Maktabgacha yoshdagi bola psixologiyasini o’rganish, rivojlantirish tamoyillari
Download 10.37 Kb.
|
Maktabgacha yoshdagi bola psixologiyasini o
Maktabgacha yoshdagi bola psixologiyasini o’rganish, rivojlantirish tamoyillari N. Xolmo’minova Termiz davlat pedogogika institute talabasi Annotatsiya : Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik jihatdan o’sishi va bolaning kamol topishida qiziqishlarning , o’yinlarning ahamiyati , hamda ularning yosh davri inqirozlari haqida ma’lumotlar berib boriladi . Kalit so’zlar : psixologiya , konsepsiya , krizis maktabgacha yosh , metod , tomoyil , bola , kasbga yo’naltirish , psixologik rivojlantirish . Аннотация : В данной статье представлена информация о значении интересов и игр в психическом росте и развитии детей дошкольного возраста, а также кризисах их юности . Ключевые слова : психология , концепция , кризис дошкольного возраста , метод , принцип , ребенок , профориентация психологическая направленность . Abstract : this article provides information about the importance of interests and games in the mental growth and development of children of preschool age , as well as the crises of their youth . Key words : psychology , concept , crisis preschool age , method , principle , child , career guidance psychological orientation . Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so’ng , inson qadri va ta’lim tarbiyaga katta e’tibor qaratildi. Jamiyatning a’zosi bo’lgan har bir shaxs o’z bilim ko’nikma va malakalari , psixologik dunyo qarashi bilan mamlakatimiz rivojlanishiga katta hissa qo’shib kelmoqdalar . Asosan kadrlarni tayyorlash sohasida ta’lim to’g’risidagi qonunning 11- moddasida uzluksiz ta’lim tizimida keltirilgan. Uning birinchi bo’g’ini maktabgacha ta’lim tarbiya haqida bo’lib u asosiy o’rinni egallaydi. Qolaversa , O’zbekistondagi ko’plab yangi sohalar va maktabgacha ta’lim tashkilotida ham psixologik muommaolar uchramoqda. Shunday ekan har bir bola bilan malakali psixolog individual ishlashi lozim . Rivojlanish psixologiyasida maktabgacha yosh rivojlanishining eng muhim bosqichlaridan biri sifatida tafsiflanadi. Aynan shu davrda bolaning o’zini va uning imkoniyatlarini idrok etish , dunyoga munosabati va muloqot stereotiplari shakllanadi . Zamonaviy psixologiyada maktabgacha yoshdagi davr 3 yoshdan 7 yoshgacha hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda barcha aqliy jarayonlar tez rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi barcha kognitiv jarayonlarning o’ziga xos xususiyati ularning o’zboshimchaliklarini egallashidir. Kichik maktabgacha yoshda ( 3-4 yosh ) idrok bolaning his tuyg’ulari bilan chambarchas bog’liq bo’lib , bola qandaydir qo’zg’aluvchining ta’sirida qanchalik ijobiy his - tuyg’ularni va yorqin taassurotlarni boshdan kechirsa, idrok shunchalik aniq bo’ladi . Ammo kattaroq yoshda ( 5- 7 yosh ) idrok nafaqat stimulga reaktsiya, balki atrofdagi dunyoni tushinish vositasiga aylanadi. Vizual idrok ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalarda rivojlanadi. Bolaning tafakkuri pedogogik jarayonda shakillanadi. Bolaning rivojlanishining o’ziga xos xususiyati uning ijtimoiy kelib chiqishi bo’lgan amaliy va kognitiv faoliyat usullari va vositalarini faol egallashidir. Psixologiya aqil tafakkur haqidagi fan bo’lib bu haqida Abu Rayhon Beruniy ham quyidagi fikrlarni bildiradi. “ Inson hayvondan aql bilan farq qiladi “ deydi va bu tushunchani yanada mustahkamlaydi . Har bir kasb egalari psixologik tomondan rivojlangan bo’lishi lozim. Psixologiya jamiyatning barcha sohalariga kirib brogan bo’lib hozirgi kunda uning 300 dan ortiq tarmog’i mavjud. Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyot darajasini ko’rsata olmaydi. Masalan 2 ta bir xil yoshdagi bolaning belgilar jihatdan bir xil ammo taraqqiy darajasi har xil bo’lishi mumkun . Darhaqiqat, bola ulg’aygan sari uning huquq majburiyatlari ma’suliyati ham ortib boradi . Har bir yosh bosqichida maydonga keladigan krizis ( inqiroz ) davri anashunday jamiyat talablari bilan bolaning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatdan paydo bo’ladi . Maktabgacha yoshdagi bolaning qiziquvchanligi chegara bilmaydi. U tom ma’noda hamma narsaga qiziqadi, u kattalarga minglab savollar beradi va har biri uchun u darhol , tushunarli javobni talab qiladi. Tushuntirishda bola yaxshi ko’radi va takrorlashni so’raydi, ular unga tushuntirishni eslab qolishga va yaxshiroq tushinishga yordam beradi. Shuning uchun u xuddi shu savolni ikkinchi , uchunchi va to’rtinchi marta so’raganda, siz g’azablanib , chaqqonlik bilan kesib tashlay olmaysiz. Download 10.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling