51
Multimediadan maqsadli
foydalanish
6.1-mashg‘ulot
Design_Favourite_Things_v1.docx loyiha hujjatini oching. Taqdimotingiz
auditoriyasi sifatida kimlarni koʻrasiz? Taqdimotingizning maqsadi nimadan
iborat?
6.2-mashg‘ulot
Taqdimotingizni yosh auditoriyaga moslang. Bunda taqdimotingiz maqsadi
auditoriyaning koʻnglini ochish va ularga qiziq ma’lumotlar berish orqali kuldirish
hisoblanadi.
Yosh auditoriya va uning maqsadiga mos boʻlishi uchun loyiha rejangiz hujjati
Design_ Favourite_Things_v1.docxga oʻzgartirish kiriting:
Hujjat davomidan auditoriya va uning maqsadi uchun mos oʻzgarishlarni
izohlovchi qisqa matn yozing.
Hujjatingizni
Design_Favourite_Things_v2.docx deb qayta saqlang.
6.3-mashg‘ulot
Endi taqdimotingizni kattalar auditoriyasiga moslab oʻzgartiring. Bunday holda
taqdimot kelajakdagi ish beruvchiga qaratilgan boʻlib, ularga sevimli narsalaringiz
haqida ma’lumot beradi. U puxta va rasmiy koʻrinishi kerak.
Yangi auditoriya va uning maqsadiga mos boʻlishi uchun loyihaga oʻzgartirish
kiriting.
Loyiha rejasi davomidan yangi auditoriya va maqsad uchun mos oʻzgarishlarni
izohlovchi qisqa matn yozing.
Hujjatingiz nomini
Design_Favourite_Things_v3.docx deb qayta saqlang.
Ssenariy
Biz hayvonot bog‘iga boramiz!
Hayvonot bogʻi tashrif buyurish uchun ajoyib joy va siz buni taqdimotingiz orqali
odamlarga koʻrsatib berasiz!
Qisqa taqdimot yaratish uchun yaqinda oʻzlashtirgan koʻnikmalaringizdan foydalaning.
Taqdimotingiz yangi hayvonot bogʻiga tashrif buyurishi uchun elektron pochta orqali
boshqalarga yuboriladi. Auditoriya sifatida faqat katta yoshlilar qatlamini tanlang.
@edurtm_uz