Maktabgacha va


Yakuniy loyiha. Maktab pyesasi


Download 6.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/159
Sana12.09.2023
Hajmi6.45 Mb.
#1676196
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   159
Bog'liq
7-sinf Informatika AT fani

Yakuniy loyiha. Maktab pyesasi
Maktabingizda pyesa namoyish etilmoqda. Shuning uchun oʻquvchilarning ota-onalari, 
vasiylari, tarbiyachilari va doʻstlariga chiptalar sotilyapti. Chiptalarni kimlar sotib 
olganini hisoblab borish uchun maktabga ma’lumotlar bazasi kerak. Shuningdek, 
chiptalarni sotib olgan xaridorlarga elektron pochta orqali xabar yuborilishi lozim. Bir 
kishi koʻpi bilan oʻn dona chipta sotib olishi mumkin.
@edurtm_uz


134
1-mashg‘ulot
Maktab uchun kerakli ma’lumotlar bazasini tasvirlang. Quyidagilarni aniqlang:
ma’lumotlar bazasining maqsadi;
maktab ma’muriyati ma’lumotlar bazasidan nimalarni aniqlashda 
foydalanmoqchi;
ma’lumotlar bazasidan kimlar foydalanadi;
har bir kishi ma’lumotlar bazasidagi qaysi amaldan foydalanadi.
2-mashg‘ulot
Ma’lumotlar bazasi talab qiluvchi maydonlar roʻyxatini tuzing. Maydonlar uchun 
mos ma’lumot turini tanlang. Aniqlagan maydonlaringizdan foydalanib yangi 
ma’lumotlar bazasi va jadval yarating.
Kamida bitta maydonda ochiluvchi roʻyxat boʻlsin.
Jadvalingizga kamida bitta validatsiya qoidasini kiriting.
3-mashg‘ulot
Yangi jadvalingiz uchun ma’lumot kiritish shaklini yarating. Ma’lumotlar bazasiga 
kamida oʻn dona chipta sotuvini kiritishda 
formdan foydalaning.
Ma’lumot kiritish shaklini yanada chiroyli va qiziqarli boʻlishi uchun tahrirlang.
4-mashg‘ulot
Chipta xaridorlariga xat yozish uchun matn bilan ishlash dasturidan foydalaning. 
Ularga pyesaning vaqti va sanasi, shuningdek, sotib olgan chiptalari sonini 
eslating.
5-mashg‘ulot
Ma’lumotlarni xavfsiz saqlashning ahamiyati va usullari boʻyicha maktabingizga 
hisobot yozing. Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar uchun avtomatlashtirilgan 
elektron xabarni yarating.

Download 6.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling