46
Maqsad: taqdimot
yaratish sababi.
Masalan,
mahsulot
reklamasi va
boshqalar.
Kalit so‘z
Animatsiyadan ikki
maqsadda foydalaniladi:
• slayd ichidagi muayyan kontentni ajratib koʻrsatish uchun;
• auditoriyadan kontentni belgilangan vaqtga qadar yashirib turish uchun.
Slaydga animatsiya qoʻshish uchun avvalo kontent tanlanadi. Keyin
Animations
menyusi bosiladi.
Tanlangan kontentga mos animatsiya topiladi.
Animations
boʻlimining oxiridagi qora
strelka belgisi bosilsa, juda koʻp animatsiyalar variantlari aks etgan oyna ochiladi.
Ushbu oynani
Add Animation
tugmasini bosish orqali ham ochish mumkin.
Oynada animatsiyalar uchta turga ajratilgan: kirish, ajratib koʻrsatish va chiqish
animatsiyalari.
@edurtm_uz
47
Multimediadan maqsadli
foydalanish
4.1-mashg‘ulot
My_Favourite_Things_v2.pptx taqdimot hujjatini oching. Taqdimot ichidan tasvir
qoʻshilgan slaydni toping.
Tasvirga “Grow/Shrink” animatsiyasini qoʻshing. Keyin yana boshqa ikkita
animatsiyani sinab koʻring va yoqqanini tanlang.
4.2-mashg‘ulot
Design_Favourite_Things.docx loyiha hujjatini oching. Taqdimotdagi qaysi
qismlarga animatsiya qoʻshish mumkinligini aniqlang. Yodda tuting, hamma
kontentga animatsiya qoʻshaverish toʻgʻri emas, chunki bu auditoriyani chalgʻitadi.
Ajratib yoki farqlab koʻrsatiladigan kontentga animatsiyalar qoʻshing.
4.3-mashg‘ulot
My_Favourite_Things_v2.pptx nomli taqdimotni oching. Endi rejangizga kiritgan
animatsiyalarni taqdimotga qoʻshing. Taqdimotingizni
My_Favourite_Things_
v3.pptx deb qayta saqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: