Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/94
Sana01.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1738423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

© «IQTISOD-MOLIYA», 2011 
© «IQTISOD-MOLIYA», 2014 
© «IQTISOD-MOLIYA», 2017


3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati 
bilan barcha sohalarda har tomonlama yuksalish yuz 
berayotgani, tub ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlar, 
umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning 
barcha shaxsiy ehtiyojlari, talablari va manfaatlari birinchi 
o‘ringa ko‘tarilayotgani, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh 
avlodning ma’naviy-axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada 
oshayotgani bugungi kunda sir emas.
Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning 
murakkab va ko‘p qirrali muammosining muhim yo‘nalishi 
har bir kishida o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi qayg‘urish 
madaniyatini singdirishdir. Uni tarkib toptirish uchun oila, 
maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb-hunar 
ta’limi tizimi, mahalla, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va 
sport tizimlarining xodimlari butun kuch-quvvatini, g‘ayratini 
ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga 
bo‘lgan muhabbatini singdirib borishlari darkor.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. 
Karimov “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish maro-
simida so‘zlagan nutqida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom 
avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis 
etdik va maxsus xalqaro jamg‘armani tuzdik. Bu bejiz emas, 
albatta. Sog‘lom avlod deganda, biz faqat jismoniy baquvvat 
farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodga ega 
bo‘lgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hech 
qachon hech kim yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi 
anglab olmog‘imiz shart”, - deb alohida ta’kidlagan.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SH.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy 
tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, 
ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli spotrchilarni tanlash 


4
va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash 
borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy 
asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublari joriy etilgan 
bo’lib, bu sohada muhim vazifalar belgilangan. Ana shunday 
vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa sohalar qatori maxsus 
jismoniy tarbiya sohasida ham adabiyotlar yaratilishi yo’lga 
qo’yilgan.
Avvalgi darslik A.V. Keneman, D.V. Xuxlayeva tomonidan 
yaratilgan bo’lib ((“Теория и методика физического 
воспитания детей дошкольного возраста“) “O‘qituvchi” 
nashriyoti tomonidan 1999-yilda tarjima qilinib, o‘zbek tilida 
chop etilgan. Ushbu darslikning ba’zi bir mavzulari O‘zbekiston 
iqlimi sharoitida o‘sayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarning 
jismoniy rivojlanishiga (chiniqtirish, sport o‘yinlari, harakatli 
o‘yinlar va boshqalar) mos kelmaydi.) Ushbu tavsiya etilayotgan 
o’quv qo’llanma kasb-hunar va pedagogika kollejlarining 
“Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi 
va metodikasi” fanini o’qitish o‘quv dasturiga muvofiq 
yozilgan. O‘zbekiston iqlimi sharoitida bolalarni jismoniy 
rivojlantirilishiga moslashtirilgan.
O’quv qo’llanmada maktabgacha yoshdagi bolalarni 
jismoniy tarbiyalash nazariyasining maqsad va vazifalari ochib 
beriladi, vositalari asoslanadi. Ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalarning rivojlanish xususiyatlari, ta’lim va tarbiyaning 
asoslari, jismoniy tarbiya mashqlariga o‘rgatish, harakatli va 
sport o‘yinlarini o‘tkazish metodikasi, maktabgacha ta‘lim 
muassasalarida jismoniy tarbiya ishini tashkil etish shakllari 
(jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, ertalabki badantarbiya va 
boshqalar) kabi masalalar yoritiladi. O‘quv qo‘llanma 2010, 
2011, 2014-yillarda to’ldirilib qayta nashr qilingan. 
O‘quv qo‘llanma uchun ilmiy tadqiqot materiallari, 
O’zbekistonda maktabgacha ta’limga oid me’yoriy hujjatlar, 
maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ishlarning natijalari 
asos qilib olingan. Qo‘llanmani yozishda rus pedagoglaridan 
A.V. Keneman va D.V. Xuxlayevalarning maktabgacha 


5
yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid adabiyotlaridan 
foydalanilgan. Shu bilan birga o‘zbek allomalarining pedagogik 
qarashlari, ularning jismoniy tarbiya sohasidagi qilgan ishlari 
kiritilgan.


6

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling