Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


Download 285.37 Kb.
bet7/18
Sana20.06.2023
Hajmi285.37 Kb.
#1631766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Шоира БМИ тайёр

Fransiyada ta'lim tizimi
Fransiya ta'lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta'lim
haqida»gi Qonun dastlab 1955-yili qabul qilinib, 1975-yili unga qator o'zgartirishlar kiritilgan. Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta'lim haqida»gi Qonuni 1989- yil 10 iyulda qabul qilingan bo'lib, uning o'zgartirilishiga ta'lim strategiyasida ro'y bergan o'zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or tajribalarning mamlakat ta'lim tizimlariga kirib kelishi, o'quv predmetiarining integrasiyalari va boshqalar sabab bo'ldi. Fransiyada ta'limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta'minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o'quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o'rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu erda:
1. Davlat maktablari,
2. Xususiy maktablar,
3. Oraliq maktablari mavjud.
o'qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o'qish va -yozuv alohida
ahamiyatga molik. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. o'rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davamiyligi 60 minut. o'quv yili 5 chorakka bolinadi. Fransuz maktablari boshlang'ich sinflarida o'qish ertalab va tushdan keyingi qismlarga bo'linadi. Ertalab o'quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika,
ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya talimida bolalarni go'daklik chog'idanoq maktabda o'qitish uchun tayyor holda olib k.elish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyaianuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o'rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh).
Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo'lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Fransiyada boshlang'ich talim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang'ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o'qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. o'quv mashg'ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda.
Boshlang'ich sinflarda o'qish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
Dasturlarda o'quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo'yicha aniq, alohida-alohida talablar qo'yiladi.
1990 -yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini
tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi. O‘quvchilar 11 yoshda boshlang'ich maktabni tugallab o'rta maktabga o'tadilar. o'rta talim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O'rta talim ikki bosqichda beriladi. Birinchi
bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4-o'rta sinf, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar umumiy o'rta talim, 4-3 sinflar esa o'quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchi bosqichni tugatgach, o'quvchilar kasbiy yo'nalishlari bo'yicha guvohnoma oladilar. So‘ngra ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo'lgan bolalar ta'lim oladilar. Ular uch yil o'qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan
o'quvchilargina oliy o'quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega bo'ladilar. Fransiyada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma'muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topsbiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko'riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo'lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Oliy talim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi:
Birinchi turkum: umumiy bolib, o'qish muddati ikki yil davom etadi;
Ikkinchi turkum: o'qish bir yil davom etadi. Talabalar magistr darajasi bilan yakunlaydi;
Uchinchi turkum: o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu siklda:
-bironbir predmetni chuqurlashtirib o'rganilganligi haqida diplom 1 yil;
- ixtisoslashtirilgan oliy ma'lumot to'g'risida diplom 1 yil;
- uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil;
- davlat doktorlik dissertasiyasi biron-bir sohani mukammal o'rganib dissertasiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy malumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko'rsatish, ing’ormatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O'qish muddati 2 yil bolib, sakkiz xaftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko'zda tutadi. Sirtqi talim shoxobchalari juda keng bo'lib, u 500 turdagi o'rta, oliy professional ma'lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta'limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta'limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o'rganadi. o'qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o'tadilar. Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliyat ko'rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi. Maktab o'qituvchdlariga qo'yilgan talab Fransiyada o'ta yuqori Ayniqsa, boshlang'ich maktablarda o'qituvchi o'z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san'atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo'lmog'i lozim. O‘qituvchilar o'z nazariy—uslubiy malakalarini oshirishga ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o'tish uchun aniq muddat belgilab qo'yilmagan. o'qituvchilar o'z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o'qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib,malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o'z vaqti va mablag'lari hisobiga malaka oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yevropa Ittifoqi komissiyasining mamlakatimizdagi “Erasmus+” ofisi hamda Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi hamkorligida seminar o‘tkazildi.
«Chet el tajribasi asosida uzluksiz ta’lim tizimida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish» mavzuidagi ushbu tadbirda vazirlik vakillari, professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va yosh olimlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Karimov, Bosh ilmiy-metodik markazi direktori U.Begimqulov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yosh avlodga puxta bilim berish, ularni har tomonlama yetuk kadrlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. Bu ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglaridan ulkan mas’uliyatni, malakasini muntazam oshirib borishni talab etadi.
Mamlakatimizda pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu boradagi xalqaro tajriba ham o‘rganilmoqda. Professor-o‘qituvchilarimiz Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Fransiya, Chexiya, Slovakiya, Gretsiya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya kabi davlatlarda ta’lim olib, malaka oshirib kelmoqda. Yevropa Ittifoqi komissiyasining «Erasmus+», «Texnik yordam dasturlari» kabi loyihalari oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash, yanada takomillashtirishda qo‘l kelmoqda.
– Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasb malakasi muttasil oshirib borilmoqda, – dedi Bosh ilmiy-metodik markaz direktori o‘rinbosari M.Mirsoliyeva. – Bugungi seminarda oliy ta’lim muassasalari xodimlari Yevropa oliy ta’lim tizimidagi samarali usullar, ta’lim berish va ta’lim olish jarayonini yaxshilashga doir ilg‘or yondashuvlar bilan tanishdi.
– Irlandiya ta’lim tizimida yaqin-yaqingacha oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari ko‘zda tutilmagan edi, – deydi Irlandiya O‘qitish hamda ta’lim olishni rivojlantirish milliy forumi direktori Tereza Margaret Magvayyer. – Shu bois o‘qituvchilarning malaka oshirish ishlari ixtiyoriy bo‘lib kelgan. O‘zbekistonning pedagog kadrlar malakasini oshirishga davlat tomonidan jiddiy e’tibor qaratilishi, ularning dars jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi va xorijiy tillarni o‘rganib borishi tajribasidan ibrat olsa arziydi.
Seminarda oliy ta’lim tizimida pedagogik masalalar, uzluksiz malaka oshirishni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, mavzuga doir maxsus fanlar hamda tizimdagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Kelgusida yangi xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etishga oid takliflar muhokama qilindi.


Download 285.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling