Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida mtt va oila hamkorligi


Download 40.42 Kb.
bet1/6
Sana13.02.2023
Hajmi40.42 Kb.
#1193326
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-maruza matni


Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida MTT va oila hamkorligi
1. Bolalarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
2. Bolalarning emotsional xususiyatlarini kamol toptirish
3. Bolalarni tartib-intizomga o‘rgatish
4. Bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalarini rivojlatirishda hamkorlikning zarurati
5. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish


Bolalarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish


Ko’nikma – mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti – harkatlarning avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko’nikma bosh miyaning katta yarim sharlari po’stlog’ida hosil bo’lib, vaqtinchalik nerv bog’lanishlarning barqaror tizimining funksiyasini ta’minlaydi. Dinamik–streotiplarni yaratish sharoitlari bir vaqtning o’zida avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik – sintetik faoliyatni yuzaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat ko’nikmalar, balki malakalar ham yuzaga keladi.

Malaka–oldinga qo’yilgan maqsad va xatti–harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usulidir.
Malakalar xatti–harkatning maqsad va konkret shart– sharoitlariga tegishli bo’lgan holda doimo suyanadi. Odam ishni qanchalik yaxshi bilsa, uni shunchalik malakli amalga oshiradi va undan foydalanadi. Ko’nikma va malakalr xatti–harkat uslubi bo’la turib, ma’lum faoliyat turiga qarab ishlab chiqarish, o’quv, ijtimoiy, sport, tashkiliy, texnik faoliyat,ilmiy faoliyat, san’at sohasidagi ko’nikmalar va boshqalar bo’lishi mumkin. Lekin, barcha faoliyat turlarida qo’llaniladigan ko’nikma va malakalr mavjud: bular harkat, sensor, aqliy ko’nikma va malakalardir.
Harakat ko’nikmalarga jismoniy mehnat, sport va o’quv ko’nikmalari (xat yozish, tez o’qish va hokozo) kiradi.
Sensor ko’nikma va malakalarga o’lchov, yorug’lik, ovoz va simvolik ma’lumotlarni tez va to’g’ri qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan va boshqarish markazlarida takrorlab borishlar kiradi.

Download 40.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling