Vaqt shkalasi
diz.
Timeline
animatsiyada yaratilgan va tartib bilan ijro qilinadigan
kadrlar ketma-ketligi.
Veb brauzer
int.
Web browser
veb sahifalarni topib, ochuvchi va namoyish etuvchi
dasturiy taʼminot; veb saytlardan foydalanish uchun
dasturiy taʼminot (masalan, Microsoft Edge, Google
Chrome).
Veb pochta
int.
Webmail
veb brauzer yordamida elektron pochtaga ulanish;
elektron pochta xizmatidan alohida elektron pochta
bilan ishlovchi kompyuter dasturi (email client) orqali
emas, balki oddiy veb brauzer orqali foydalanishni
taʼminlovchi tizim.
Veb sahifa
int.
Webpage
veb saytdagi bitta ko‘rinishni anglatuvchi birlik.
Veb sayt yaratuvchisi
int.
Website authoring
veb sayt yaratish imkonini beruvchi dastur.
Vektor
diz.
Vector
koordinatalar va formulalar yordamida yaratilgan tasvir.
Verifikatsiya
mb.
Verification
maʼlumotni bir nechta manbalar bilan solishtirib
tekshirish.
Vertikal o‘q
e-jad.
Vertical axis
ustunli diagrammaning yuqoriga qaragan o‘qi (y o‘q).
Video
xlq. dast.
Video
yozib olingan (tasvirga tushirilgan) harakatlanuvchi
tasvirlar.
Videokarta
Video card
tasvirni ekranda aks ettirish imkonini beruvchi ichki
qurilma.
Videokonferensiya
tar.
Video conferencing
turli manzillarda joylashgan ishtirokchilar bir-birini ko‘ra
va eshita oladigan elektron uchrashuv.
Videokonferensiya
mad.
Tele-conferencing
audio va video maʼlumotlarni uzatish uchun
kompyuter tarmoqlari yordamida o‘tkaziladigan,
alohida manzillarda joylashgan ikki va undan ortiq
kishi ishtirok etadigan uchrashuv yoki yig‘ilish.
View
atm.
View
dasturda elementlar tashqi ko‘rinishini sozlash
menyusi yoki sozlamalari.
@edurtm_uz
Do'stlaringiz bilan baham: |