Birgalikda bajariladigan harakatli o‘yinlar orqali bolalar kishilar hayotidagi, ular o‘rtasidagi munosabatlarni, kelishib harakat qilishni bilib oladilar, ularning tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurlari kengayadi. Bu yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyati bilan bir qatorda faoliyatning amaliy shakllari ham rivojlana boshlaydi: rasm yopishtirish, narsalar yasash va hokazo. Bular bolalarda xayolni, amaliy tafakkurni, badiiy qobiliyatni, ijodkorlikni rivojlantirishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Muntazam ravishda berib boriladigan mehnat topshiriqlari bolalar faoliyatini ijtimoiy manfaatlarga bo‘ysundirishga, ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug‘ullanishiga, mehnatdan kelgan umumiy natijadan quvonish kabi sifatlarni tarbiyalashga olib keladi. - Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 – 264 b.
- G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b.
- Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T.va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b.
- Shapovalenko I.V. Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya): uchebnik dlya studentov vuzov. – M.: Gardariki, 2007. –349 s.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |