Oliy ta’limda zamonaviy yondoshuvlar
|
"Ta'limdagi zamonaviy yondashuvlar" o'quv fanining materialini o'zlashtirish, pedagogikaning uslubiy kategoriyasi sifatida yondashuv mohiyati to'g'risida ma'lum miqdordagi nazariy bilimlarni kiritishni, shuningdek, ta'limni tashkil etishda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishni o'z ichiga oladi
|
Yondoshuvlar
|
Yondoshuvning maqsadi va tavsifi
|
Yondashuvning yutuqlari va kamchiliklari
|
Kompetensiyaviy yondashuv
|
“Kompetensiya” deganda talabalar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil ravishda shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarda amaliy qo‘llay olish layoqati tushuniladi. Kompetensiyaviy yondashuv ta’lim maqsadlarini belgilashning umumiy tamoyillari, ta’lim mazmunini tanlsh, ta’lim jarayonini tashkil etish va ta’lim natijalarini baholash yig‘indisidir.
kompetent ta’lim g‘oyasi ta’limning natijasi qanday bo‘lishi kerak degan savolga javob berish uchun ilgari surilgan. Kompetent yondashuv esa, ta’lim sifatini ta’minlash va buning an’anaviy usullar vositasida, ya’ni o‘zlashtiriladigan ma’lumot hajmini oshirish yo‘li bilan hal qilinmasligi orasidagi ziddiyat tufayli yuzaga kelgan muammoli holatdan chiqishni o‘rgatadi.
|
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va texnologiyaning rivojlanishi, jamiyat ehtiyojlarining o‘zgarib borishi dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarida ta’lim paradigmasini o‘zgartirib, o‘quv jarayonini nazariy bilimlar berishdan olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qarab o‘zgarmoqda.
Olingan bilimlar inson ongida mavhum bo’lib qolmaydi. Ularni amalyotda qo’llash natijasida shakllangan kompetensiyalar insonning notanish vaziyatlardan chiqib ketishi bir qanch muammoli vaziyatlardan osonlik bilan chiqishini anglatadi.
|
Tadqiqiy yondashuv
|
Tadqiqiy –ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta‘limning maqsadi tinglovchida biror muammoni echish qobiliyatini o‘stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o‘zlashtirish, harakatning Yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus ko‘rsatishni ko‘zda tutadi
|
Bu yondashuvda tinglovchining o‘quv-bilish faoliyatiga pedagog rag‘batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, bolaning shaxsiy tashabbusiini qo‘llab-quvvatlaydi, bola bilan hamkorlik qiladi, tinglovchining fikr va qiziqishlarini oldingi o‘ringa qo‘yadi. Tadqiqiy yondashuv bo‘yicha ham pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
|
Ta'limga an'anaviy yondashuv
|
O’quvchilarga mavzu yuzasidan tushunchalar berish. An'anaviy yondashuvning asosiy xususiyati o'qituvchi axborotni gapirib beradi, talaba esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. Bilim tushunchasi xotirada saqlanadigan axborotdir, deb qaraladi. Talabaning bilimi axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bilim asosan esda qoldirishning natijasidir.
|
Bunday egallangan bilimlar xotirada uzoq vaqt saqlanmaydi. Hozirgi paytda an'anaviy ta'lim bo'yicha katta tajriba to'plangan va an'anaviy ta'lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etmoqda. lekin uning ob'ektiv imkoniyatlari cheklangan. Amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar, tez sur'atda rivojlanayotgan fan-texnika talablari ta'lim usuli bilan jamiyatning raqobatdosh. yuqori malakali kadriar tayyorlashga, barkamol avlodni shakllantirishga bo'lgan ehtiyoji o'rtasida tafovutni vujudga keltirdi. Uni ta'limda boshqa yangi yondashuvlarni qo'llash yo'li bilan hal etish lozim.
|
Ta'limga produktiv va izlanuvchan yondashuv
|
O'zlashtirishning produktiv darajasi o'zlashtirilgan bilimlarning namunaviy masalalarini echish uchun mustaqil ravishda o'zgartirish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Bu tayyor namuna yoki qoida emas, balki o'quvchi o'zi tuzgan algoritm bo'yicha bajarilgan harakat. Odatda, bu natijani oldindan ko'rishda faraz qilish mumkin bo'lgan aniq masala shartlariga moslashtirilgan ma'lum qoidalar birikuvidir. Bu o'quvchining o'zlashtirgan ma'lumotini amaliy sohada ma'lum masalalarni echish uchun qo'llay olishi va yangi sub'ektiv ma'lumotni olishi bilan tavsiflanadi.
|
Produktiv usul quyidagi afzalliklarga ega:
- mantiqiy fikr yuritishga, muammolami ilmiy, ijodiy echishga o'rgatadi;
-zaruriy bilimlarni mustaqil ijodiy izlanishgao'rgatadi;
- uchragan qiyinchiliklarni bartaraf etishga o'rgatadi:
-o'quv materiaiini isbotliroq qiladi;
- o'quv materialini chuqurroq va mustahkamroq o'zlashtirishga yordam beradi;
- bilimlar ishonchga aylanishiga ko'maklashadi;
- o'qishga nisbatan ijobiy hislarni hosi! qiladi:
- bilimga qiziqishni shakllantiradi va rivojlantiradi;
- ijodiy shaxsni shakllantiradi.
produktiv usullarni muvaffaqiyatli qo'llash uchun o'qituvchining pedagogik malakasi yuqoriroq bo'lishi lozim
|
Ta'limga tizimli yondashuv
|
Mavhumlikdan aniqlikka qarab borish, analiz bilan sintez, mantiqiylik bilan tarixiylikning birligi, ob'ektlarda bog'lanishlar va o'zaro ta'sirlarning turlichaligi, ob'ektning tuzilishi, vazifalari va kelib chiqishi haqidagi tassavurlarning birligi va hokazolar. 'Tizimli yondashuv" tushunchasi. ko'pincha. 'tizimli metod". ''tizimli tahlil usuli" tushunchalari bilan uzviy bog'liq. Chunki tizimli tahlil usullari ham ob'ektni yaxlit tizim sifatida o'rganishni nazarda tutadi, u ob'ektning turli qismlarini, qismlarning o'zaro bog'Iiqligini. tizimning chegaralari va uning atrof-muhit bilan bog'liqligi. aloqadorligini ta'minlaydi.
|
Tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementga va o'z navbatida, har Bir element bir-biriga chambarchas bog'liq. Ta'lim jarayonini bir tizim deb Qaraydigan bo'isak, uning tashkil etuvchilari, ya'ni elementlariga quyidagilar kiradi: •o'quv maqsadi;
•kutilayotgan natijalar: •o'qituvchi;
•o'quvchi; •ta'lim mazmuni; •ta'lim metodi; •ta'lim shakli;•ta'lim vositalari;
•nazoraiva baholash. Ta'lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab o'tilgan elementlardan birortasi e'tibordan chetda qolsa yoki noto'g'ri tanlangan bo'lsa tizim ishlamaydi.
|
Ta'limga texnologik yondashuv
|
o'qituvchining o'qitish vositalari yordamida o'quvchilarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni tezkor tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa.
Texnologik yondashuv mavjud an‘anaviy o‘quv jarayoniga faqat kompleks tarzdagina emas, pedagoglar tomonidan o‘zgartirilishi, metodik qo‘llanmalar, o‘quv-moddiy baza yaratilishiga harab bosqichma-bosqich ayrim elementlari amalga oshirilaverishi ham mumkin. Bu birinchi navbatda pedagogik texnologiyaning muhim qismi-pedagogik predmetlar va mavzular bo‘yicha ta‘lim maqsadlarini aniqlash usullariga taalluqlidir.
|
Asosiy e'tibor o'qitishning mazmuniga va jarayoniga qaratilgan. O'quvchi o'quv jarayonida faol qatnashadi. O'quv maqsadlari muloqatda aniqlanib,
kutilayotgan natija orqali aks ettiriladi
O'quvchilar bilimlari faol qabul qiladi va o'zlashtirad. E'tibor nazariyotga qaratilgan, ammo uning asosiy qismi amaliyotga qaratilgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |