Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhitga nisbatan hurmat, ehtiyotkorona munosabat va unga masʼuliyat bilan qarash xissini tarbiyalash
Download 5.3 Kb.
|
Kamilova Shoxista Maktb pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Urganch Davlat UniversitetiMaktabgacha taʼlim (sirtqi) yoʻnalishi 19.11-guruh 4-kurs talabasi Kamilova Shoxistaning Maktabgacha pedagogika fanidan tayyorlagan taqdimotiMavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhitga nisbatan hurmat, ehtiyotkorona munosabat va unga masʼuliyat bilan qarash xissini tarbiyalash. Reja: 1.Tabiatdagi mehnatning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati. 2.Bolalarda atrof-muhitga nisbatan hurmat. 3.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati. Tabiatga muhabbat - juda keng qamrovli va murakkab his-tuyg'udir. U yuksak ruhiy va aqliy qatlamlarni o'z ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Bolaning axloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tiriklikka ehtiyotkorona munosabatda bo'lish asosiy o'rin tutadi. Bolalarga bu borada eng yaqin yo'l ular o'sib o'lg'ayotgan joydir. Maktabgacha ta'lim muassasasida hayvonlar va o'simliklarning mavjud bo'lsa, bolalar ularni kuzatadi va bokadi, tarbiyachiga yordamlashadi. Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash uchun ularni o'simliklarni sugorish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiy usullarini o'rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o'zlari bajarayotgan ish jarayoni va natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarlik sifatini shakllantirish uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ularning faoliyatiga hurmatni tarbiyalash zarur. Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning go'zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o'ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e'tiborlarini o'rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilaridan bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun tabiat haqidagi turli fan sohalaridagi katta bilim zahiralariga ega bo'lishlari, ularning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishlari, aql sohasi (noosfera)ning imkoniyatlarini to'g'ri baholay olishlari, tabiatda yuz beradigan narsa-hodisalar orasidagi aloqadorliklarni izoxlay olishlari talab etiladi. Tarbiyachining namunasi bolalarda mehnat ko'nikmalarini tarbiyalashda hal etuvchi ta'sir ko'rsatadi. Bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni shakllantirish jarayonida tarbiyachining o'zi tabiat go'zalliklarini ko'ra olishi va tabiatda go'zallik yaratish ishtiyoqiga ega bo'lishi katta ahamiyatga ega. XULOSA Umuman olganda, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi zarur: 1) jonli va jonli tabiat haqida aniq bilimlar berishi, ularning o'zaro aloqadorligini ochib berishi; 2) inson organizmi va uning salomatligi haqida ma'lumot berishi; 3) maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatdagi o'zgarishlarni kuzatishga doir xulq-atvor ko'nikma va malakalari bilan qurollantirish; 4) tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko'paytirishga yo'naltirilgan inson mehnat faoliyati bilan tanishtirish; 5) Ona-tabiatga muhabbat, uning asrab-avaylashga doyr ishtiyoqni tarbiyalash. Foydalanilgan adabiyotlar. 1.To'xtayev A.S. Ekologiya Pedagogika institutlarining talabalari uchun o'quv qo'llanma. T.: «O'qituvchi» nashriyoti, 2001. 2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish: O'qituvchilar uchun fakultativ kurs yuzasidan qo'llanma. - T.: «O'qituvchi» nashriyoti, 1991. 3. M. Umarova Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda atrof-muhitga mas'uliyatli munosabatni shakllantirish. - T.: 2008. 4. SH.Sodiqova, M.A.Rasulxo'jayeva Tabiat bilan tanishtirish metodikasi- T.: 2013 yil "Fan va texnologiya" 5.www.arxiv.uz EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!Download 5.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling