Tarmoqning raqobatbardoshligini baholashga uslubiy yondashuvlar


Download 6.13 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi6.13 Kb.
#1646285
Bog'liq
Tarmoqning raqobatbardoshligini baholashga uslubiy yondashuvlar-fayllar.org


Tarmoqning raqobatbardoshligini baholashga uslubiy yondashuvlar

TARMOQNING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR


TARMOQNING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA USLUBIY YONDASHUVLAR
REJA
1

    • Maykl Porterning “milliy romb”i va uning mohiyati

2


    • Kompleks yondashuv omillari

3


    • Raqobatbardoshlkni integral baholash.


Raqobatbardoshlikni barpo etish va rivojlantirishning M.Porter konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy modeli mamlakatning umumiy xususiyatga ega bo‘lgan va unda ishlab chiqaruvchilar raqobatlashadigan raqobat muhitini shakllantiruvchi to‘rtta xususiyatidan iborat. Ushbu muhit raqobat ustunliklarini shakllantirishga ko‘maklashishi ham yoki unga to‘sqinlik qilishi ham mumkin.
Milliy raqobatbardoshlik rombi
Firmalarning strategiyalari, ularning tuzilishi va raqobati
Ishlab chiqarish omillari parametrlari
Talab parametrlari
Turdosh va qo’llab quvvatlovchi tarmoqlar
Voqea, hodisa
Davlat
2-rasm. M.Porterning milliy rombi
Omillar shartlari, ya'ni ushbu tarmoqda raqobat uchun zarur bo‘lgan konkret omillar (aytaylik, ma'lum ixtisoslikdagi malakali ishchi kuchi ѐki infrastruktura).
Bir turdagi (related) va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlar, ya'ni xalqaro bozorda raqobatbardosh bir turdagi ѐki ta'minlovchi tarmoqlarning mamlakatda bor ѐki yo‘qligi.
Firmaning strategiyasi, uning tuzilishi va raqobatchilar, ya'ni mamlakatda firmalar qanday yaratilishi va boshqarilishi hamda ichki bozordagi raqobatning xususiyati qanday bo‘lishini belgilab beruvchi sharoitlarning qandayligi.
Firmaning strategiyasi, uning tuzilishi va raqobatchilar, ya'ni mamlakatda firmalar qanday yaratilishi va boshqarilishi hamda ichki bozordagi raqobatning xususiyati qanday bo‘lishini belgilab beruvchi sharoitlarning qandayligi.
Mamlakat raqobat ustunligining determinantlari va ularning xususiyatlari va mazmuniga quyidagilar kiradi:
Ichki talab hajmi: talab miqdori, talab dinamikasi, erkin xaridorlar soni, mustaqil xaridorlar;
Ichki talab tuzilishi: talab segmentatsiyasi, xaridorlarning xarakteri (qat'iylik, sinchkovlik), ehtiyojlar dinamikasi;
Talabni baynalminallashtirish mexanizmlarining mavjudligi: xaridorlarning mobilliligi, milliy firmalar faoliyatining ko‘pmillatlilik xarakteri, namoyish etish samarasi, siyosiy ittifoqlar.
Raqobatbardoshlikning milliy rombi bo‘yicha talab parametrlari tavsifi quyidagicha:
Milliy rombda ishlab chiqarish omillariga moddiy resurslar, inson resurslari, investitsiya bo‘yicha resurslar, intellektual resurslar va infratuzilma bevosita ta'sir etadi.
Raqobatbardoshlikning milliy rombida turdosh va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoq parametrlari quyidagilardan iboratligi ko‘rsatilgan:
2-rasm. Tarmoq parametrlari tavsifi
Maykl Porterning ―milliy rombida davlatning ham ta'siri benihoya kattadir. Davlat roli quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Talabga ta'sir ko‘rsatish
2. Infratuzilmani shakllantirish
3. Investitsiyaga ta'sir ko‘rsatish
4. Standartlarni belgilash
5. Xo‘jalik qonunchiligini shakllantirish
6. Raqobat sharoitlarini rostlash
Bundan tashqari ―milliy romb konsepsiyasida tasodif bo‘ladigan voqyealar ta'siri ham kuzatiladi.
- moliya bozoridagi o‘zgarishlar;
- ixtirolar
- texnologik siljishlar
- urushlar
- talabdagi o‘zgarishlar
- resurslar narxining keskin o‘zgarishi
Kompleks ѐndashuvda quyidagi omillarni hisobga olish talab etiladi:
- texnik (chiqarilaѐtgan mahsulotni va ishlab chiqarishni texnik darajasi);
- bozor (bozor salohiyati, raqobat kuchi, ochiqligi, marketing) ilmiy (ilmiy ѐndoshuvni kqlamini kengligi va chuqurligi, iqtisodiy qonunlarni tahlilini chuqurligi);
- iqtisodiy (rentabellik, barqarorlik, resurslar bilan ta'minlanganligini, moliyaviy instrumentlari) tashkiliy (ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatni tashkil etish va menejment, logistika, bozor infrastrukturasini tashkil etish);
- huquqiy (demokratik o‘zgarishlarni stabilligi);
- psixologik va raqobatbardoshlikni ta'minlashning boshqa jihatlari.
Raqobatbardoshlikni baholash aniq iste'molchini aniq tovarga reaksiyasini oxirgi natijasi bo‘yicha amalga oshiriladi, raqobat ustunligini baholash esa investitsiyalashning boshlang‘ich bosqichida, biznesni boshlanishida innavatsion va investitsion loyihalarni texnik – iqtisodiy asoslashda amalga oshiriladi. Raqobatli ustunlikni keyingi monitoringini amalga oshishi ishlab chiqarish jaraѐni bosqichida va tovarni sotishgacha bo‘lgan logistikasida amalga oshiriladi. Shuning uchun asoslangan qattiq va tartibli siѐsat olib borish muhimdir. Ushbu siѐsatni amalga oshirish metodlari bo‘lib ,hisobga olish, tahlil, raqobatli ustunlikni baholash va normallashtirish hisoblanadi.
Masalan: tovarning raqobatli ustunligini integral baholash quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda: formula aniq tovarning raqobatli ustunligining integral ko‘rsatkichi;
i= 1, 2, ..., n-aniq tovarning raqobatli ustunlik nomeri;
J=1, 2, ..., m-i-tovarning raqobatli ustunligi omilining nomeri;

  • - I – raqobatli ustunlikning obro‘si,

Pi – i – raqobatli ustunlikning nisbiy ѐki normativ ahamiyati;


Fij – i- raqobatli ustunlikning j-omilini nisbiy ѐki normativ ahamiyati.
http://fayllar.org
Download 6.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling