Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Reja : 1


O`yin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida


Download 282.86 Kb.
bet3/5
Sana21.04.2023
Hajmi282.86 Kb.
#1375089
1   2   3   4   5
Bog'liq
maktabgacha yosh davrida psixik rivo

O`yin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida



Psixologiyada qabul qilingandek, rolli o’yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda, o’yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. O’yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq holda yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bo’lsa, o’yinning syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks ettiradi.


O’yinlarning syujeti xilma-xilligiga qaramay, ularni maxsus guruhlarga biriktirish imkoniyati mavjuddir.
Masalan, yirik psixolog ye.A.Arkin o’yinlarning quyidagi tasnifini tavsiya qiladi: 1) ishlab chiqarishga (texnikaga): sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, kasb-hunarga oid o’yinlar; 2) maishiy­ro’zg’or va ijtimoiy-siyosiy: bog’cha, maktab, kundalik turmushga oid o’yinlar; 3) harbiy: urush-urush o’yinlari; 4) dramalashtirilgan: kino, spektakl va boshqalarga oid o’yinlar.
Biz shu tasnif haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin singari psixologlarning tanqidiy mulohazalariga to’la qo’shilamiz, chunki harbiy va dramalashtirilgan o’yinlarni ham ijtimoiy-siyosiy guruhga kiritish mumkin. Bizningcha, D.B.Elkoninning tasnifi ma’quldir. U maktabgacha yoshdagi bolalarga xos rolli o’yinlarning syujetiga ko’ra uchta guruhga ajratishni tavsiya qiladi: 1) maishiy mavzu syujetiga oid o’yinlar; 2) ishlab chiqarish syujetiga taalluqli o’yinlar; 3) ijtimoiy-siyosiy syujetli o’yinlar. Bolaning yoshi ulg’aya borishi bilan o’yinning muddati ham uzayib boradi. Mazkur jarayonni tadqiq qilgan A.P.Usovaning ma’lumotiga ko’ra, 3−4 yoshli bola­larning o’yin faoliyati 10−15 daqiqa, 4−5 yoshli bolalarning o’yin faoliyati 40−50 daqiqa, katta maktabgacha yoshidagilarning o’yin faoliyati bir necha soatgacha cho’zilishi mumkin. Hatto, bir turdagi uyinlarning syujetlari butun kun bo’yi, qolaversa, undan ham ortiq vaqt davom etadi. L.S.Slavina to’plagan ma’lumotlarga qaraganda, maishiy turmushga aloqador bir xil syujetli o’yin, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatiga qarab (kichik, o’rta, katta) turlicha yo’sinda amalga oshirilgan. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar bir xil o’yinchoqlar bilan bir necha marta takroriy yoki ortiqcha harakat qiladilar. Ularning o’yin mazmunini o’yinchoq bilan bajarishi kattalarning harakatlarini takrorlashdir. Agar ular “Mehmon-mehmon” o’ynayotgan bo’lsalar, barcha harakatlarni (mehmonni kutib olish, dasturxon yozish, hol-ahvol so’rash va hokazolarni) buyumlar bilan izchil bajaradilar. Harakatlarni so’z bi­lan qisqartirish hollari bolalar faoliyatida kam uchraydi. O’yinning mazmuni asosan o’yinchoqlar bilan bajariladigan harakatlarda o’z ifodasini topadi, rolni ijro etish hamkorlikda emas, balki yonma-yon, bir-birini to’ldirishdan ancha yiroq tarzda amalga oshadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin faoliyati mutlaqo boshqacha o’tadi, chunonchi bir harakat ikkinchi harakat bilan uzluksiz bog’lanib ketadi, ba’zi bir harakatlar esa so’z yordamida qisqartiriladi (“keling, xush ko’rdik” harakat bilan emas, balki so’z orqali ifodalanadi) va umumlashtiriladi. Rolli o’yin bolalarning hamkorlikdagi faoliyati mahsuli tariqasida vujudga keladi. Bu yoshda rol tanlashda ishtirokchilar o’rtasidagi nizolar, tortishuvlar kamayadi, rolga o’zini loyiq deb bilish o’zidagi mavjud buyumlardan kelib chiqmaydi (masalan, qalam − o’qituvchi, qaychi − tikuvchi rolini olish uchun asos bo’la olmaydi), balki o’yinning mazmunidan, hamkorlikdagi faoliyat nuqtai nazaridan kelib chiqadi. Natijada ular kichik maktabgacha yoshdagilarga o’xshab rolni almashtirish, bir buyumdan boshqasiga bir obrazdan ikkinchisiga o’tishdek beqaror harakatlar qilmaydilar.
O’rta maktabgacha yoshdagi bolalarda rolni taqsimlash yoki uni tanlash o’yin faoliyatiga kirishishdan ancha ilgari amalga oshiriladi, bunga shu guruh boshlig’i bevosita rahbarlik qiladi. SHuning uchun kim qanday rolga munosibligi uzoq tortishuvlarga sabab bo’ladi. Tortishuvlar va bahslar katta yoshli odamlarning aralashuvi natijasida adolatli hal qilinadi. Bolalar o’rtasidagi va asar qahramonlarining bir-biriga munosabati o’yin faoliyatida bosh masalaga aylanadi. Ular amalga oshiradigan xatti-harakatlar umumlashgan bo’lsa ham, o’yinning mazmuni (ona va bola, pattachi va yo’lovchi, sotuvchi va xaridor, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi kabi) shaxslararo munosabatlarni aks ettirishga ko’chadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning o’yin faoliyati negizida va mazmunini ular o’z zimmasiga olgan rolning mohiyatidan kelib chiqib o’yinning barcha qoidalariga rioya qilish tashkil etadi. Tengqurlar orasidagi bahs va tortishuvlar o’yin qoidalari va talablari qanchalik to’g’ri bajarilayotgani haqida bo’ladi.
A.P.Usovaning tadqiqotida ta’kidlanishicha, rolli o’yin ishtirokchilarining safi yosh ulg’ayishiga qarab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib boradi: a) uch yoshli bolalar 2−3 tadan guruhga birlashib 3−5 daqiqa birga o’ynay oladilar; 2) 4−5 yoshlilar guruhi 2−5 ishtirokchidan iborat bo’lib, ularning hamkorlikdagi faoliyati 40−50 daqiqa davom etadi, o’yin davomida qatnashchilar soni ortib ham boradi; 3) 6−7 yoshli bolalarda rolli o’yinni guruh yoki jamoa bo’lib birga o’ynash istagi vujudga keladi, natijada avval rollar taqsimlanadi, o’yinning qoidalari va shartlari tushuntiriladi (o’yin davomida bolalar bir-birlarining harakatini qattiq nazorat qiladilar).
D.B.Elkonin harakatli o’yinning qoidalari mazmuni o’zaro bog’liqligidan kelib chiqib ularni besh guruhga ajratadi: 1) harakatga taqlid qilish: taqlidiy-protsessual o’yinlar; 2) muayyan syujetni dramalashtirgan o’yinlar; 3) syujeti oddiy o’yinlar; 4) syujetsiz qoidali o’yinlar; 5) aniq maqsadga qaratilgan mashqlardan iborat sport o’yinlari.

Download 282.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling