115
Ma’lumotlar bazasidan
maqsadli foydalanish
Kirish huquqi:
boshqa odamlarga
beriladigan ruxsat
darajalari. Masalan,
ular ruxsat
bergan shaxsning
ma’lumotlar
bazasidagi
ma’lumotlarni
faqat oʻqiy olishi
mumkin.
Ko‘rish huquqi:
bir foydalanuvchi
koʻrishi mumkin
boʻlgan aniq
ma’lumotlar
(bunda
saqlanayotgan
barcha
ma’lumotlarni
koʻrish mumkin
emas).
Kalit so‘zlar
8.1-mashg‘ulot
Quyidagi vazifalarning javobini daftaringizga yozing.
Ultimate League
tashkilotchilari ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni qanday
qilib xavfsiz saqlashni bilishi kerak.
Yuqorida oʻrgangan axborotlardan foydalanib
Ultimate League tashkilotchilari
ma’lumotlarni xavfsiz saqlay olishining ikki xil usulini tushuntirib bering.
1.
2.
Uslub
Tavsif
Kirish
huquqlari
Ma’lumotlar bazasida ayrim insonlarning foydalanish koʻlamini
cheklash mumkin:
Read only: “Faqat oʻqish” ruxsati berilgan shaxslar ma’lumotni
faqat koʻradi, biroq tahrirlolmaydi yoki oʻchira olmaydi.
Read, write: “Oʻqish, yozish” ruxsati berilgan shaxslar ma’lumotlarni
koʻradi va oʻzgartira oladi.
Ko‘rish
huquqlari
Ma’lumotlar bazasini ayrim shaxslar belgilangan ma’lumotlarnigina
koʻra oladigan qilib sozlash mumkin.
Masalan, sport klubi qabulxonasidagi xodim ismlar va manzillarni
koʻra olishi mumkin, lekin shaxslarning kredit kartasi ma’lumotlari
yoki tibbiy ma’lumotlari tarixi kabi maxfiy ma’lumotlarni koʻra
olmaydi.
Ma’lumotlar bazasida yuqoridagi sozlamalarni faollashtirish shart emas, lekin ularning
nimaligi va qoʻllanish maqsadlarini bilish kerak.
Kirish huquqlari va koʻrish huquqlari oʻzaro farqlanadi. Ayrim insonlar ma’lumotlar
bazasiga
Read only ruxsati bilan kira oladi, lekin ular barcha ma’lumotlarni koʻra olishi
mumkin. Boshqa insonlar esa ma’lumotlar bazasiga
Write, Read ruxsati bilan kira
oladi, lekin ular ma’lumotlar bazasining kichik bir qismini “koʻrishi” mumkin boʻladi.
@edurtm_uz