Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Yurish va yugurish: Oyoqni sudramasdan, chamalamasdan 
to‘g‘ri yo‘nalishda olib yuradi; chegaralangan tekislikdan yuradi 
(eniga 15–20 sm); 30–40 soniya davomida aylana bo‘ylab 
bir tarafga yuguradi; joyida aylanadi; polga to‘lqinsimon 
yotqizilgan arqon ustida yuradi; 80 metrgacha sekin yuguradi.
Sakrash. Ikki oyoqda joyidan oldinga qarab sakraydi; pred- 
metlardan sakrab tushadi (balandligi 20–30 sm); ariqchalardan 
sakrab o‘tadi(kengligi 20–25 sm).
Irg‘itish va ushlab olish. Kattalarga koptogini irg‘itadi, 
uloqtirilgan koptokni ushlab oladi (masofa 50–100); predmetni 
nishonga otadi (masofa 100–120 sm); koptokni ikki qo‘llab 
oldinga pastdan uloqtiradi; predmetlar orasidan koptokni 
yumalatadi.
Emaklash. Arqon tagiga emaklab kiradi (balandligi 25–30 
sm); chegaralangan tekislik ustida tizza va kaftlar yordamida 
yuradi (kengligi 20 sm bo‘lgan yo‘lakcha va skameyka); 
narvonga chiqadi, tushadi; stullarga chiqadi va tushadi.
Sakrash uchun mashqlar. Ikki oyoqlab turgan joyida 
sakrash, sekin-asta oldinga surilish, bola qo‘lidan yuqoriroq 
qilib osilgan buyumga tegishli harakat qilish. Chiziqchadan 
yoki polga parallel holda ikki qator qilib tashlab qo‘yilgan 
arqonchadan (10–30 sm masofaga) hatlash. Turgan joyida ikki 
oyoqda, iloji boricha uzoqqa sakrash, 10–15 sm balandlikdagi 
buyumdan sakrash.
Yuqorida ko‘rsatilgan asosiy harakatlar quyidagi umum-
rivojlantiruvchi mashqlar orqali amalga oshiriladi.
Qo‘llar va yelka kamari uchun mashqlar. Qo‘llarni belga 
qo‘yish. Qo‘llarni yon tomonlardan yuqoriga ko‘tarish va 
pastga tushirish. Qo‘llarni navbat bilan yuqoriga ko‘tarish 
va ikkala qo‘lni baravar tushirish. Qo‘llarni oldinga, yon 
tomonlarga cho‘zish, kaftlarni yuqoriga burish, panjalarni 
yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish; barmoqlarni qimirlatish.
Oyoqlar uchun mashqlar. Barmoqlar uchida ko‘tarilish. 
Bir oyoq uchi bilan oldinga, orqaga, yon tomonga qo‘yish. 


64
Ketma- ket 2–3 marta cho‘qqayib o‘tirish. Qo‘llarni oldinga 
cho‘zish yoki qo‘llar bilan tizzaga tayanib o‘tirib turish. 
Boshni oldinga egib, qo‘llar bilan tizzani quchoqlash. Tizzadan 
bukilgan oyoq- larni navbat bilan ko‘tarish. Bukilgan tizzalar 
ostida qarsak chalish. O‘tirgan joyida oyoq kaftlari bilan qum 
solingan xaltachani o‘ziga tortib olish. Pol ustida yotgan tayoq, 
g‘o‘lacha (diametri 6–8 sm) bo‘ylab yonlama qadamlar bilan 
oyoq panjalari o‘rtasiga tayanib yurish.
Gavda uchun mashqlar. Koptokni boshi ustidan bir-biriga 
oshirish (oldinga va orqaga). Qo‘llarni oldinga cho‘zib o‘ngga, 
chapga burilish. O‘tirgan joyida burilib buyumni orqa tomonga 
qo‘yish, burilib buyumni qo‘lga olish. Orqaga tiralib o‘tirib 
oyoqlarni yig‘ishtirish, “chordona qurib” o‘tirish, oldinga 
uzatish; tizzalarni quchoqlab ikkala oyoqni yig‘ishtirish. 
Oyoqlarni navbatma-navbat ko‘tarish va ularni bir-birining 
ustiga (o‘ng oyoqni chap oyoqni ustiga va aksincha, chap oyoqni 
o‘ng oyoq ustiga) qo‘yish. O‘tirgan joyida oldinga engashish. 
Tiz cho‘kib o‘tirib, oldinga engashish. Orqa bilan yotib, ikki 
oyoqni balandga ko‘tarish va pastga tushirish; oyoqlarni 
velosiped haydagandek harakat qildirish. Qorin ustiga yotib, 
oyoqlarni bukish va uzatish (galma-galdan va baravariga). 
Orqadan qoringa ag‘darilish va qorindan orqaga ag‘darilish. 
Qorin ustida yotib pastga engashish va qo‘llarni yon tomonga 
cho‘zib, yelkani ko‘tarish.
Mazkur yoshdagi bolalar bilan umumiy rivojlanish mashq-
lari o‘tkazish vaqtida aniq topshiriqlar va taqlidiy harakatlar
mayda predmet va o‘yinchoqlardan foydalanish katta ahamiyatga 
ega bo‘ladi. Predmetlar bilan bajariladigan mashqlarning eng 
soddasi bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlardir. Xilma-
xil va rang-barang bayroqchalar bilan bajariladigan mashqlar 
bolalarni o‘ziga jalb qiladi va ularga quvonch bag‘ishlaydi.
Dasturda ko‘rsatilgan va bolalar egallab oladigan harakatlar 
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va o‘yinlar orqali bolalar 
tomonidan o‘zlashtirib olinadi. 3 yoshga qadam qo‘ygan 
bolalar bilan endi ertalabki gimnastika joriy etiladi. Gimnastika 


65
3–5 minut davom etadi. U yil boshidan boshlab guruhda 
tarbiyalanuvchilarga muntazam ravishda har kuni o‘tkaziladi.
Mazkur yoshda o‘tkaziladigan ertalabki gimnastikada 
mashqlari asosan bolalarga tanish va jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotlarda o‘rgatilgan mashqlar bo‘lib, ular, o‘yin-
mashqlardan iborat bo‘lishi kerak. Mashqlar taqlidiy harakatga 
ega bo‘ladi.
Bu guruhdan boshlab jismoniy mashg‘ulotlar quyidagicha 
tuziladi: tashkiliy, asosiy, yakuniy qismlar.
I. 
Tashkiliy qism: yurish, yugurishlar.
II. 
Asosiy qism:
a) 
umumrivojlantiruvchi mashqlar (2–3 ta va 3–4 marta tak- 
rorlanadi);
b) 
1 yoki 2 ta asosiy harakatlarga o‘rgatish;
d) harakatli o‘yin.
III. 
Yakuniy qism: sekin yurish yoki kam harakatli o‘yin.
Ertalabki gimnastika ham 3 qismdan iborat:
I. Tashkiliy qism: yurish va yugurishlar.
II. Asosiy qism: umumrivojlantiruvchi mashqlar. Qo‘l 
va yelka, o‘mrov o‘stiradigan mashqlar, oyoq muskullarini 
mustahkamlovchi mashqlar. Shulardan 3 xil mashq tanlab 
olinib, 3–4 marta takrorlanadi.
III. Yakuniy qism: tinch yurish yoki nafas olish mashqlari.
Tanlangan mashqlarni ana shunday taqsimlash 
3 yoshga qadam qo‘ygan bolalarga jismonan to‘g‘ri 
rivojlanishga, mashg‘ulotdan mashg‘ulotgacha asta-sekin 
murakkablashtirishga yordam beradi.
Tarbiyachi o‘z ishida tayyor mashqlar kompleksidan 
foydalanishi mumkin yoki o‘zi ham tuzishi mumkin. Mashqlarni 
tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
a) 
bolalarni jismoniy imkoniyatlarini hisobga olishi;
b) 
mashqlarni tanlashda bola organizmiga asta-sekin ta’sir 
etishini;
d) 
tanlangan mashqlarni yarmisi bolalarga tanish, takroriy, 
yarmisi esa yangi mashqlar bo‘lishi;


66
e) 
ko‘p mashqlarni dastlabki holati o‘tirish, qorinda va 
orqada yotish;
f) 
mashg‘ulotlarni yakuniy qismida albatta harakatli 
o‘yinni qo‘shib olib borish kerak. 2–3 yoshli bolalar bilan 
o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotlari, chiniqtirish tadbirlari, tizimlilik va izchilik 
asosida o‘tkazilsagina samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling