’qitish doirasida musobaqa muhitini rasmiylashtirish. Masofadan o’qitish texnologiyasi bu – jamiyatni axborotlashtirish umumiy oqimi va yo'llari bilan jipslashgan bo'lib, masofaviy o’qitishning texnik vositalarini axborotlash-tirish tizimlari va oliy o’quv yurtlaridagi o’qitish jarayonini avtomatlashtirish tizimlari bilan zamonaviy axborotlashtirish texnologiyasi asosida birlashuvini ta'minlaydi.
Masofaviy o’qitish usulidan foydalanishning kamchiligi – o’qituvchi va talaba o'rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir.
Umuman olganda, masofaviy o’qitish tizimi talabalarda ta'lim tizimidagi bo'layotgan dunyoviy o'zgarishlar, texnik vositalardan foydalanish yo'llari, uning qanchalik afzallik tomonlari va shu bilan birgalikda qanday kamchiliklari mavjudligi haqida ma'lumot beradi.

Hozirgi davrda ta’limning elektron shakli jadal rivojlanib borayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bu holat elektron ta’lim tizimi va ko‘plab boshqa ishlab chiqarish vositalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Elektron ta’lim tizimi g’oydalanuvchiga o‘quv materiallari va ulardan olingan bilimlarni test topshiriqlaridan g’oydalanib, tekshirish imkoniyatini taqdim etadi. Zamonaviy talablarga muvofiq, o‘quv jarayoni murakkablashib borayotgan bir vaqtda, ta’limda o‘quv vositalaridan g’oydalanish o‘zlashtirishni osonlashtirib, qiziqarlilik jihatini oshirmoqda.


Elektron ta’lim texnologiyasining rivoji elektron o‘qitish ti­zimida ta’lim strategiyasining tuzilishi va har bir o‘quvchi uchun o‘quv materiallarini yakka tartibda taqdim etish kabi imkoniyatlarni bermoqda. Shunga muvofiq ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar, doimiy talablarning o‘sishi va elektron ta’lim tizimini amalga oshirishda zaruriy baholash va boshqarish sifatlari shakllandi. Hozirgi avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi sifatini baholash uslublari o‘qish jarayoni natijalari nuqtai nazaridan, o‘qitish tizimlarini baholashga, shuningdek, ushbu uslublar umumiy bo‘lib, paydo bo‘lgan va elektron ta’lim tizimi hayot siklining turli bosqichlari sifatini boshqarishga yetarli darajada imkon bermaydi.
Shu sababli ham elektron ta’lim tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o‘qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshi­rishga imkon beruvchi, joriy etish va g’oydalanish bosqichlarini ish­lab chiqish zarur. O‘qitishning barcha xususiyatlari mujassam­langan ishlanmaning uslubi va o‘rganilayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini baholashda darajalarga ajratish tizimining ishlashi hamda o‘lchov xususiyatlarini aniqlashtirish zarurati yuzaga keladi. Mazkur qoidalar birinchi navbatda, tizim bilan uning ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modelining o‘zidagi o‘zgarishlarni kuzatishni talab etadi.
O‘qitish modeli quyidagi: ta’lim maqsadi haqida; o‘quv kursi doirasida o‘rganuvchining bilimi haqida (o‘quv kursining joriy holati); nazorat savollari va vazifalar tanlovi hamda o‘quv materiallarini uzatish asoslari haqida; o‘quvchilar bilan ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modelining o‘zgarishi qoidalari haqida axborotlarni jamlashi kerak. Har bir o‘rganuvchiga tizimning boshlang‘ich sozlanishni ajratish va o‘rganuvchi bilan kelajakda ishlash uchun baza paydo qilishda ko‘plab o‘quv materiallari va tizim bilan ishlashda o‘ziga maqsad berilgan bo‘lishi zarur. Keng tarqalgan o‘qitish modellari quyidagi: overleyli; har xillilik; o‘zgarishlilik jihatlaridan iborat.
Bunday modellarni qurishda ikki asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ekspert o‘qitish tizimlaridagi o‘qitish modellari mazmunida o‘rganuvchilar bilan tizim muloqoti jarayonini boshqarish xususiyatlari ahamiyatiga asoslangan barcha qoidalar va ko‘rsatkichlar majmuasi tushuniladi. Boshqa turdagi o‘qitish tizimlaridagi o‘qitish modellarida o‘qitilayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ajratish va o‘quvchi­larning tizim bilan ishlash ko‘rsatkichlari majmuasi tushuniladi. Shunga qaramay, o‘qitish modelini ko‘rsatkichlar majmui sifatida tushunish — bu juda ham tor tushuncha bo‘lgan bo‘lardi. Ushbu xususiyatlar majmui uslublarsiz o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Shunday qilib, o‘qitish modelini mazkur majmuaning barcha uslublari va o‘qitish xususiyatlari yig‘indisining yaratilishi sifatida ta’riflash mumkin.
Ekspert o‘qitish tizimlarida bu qoidalar ushbu soha mutaxassislari bilan o‘quvchilar muloqotining yuqori sifatda imitatsiya qilishga imkon beruvchi aniq dasturiy ta’minotiga bog‘liq. Biroq adaptiv o‘qitish tizimlari aniq dasturiy ta’minotga mo‘ljallangan bo‘lmasligi mumkin, chunki o‘qitish modelida ko‘rsatilgan qoidalar boshqacha bo‘lishi kerak. Birinchi navbatda, bu qoidalarga muvofiq tizim bilan ishlash natijalari bo‘yicha o‘qitish modeli o‘z o‘zgarishlarini namo­yon etishi kerak. Bu o‘qituvchilarga mazkur modellarni shakllantirishni boshqarishga, shuningdek, dasturlashni algoritmik sozla­nishlarsiz amalga oshirishga imkon beradi.
Hozirgi zamon talablariga binoan maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari oldida eng muhim vazifalaridan biri jahon andozalari talablariga javob bera oladigan bilimli, zukko bolalarni tarbiyalashdan iborat.
Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha o‘qituvchilar va tarbiyachilarniyangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarida qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.
Bugungi kunda ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalaridan foydalanishga oid qator tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ilmiy–pedagogik adabiyotlarda, shuningdek, internet sahifalarida pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan ko‘plab tadqiqotlar va ularning natijalarini ifodalaydigan materiallar berilgan. Lekin pedagogik texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi, texnik vositalarga talab va ehtiyojning ortib borishi bilan mazkur pedagogik texnologiyalaridan maktabgacha ta’lim muassasalari elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida foydalanish sifat jihatidan ancha orqada qolmoqda. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga matematik bilim berish jarayonida bolada ilk bor kundalik matematikaga oid atamallarni o‘rganadi. Bola matematikaga oid bilimlarning inson hayoti uchun nihoyatda zarurligi, u barcha sohalarni o‘rganish uchun muhimligini his etishi lozim. Ular kundalik muloqotda matematik atamalardan foydalansalar asta-sekin bu atamalar bolalar ongiga singib boradi.

Download 285.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling