Maktabgacha va maktab
Download 67.06 Kb.
|
GEOGRAFIYA 9-SINF 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILET
BILETJahon siyosiy xaritasining shakllanishi. “Issiqxona samarasi” va “Aglomeratsiya” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Dunyoning siyosiy xaritasidan Osiyo mintaqasidagi orol davlatlarni koʻrsating. Ular orasidagi eng yirik davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang. BILETGlobal ekologik muammolar. “Demografik portlash” va “Ijtimoiy soha” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Dunyoning siyosiy xaritasidan tayanch rivojlanayotgan mamlakatlarni koʻrsating. Ushbu davlatlarning poytaxtlaridan qaysi birida Quyosh qolganlariga nisbatan erta chiqadi? Ushbu davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang. BILETMineral resurslar geografiyasi. “Depopulyatsiya” va “Iqtisodiy rayon” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Dunyoning siyosiy xaritasidan Afrikaning aholi soniga koʻra beshta peshqadam davlatlarni koʻrsating. Qitʼada aholisi eng koʻp boʻlgan davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang. BILETUrbanizatsiya jarayonining mohiyati. Urbanizatsiya darajasiga koʻra jahon davlatlarining tasnifi. “Hududiy ishlab chiqarish majmualari (HICHM)” va “Aholining etnik tarkibi” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Dunyoning siyosiy xaritasidan poʻlat eritish boʻyicha 5 ta yetakchi davlatlarni koʻrsating. Ular orasidan eng kichik davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang. BILETYevropaning tabiiy sharoiti va resurslari. “Megalopolis” va “Hududiy ixtisoslashuv” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Dunyoning siyosiy xaritasidan urbanizatsiya darajasi koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan Osiyo davlatlarini koʻrsating. Ularning orasida janubiy qutbga eng yaqin joylashgan davlat poytaxti geografik koordinatalarini aniqlang. Download 67.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling