172
Teg
dast.
Tag
axborot tizimlaridagi (veb sayt, ijtimoiy tarmoq,
maʼlumotlar bazasi va h.k.) maxsus kalit so‘zlar;
veb saytlarni dasturlashda matn yoki boshqa elementlar
xossasini belgilovchi uskunalar.
Tekislash
diz.
Alignment
kontentning ekran yoki sahifaga nisbatan joylashishi.
Tekshirish
Proofing/Proofreading
matndagi xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash maqsadida
hujjatni to‘liq o‘qib chiqish; axborotning inson
tarafidan diqqat bilan tekshirilishi.
Tekstura
xlq. diz.
Texture Brush
uskunasida turli ko‘rinishdagi chiziqlar chizish usullari;
3D obyektning ustiga “teri” qilib qoplangan tasvir.
Termistor
dast.
Thermistor
haroratni aniqlash uchun foydalaniladigan
yarimo‘tkazgich qurilma.
Texnik hujjatlar
Technical documentations
yechimni ishlab chiqish va uning ishlashi
haqida batafsil tasvirlar to‘plami, tizimga texnik
xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun tuziladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish
Maintenance
tizim ishga tushganidan so‘ng unga o‘zgartirish kiritish
jarayoni.
Texnologiya
Technology
axborot almashish yoki muayyan maqsadlarga erishish
uchun foydalaniladigan tizimlar, jarayonlar yoki
qurilmalar.
Text wrapping
diz.
Text wrapping
matnni muayyan obyekt yoki oyna ichiga sig‘dirib
joylashtirish.
Tinish belgilari
Punctuation
vergul, nuqta, undov, so‘roq belgisi va h.k.
Tizim blok-sxemasi
dast.
System flowchart
jarayonlarning umumiy grafik ko‘rinishi.
Tizim loyihasi
dast.
System design
tizimning vazifalari va ish usuli aks etgan reja.
Do'stlaringiz bilan baham: |