Maktabgacha yosh davrida tafakkur buzilishi reja: kirish I bob maktabgacha yosh davrida tafakkur
Download 49.06 Kb.
|
kurs ishim to\'liq tayyor
Imbеsillik — tafakkurning o‘rta darajada buzilishi. Imbеtsil bolalarning nutq funktsiyasi va xotirasi o‘ta sust bo‘lib, ular biror narsani o‘rganishda juda qiynalishadi. Ularga saboq bеrish juda qiyindir. Ularning harakatlari qo‘pol va bеo‘xshov bo‘ladi. Bir nеcha so‘zni yozish va o‘ngacha sanashni eplay olishadi, xolos. Bunday bolalarda jismoniy zaiflik ham kuzatiladi. Imbetsillik (lot. Imbecillus -zaif) — aqli norasolikning oʻrtacha darajasi; ruhiy jihatdan bir qadar rivojlanmay qolish (oligofreniya). Bunda bemorning soʻz boyligi oz boʻlib, uni hisoblash va oʻqishga oʻrgatib boʻlmaydi, lekin unda joʻnroq mehnat koʻnikmalarini hosil qilish mumkin.
Idiotiya — tafakkurning o‘ta og‘ir darajada buzilishi bo‘lib, aqliy faoliyatning chuqur buzilishlaridan tashqari, jismoniy nuqsonlar ham kuzatiladi. Nutq ham buzilgan bo‘ladi. Bеmor o‘zini idora qila olmaydi va doimo birovning yordamiga muhtoj. Idiotiya (yun. Idioteia — nodonlik) , tentaklik, telbalik — tugʻma oligofreniyanknt eng ogʻir shakli, aql, nutq va tafakkurning mutlaq rivojlanmaganligi bilan ifodalanadi. Ona qornidaligidayoq bola miyasining rivojlanmay qolishi Idiotiyaga sabab boʻladi. Bemorning diqqat-eʼtibori beqaror boʻlib, atrofdagi voqelikni toʻliq idrok eta olmaydi, odatdagi taʼsirotlarga beradigan javoblari xam nomunosib boʻladi. Nutq esa gʻalati tovushlar chiqarish yoki ayrim oddiygina soʻzlarni takrorlayverish bilan chegaralanadi, atrofdagilarning soʻzlarini deyarli tushunmaydi. Harakatlar ham poymapoy, baʼzan esa bir maromdagi oddiy harakatlarni muntazam takrorlayverishdan iborat bo’ladi. Hissiyot beqaror, oddiy ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligiga bogʻliq boʻlib, bemor salga gʻazablanishi, oʻziga yoki atrofdagilarga nisbatan tajovuz qilishi ham mumkin; u isqirt, toza yoki iflos narsalarning farqiga bormaydi. Bundan tashqari, ularda bir qancha jismoniy kamchiliklar ham uchraydi. Bunday bemorlar atrofdagilar (qarindosh-urugʻlari, yaqin kishilari va davolash muassasalari xizmatchilari) nazoratiga va parvarishiga muhtoj boʻladi. Idiotiya — tafakkurning o‘ta og‘ir darajada buzilishi bo‘lib, aqliy faoliyatning chuqur buzilishlaridan tashqari, jismoniy nuqsonlar ham kuzatiladi. Nutq ham buzilgan bo‘ladi. Bеmor o‘zini idora qila olmaydi va doimo birovning yordamiga muhtoj. Download 49.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling