To‘r topologiyasi
tar.
Mesh topology
bir kompyuterni bir necha kompyuterga ulash orqali
hosil qilinadigan tarmoq.
Tovush balandligi
Pitch
tovushning baland yoki pastligi.
Translyatsiya
dast.
Broadcast
scratch dasturida boshqa spraytlar ko‘ra oladigan va
munosabat bildiradigan xabarlarni yuborish.
Tranzaksiya
Transaction
maʼlumot almashish;
elektron pul o‘tkazish.
Trek
jrg.
Track
audio yoki videofayldagi bir oqim.
Trekbol
atm.
Trackerball
sichqonchaning maxsus turi.
Trekpad
atm.
Trackpad
noutbuk/netbukdagi kursorni boshqaruvchi/
sichqoncha o‘rnini bosuvchi qurilma;
noutbuk klaviaturasi tagidagi to‘rtburchak sensorli
maydon.
Triangulyatsiya
xlq.
Trilateration
sunʼiy yo‘ldoshlar tomonidan GPS qurilmasi
foydalanuvchisining joylashgan yerini aniqlash usuli.
Trigger
jrg. diz.
Trigger
biror jarayon boshlanishini belgilab beradigan hodisa;
taqdimotlar bilan ishlash dasturida animatsiya yoki
o‘tish effektlari boshlanishini belgilab beradigan
hodisa.
Trolling
jrg. mad.
Trolling
xafa qilish yoki g‘azabni qo‘zg‘atish maqsadida
ommaviy provokatsion sharh yozish;
ijtimoiy tarmoqlarda masxara, kalaka qilish.
Tugma kombinatsiyalari
Shortcuts
klaviaturaning dastur yoki operatsion tizimdagi menyu
funksiyasi yoki boshqa keng tarqalgan funksiyalarni
tez bajarish uchun foydalaniladigan bir yoki bir necha
tugmalari kombinatsiyasi.
Tugmalar
Keys
klaviaturada joylashgan barcha tugmalar.
Tunel protokoli
tar.
Tunnelling protocol
tarmoqda muayyan qoidalar to‘plami asosida tashkil
etilgan ikkita nuqta o‘rtasidagi aloqa.
Tween
jrg. diz.
Tween
animatsiyalangan obyektning bir tekis harakatlanishini
taʼminlaydigan effekt turi (harakatlanayotgan obyekt
kadrlari orasiga qo‘shimcha kadrlar qo‘shish orqali
erishiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |