Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


-§. Sayr va ekskursiyalar o‘tkazish metodlari


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

12-§. Sayr va ekskursiyalar o‘tkazish metodlari
Eng oddiy turizm jismoniy tarbiyaning muhim vositasidir. 
Bolalar bog‘chasida turizm deganda bog‘cha hovlisidan 
tashqaridagi joylarda sayr qilish tushuniladi. Bundan maqsad 
bolalarda harakat malakalarini takomillashtirish, joylarda 
to‘g‘ri yurishga o‘rgatish va shunga o‘xshash ko‘nikmalar hosil 
qilishdan iborat. Bunday mashqlar ahil jamoani tarbiyalash, 
bolalar bilan kattalar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatlar 
o‘rnatish uchun katta ahamiyatga egadir.


237
Bolalar ko‘pincha bolalar bog‘chasi xonasi yoki maydonida 
turli mashqlarni bajarayotib, yangi vaziyatda o‘zlarini yo‘qotib 
qo‘yadilar. Tabiatning bolalarning sayr paytida duch keladi- 
gan o‘zgarib turuvchi sharoiti joylarda zarur mo‘ljal olishni, 
qat’iyatlikni, botirlikni, umumiy chidamlilikni tarbiyalashga, 
do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. 
Shuning uchun bunday sayr va ekskursiyalar muntazam amal- 
ga oshirilishi va u kichik guruhlardan boshlanishi, bunda maz- 
kur guruh bolalarning yosh xususiyatilari va imkoniyatlari, 
sog‘lig‘ining ahvoli, yakka ko‘rsatkichlari hamda shifokor tav- 
siyalari hisobga olinishi lozim.
Sayr maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun tarbiyachi 
ularni kalendar-rejasida oldindan belgilab oladi va o‘tkazishga 
puxta tayyorgarlik ko‘radi.
Yoz – sayrlarni o‘tkazishning eng qulay vaqti. Tarbiyachi 
bolalarni muassasa joylashgan tumanni: shaharda (agar bolalar 
bog‘chasi dala hovlida bo‘lmasa) park, bog‘, xiyobonlarni; dala 
hovlida, yaqin atrofdagi o‘rmon, yaylov, soy, gullagan o‘tloq, 
daryo, ko‘lni oldindan o‘rganadi. Bolalar bilan qaysi yo‘ldan 
borish maqsadga muvofiqligini aniqlash, ayrim marshrutlarning 
uzoqligini belgilash juda muhimdir. Bolalarni yo‘lda dam oldi- 
rish mumkin bo‘lgan joylar aniqlanadi, harakat ko‘nikmalarini 
takomillashtirish mashqlarini o‘tkazish imkonini beradigan 
barcha tabiiy sharoit – irmoqchalar, qirg‘oq, do‘ngalaklar, 
tepaliklar, yiqilgan va egilib qolgan daraxtlar, yaylov va 
hokazolarning mavjudligi hisobga olinadi.
Sayrlar mazmuniga o‘yinchoqlar va kichikroq inventarlar-
dan foydalanib amalga oshiriladigan harakatli o‘yinlar, 
shuningdek, qoidali harakatli o‘yinlar kiritiladi. Yalanglikda 
jismoniy tarbiya mashg‘uloti, harakatli o‘yin o‘tkazilishi, 
shundan so‘ng bolalar dam olishlari, sayr etishlari, xotirjam 
o‘ynashlari mumkin.
Qish faslida bolalar bog‘chasidan tashqariga sayr uyushtirish 
ham muhim bo‘lib, u ham ish rejasiga kiritiladi.
Agar muayyan guruhdagi barcha bolalar konkida ucha oladi 
gan bo‘lsalar yaqin oradagi muz maydoniga (uning ma’muriyati 
bilan oldindan kelishilgan holda) borish maqsadga muvofiq.


238
Kichik guruh bolalari yaqin atrofdagi xiyobonda sayr qilish- 
lari mumkin. Bunday sayrlar bardoshlilik, chidamlilikni hosil 
qilishga, bola organizmining qarshilik ko‘rsata olishini oshirish- 
ga, asab tizimi faoliyatini mo‘tadillashtirishga, bolalarda tetik, 
quvnoq kayfiyatni yuzaga keltirishga yordam beradi.
Sayr vazifalari rejaga muvofiq bolalarni oldindan ogohlanti- 
rish, ularda sayrni quvonib kutish hissini uyg‘otish, sayr 
maqsadini quyidagi ko‘tarinkilikda ma’lum qilishdan iborat: 
“Yalanglikda o‘ynaymiz, so‘ng cho‘milamiz”, “Yalanglikka 
mashg‘ulotlar bajargani boramiz”, “Ayiqchalarni olib ketamiz 
va ular bilan o‘ynaymiz”, “Turistik poxodga jo‘naymiz”. O‘rta 
va katta guruh bolalari sayrga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok 
etishlari lozim. Ular tarbiyachi bilan birga kerakli jihozlarini 
tayinlaydilar, ko‘tarib borish oson bo‘lishi uchun ularni o‘zaro 
taqsimlab oladilar.
Tajriba bunday sayrlarning sog‘lomlashtirish va ta’lim-
tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini, bolalarda turizmga 
nisbatan qiziqish, tetik ruh, chidamlilik, jamoa hissi paydo 
bo‘lishini tasdiqlaydi.
Sayrda barcha yosh guruh bolalari erkin, istasalar guruh-
guruh bo‘lib yurishlari mumkin (odatda juft bo‘lib yurish 
bir bolani ikkinchisiga bog‘liq qilib qo‘yadi va asab tizimi 
holatiga noxush ta’sir etadi, salbiy emotsiya uyg‘otadi, erkin 
harakat qilishga tabiat va uning go‘zalligini his etishga imkon 
bermaydi). Faqat muayyan sharoitlarda, masalan, bolalar 
transport yuradigan shox ko‘chadan kesib o‘tishlari kerak 
bo‘lganidagina juft bo‘lib saflanishi mumkin. Kichik guruh 
bolalarini tarbiyachidan tashqari yana kattalardan biror kishi 
kuzatib borishi kerak: u bolalarni yo‘ldan o‘tkazishga, yalanglik, 
o‘rmonda o‘yin uyush- tirishga ko‘maklashadi.
Agar sayr paytida jismoniy tarbiya mashg‘ulotini o‘tkazish 
belgilangan bo‘lsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga 
oshiriladigan mashqlar (qiya daraxtga sur’atni o‘zgartirib 
chiqish va pastga sakrash, kim o‘zarga yugurish, jilg‘adan 
hatlab o‘tish va hokazo), tik turgan, o‘tirgan, yotgan holatda 
buyumlar bilan bajariladigan mashqlar kiritiladi.


239
Sayr va mashg‘ulot sof havoning bolaning yalang‘och 
badaniga bevosita ta’sir etishi tufayli (bolalar faqat trusi, mayka, 
panamka, kepka va sayrga mos oyoq kiyimida bo‘lishlari lozim) 
harakatda qabul qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi.
Sayr qish faslida ham rejalashtiriladi: bolalar oldindan 
ogohlantiriladilar va tarbiyachi bilan birgalikda kerakli 
narsalarni (o‘yinchoqlar, belkuraklar, o‘yin uchun atributlar, 
chanalar, chang‘ilar, konkilar, va hokazo) tayyorlaydilar.
Sayrlarni muntazam o‘tkazish bolalarning harakat 
ko‘nikmalarini takomillashtiradi, organizmni chiniqtiradi, 
chidamlilikni tarbiyalaydi, hayotiy taassurotlarni yangilaydi, 
atrof-muhitni bilishga yordam beradi, sayohatlarga qiziqish 
uyg‘otadi, zavq-shavq baxsh etadi.


240

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling