Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


-§. Ochiq havoda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

9-§. Ochiq havoda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar
va jismoniy mashqlar
Harakatli o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning 
asosiy harakat faoliyati, shuningdek, jismoniy mashqlar sifatida 
tarbiyachi tomonidan kunning turli vaqtida, har bir yosh guruhi 
tartibiga muvofiq: ertalab, tushda va kechki sayr paytida 
rejalashtiriladi. Tarbiyachi o‘yinlarni kalendar-reja bo‘yicha 
taqsimlashda harakat ko‘nikmalarining takomillashuviga 
xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-barangligini, zarur 
takroriylik, murakkablashuv va variativlilikni ko‘zda tutadi. 
Tashqi muhit sharoitini hisobga olish o‘yinda qatnashuvchi 
bolalar soni, ularga zarur mo‘ljal olish va aniq vaziyatda o‘zini 
tutishni tarbiyalash uchun muhimdir.
Harakatli o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazish uchun hamisha 
ham barcha bolalarni, butun guruhni birlashtiraverish shart 
emas. Tarbiyachi o‘yinlarni kichik-kichik guruhlar bilan ham 
o‘tkazishi mumkin. Bunday hollarda tarbiyachi bir o‘yinning 
o‘zini bir kunda hamma bolalar ishtirok etishi uchun birnecha 
martadan tashkil qiladi.
Bolalar o‘yin faoliyatining barcha imkoniyatlaridan kun 
davomida foydalanish uchun belgilangan tartibga qat’iy 
amal qilish zarur, chunki harakatli o‘yinlar o‘tkazish vaqti 
va ular davomiyligi bolalarning oldingi va bo‘lg‘usi faoliyati 
bilan uzviy aloqadordir. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar 
faoliyati xarakterini kuzatib borib ularga turli mazmundagi va 
harakat darajasidagi o‘yinlarni taklif etadi, shu asnoda ularni 
harakat faolligini boshqaradi: birining harakatini kuchaytiradi, 
ikkinchisinikini biroz cheklaydi va kerakligicha dam olishini 
ta’minlaydi.
Harakatli o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazishning kalendar-
re- jasini tuzishda yil fasli va ob-havo holati ham hisobga 
olinadi. Faol harakatli o‘yinlar sovuq havoda o‘rtacha harakat 
xarakteri- dagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi. Harakat 
faoliyati xarakteri va sur’atini almashtirib turish bolalar uchun 
dam olish imkonini yaratadi va sovqotishning ham, issiqlab 


231
ketishning ham oldini oladi, psixika
s
ining ijobiy emotsional 
holatini saqlab turadi. Bolalarning qish faslidagi ochiq havodagi 
mazmunli faoliyati chiniqishlariga yordam beradi, organizm- 
ning sog‘lomlashuviga yaxshi ta’sir qiladi.
Yozda, bolalar vaqtlarini asosan ochiq havoda o‘tkazganlari 
uchun ularning kiyim-boshlari ham yengillashtiriladi (trusiklar, 
panamkalar va yengil tuflilar), xilma-xil harakatlar bolalar sog‘- 
lig‘ini yaxshilaydi, ularda hayotiy zavq uyg‘otadi. Toza sof havo- 
da va quyoshdagi harakatlar bola organizmini mustahkamlay- 
di, funksional jarayonlar dinamikasini kuchaytiradi. Yilning bu 
faslida ham xilma-xil harakatli o‘yinlardan foydalaniladi, biroq 
tarbiyachi bolalar issiqlab, qizib ketmasliklarini diqqat bilan 
kuzatib boradi.
Sport mashqlarining dasturiga kiradigan barcha turlari 
(konki uchish, velosiped haydash va hokazolar) ni tashkil 
etish va o‘tkazish tarbiyachidan alohida diqqat-e’tibor talab 
qiladi. Mazkur harakatlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni 
mashg‘ulot soatlarida egallash ko‘zda tutilmagan, bunday tad- 
birlar asosan sayr vaqtida amalga oshiriladi. Tarbiyachining 
eng muhim vazifasi shundan iboratki, u sport o‘yinlari bo‘yicha 
dasturda ko‘zda tutilgan barcha materiallarning o‘tilishini 
ta’minlashi kerak. U mazkur o‘yinlarni shunday me’yorda 
o‘tkazishi kerakki, toki bolalar o‘zlariga tavsiya etilgan mashq 
turlarini egallab olsinlar.
Barcha yosh guruhlarining uchastkalari sport jihozlari 
bilan jihozlangan bo‘lishi va ulardan bolalarning tirmashib 
chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, sakrash, uloqtirish 
harakatlari, muvozanat mashqlari, kim o‘zarga yugurish, 
muayyan masofaga tabiiy to‘siqlar osha tez yugurish va 
hokazolarni takomillashtirishi uchun muntazam foydalanishga 
mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. Maydonchaga har kuni 
o‘yinchoqlar (zambilg‘altak, aravachalar, aylanmachoq, varrak 
va hokazolar) va kichikroq sport invenrarlari (tayoqchalar, 
chambaraklar, bayroqchalar, to‘plar, to‘p tashlaydigan halqalar, 
qisqa va uzun arg‘amchilar va hokazolar) olib chiqiladi. Ikki, 


232
uch g‘ildirakli velosipedlar, samakatlar, avtomobillar, toychalar 
va hokazolar bolalar ixtiyoriga beriladi.
Katta va ayniqsa, tayyorlov guruhlarida voleybol, basketbol
badminton, stol tennisi kabi sport o‘yinlari o‘tkaziladi. Bu 
o‘yinlarning barchasi bolalarni aniq harakat faoliyatiga jalb 
etadi, ko‘nikmalarni takomillashtiradi va jismoniy sifatlarini 
tarbiyalaydi.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling