Tarmoq arxitekturasi
Network architecture
tarmoq tuzilmasi.
Tarmoq operatsion tizimi
tar.
Network operating system
bir nechta kompyuterning bir-biri bilan muloqot qilishi
hamda maʼlumot va resurs almashinishiga imkon
beruvchi operatsion tizim.
Tartib
Order
predmetlarning joylashish ketma-ketligi;
ro‘yxatni muayyan tartibda joylashtirish.
Tartiblash
Sort
tartibga solish yoki guruhlarga ajratish.
Tartibli fayl
mb.
Sequential file
maʼlumotlari mantiqiy tartibda, masalan, alifbo
tartibida saqlangan fayl.
Tartibsiz ro‘yxat
diz.
Unordered list
raqamlanmagan ro‘yxat.
Tashqi kalit
mb.
Foreign key
jadvalning boshqa jadvaldagi birlamchi kalitga ulangan
katagi.
Tashqi xotira qurilmasi
External storage device
maʼlumotlarni saqlash uchun foydalaniladigan,
kompyuterga USB orqali ulanadigan qurilma.
Tasma
Ribbon
sahifa yuqorisidagi maydon (unda menyu bo‘limlarini
topish mumkin);
Microsoft Word va Excel kabi Office dasturlarida
anʼanaviy menyu bo‘limlari va uskunalar paneli o‘rnini
bosuvchi maydon.
Tasniflash
dast.
Classify
obyektlarni tegishli guruhlarga ajratish.
Tasodifiy
diz.
Non-linear
slaydlarning tartib bo‘yicha bog‘lanmagan bo‘lishi.
Tasvir
diz.
Image
rasm, fotosurat yoki diagramma.
Tasvir o‘lchami
diz.
Image size
tasvirning balandligi va kengligi.
Tasvir sifati
diz.
Image quality
tasvir ko‘rinishining aniqligi.
Tasvirni almashtirish
diz.
Image replacement
mavjud tasvirni boshqa tasvirga almashtirish jarayoni.
TCP/IP
tar.
TCP/IP
internet aloqasining umumiy muloqot protokoli.
@edurtm_uz
Do'stlaringiz bilan baham: |