175
Glossariy
Virus
xavf.
Virus
zararli dastur turi;
o‘zini nusxalab ko‘paytira oladigan, kompyuter
dasturidan boshqa dasturlarga “yuqadigan”, odatda,
tizimga buzib kirish yoki maʼlumotlarni yo‘q qilish
maqsadida ishlab chiqilgan kod;
zarar yetkazish maqsadida kompyuter tizimiga g‘arazli
maqsadda joylashtirilgan kompyuter kodi.
Virusdan himoya
xavf.
Virus protection
viruslarni aniqlab, ularning kirishiga to‘sqinlik qiluvchi
yoki o‘chirib yuborish orqali bartaraf etuvchi dastur.
Vishing
xavf.
Vishing
telefon qo‘ng‘irog‘i orqali shaxsiy maʼlumotlarni bilib
olishga yo‘naltirilgan firibgarlik turi.
Vizual tasdiqlash
Visual verification
hujjatning aniqligi va to‘g‘riligini vizual tekshirish usuli.
Vizuallashtirish
Rendering
yaratilgan effektlarni birlashtirib, yagona videofaylni
hosil qilish.
VOIP
qsq.
VOIP
Voice Over IP
ovozni internet orqali yuborish protokoli;
internet-telefoniya.
Voz kechish
Tradeoff
yaxshi natija olish uchun boshqa xususiyatdan voz
kechish.
WAN
qsq. tar.
WAN
Wide Area Network
kompyuter va lokal hududiy tarmoqlarni katta
geografik hududda kabellar, optik tola yoki sunʼiy
yo‘ldoshlar yordamida o‘zaro ulaydigan hamda
shaharlar, mamlakatlar yoki butun dunyoni qamrab
oladigan tarmoq.
WAP
qsq. tar.
WAP
Wireless Access Points
maʼlumotlarni simsiz yuboradigan va qabul qiladigan
komponent; WNIC qurilmalarni tarmoqqa ulash
nuqtasi.
Web 2.0
int.
Web 2.0
internetdan yangicha yondashuv bilan foydalanishni
anglatuvchi umumiy atama (Web 2.0 joriy etilishi
internetdan foydalanishda kreativlik, xavfsizlik,
hamkorlik, shaffoflik kabi tushunchalarning paydo
bo‘lishiga sabab bo‘lgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |