Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik jihatdan to‘g‘ri nutqni shakllantirishning mazmuni reja


Download 19.42 Kb.
bet1/2
Sana23.01.2023
Hajmi19.42 Kb.
#1112535
  1   2
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik jihatdan to‘g‘ri


Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik jihatdan to‘g‘ri
nutqni shakllantirishning mazmuni
REJA :

  1. Nutqni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslarga qurilgan bo'lib, u butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilganligi to’g’risida.

  2. Maktabgacha ta'limda nutqning grammatik tomonini shakllantirish metodikasi

  3. Talabalarning nutq o’stirishga o’rgatishning usullari haqidagi nazariy bilimlarining mavjud holatini aniqlash.

  4. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o'zlashtirish bolaning o'z faol nutqini ham talab qilishi haqida

Tayanch tushuncha va iboralar.
Grammatika, morfologiya, sintaksis, leksik ma'no, grammatik ma'no, shakl, qo’shimcha, grammatik kategoriya, kelishik, ko'plik, shaxs, zamon, uyushiq bo'lak, sodda gap, qo’shma gaP.
Grammatika tilning grammatik qurilishi haqidagi ta'limot bo’lib, unda so’zlarning shakllari, bog'’lanishi, gap qurilishi va uning turlari o’rganiladi. Grammatika morfologiya va sintaksisdan tarkib topadi.
Morfologiya so’zning grammatik shakllari, so’z turkumlari, grammatik o’zgarishlar haqidagi ta'limot bo’lib, so’z leksik va grammatik ma'noga ega bo'ladi. Sintaksis so’zlarning o’zaro bog' ’lanishi, gap uning ma'no turlari va tuzilishi jihatdan turlarini o’rgatadi.
Tilda so’zning obyektiv borlik haqidagi tushunchani ifodalashi uning leksik ma'nosidir. So’zning morfologik tuzilishi, ularning o’zaro bog'’lanishiga ko’ra ifodalangan ma'nosi esa so’zning grammatik ma'nosi hisoblanadi. Grammatik ma'no so’zning leksik ma'nosini o’zgartirmaydi, so’zga qo’shilgan qo’shimchalar-grammatik shakl yoki yordamchi so’zlar orqali grammatik ma'no ifodalanadi. Masalan, olma, qalam, o’yinchoq so’zlarining leksik ma'nosi meva turi, yozuv quroli, o’ynaladigan narsa nomini ifodalashi bo’lib, ularning birlikda va bosh kelishikda ekanligi grammatik ma'no ifodalashidir. Olmani, qalam bilan, o’yinchoqlar kabi so’zlarning tushum kelishikda ekanligi, ko'plikni bildirishi ham grammatik ma'noni ifodalaydi. Demak, grammatik ma'no grammatik shakl bilan bir butunlikni hosil qiladi, bu esa grammatik kategoriyalarni tashkil etadi, grammatik kategoriyalar xilma- xil bo’lib, tilshunoslikda ular son kategoriyasi, egalik kategoriyasi, kelishik, zamon kategoriyalarini tashkil etadi. So’z shakllari esa so’zning asosiy va shakl qismga bo’linishi xususiyatini ifodalaydi, so’zning morfologik tuzilishini ifoda etadi. Ya'ni so’zning grammatik qismga bo’linmas qismi morfema deyiladi, u o’zak morfema yoki asosiy morfema hisoblanib, so’zga qo’shimcha qo’shish yoki yordamchi so’z qo’shish yordamchi morfemani ifodalaydi. Masalan, quyoncha, mushukni, kanddon kabi so’zlarda asosiy va yordamchi morfemalar mavjuddir. Masalan, quyon-asosiy morfema, -cha esa qo’shimcha morfemadir. So’zning grammatik shakli ikki xil bo'ladi: sintetik shakl va analitik shakl.
Sintetik shaklda so’zga qo’shimcha qo’shiladi: Masalan, quyidagi misolda so’zga bir necha qo’shimchalar qo’shilgan bo’lib, u sintetik shakldir;
Kapalaklar gulzorda,
Qanot qoqib uchishar.
Xursand bo’lib gulzordan,
Guldan gulga qo’nishar.
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o'stirishda nutqning grammatik tomonini o’rgatish, ya'ni nutqni grammatik jihatdan to’g’ri tuzishga o’rgatishda tarbiyachining so’zning asosiy va qo’shimcha morfemalarini bilishi va uni bolalarga amaliy o’rgatishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Nutqning grammatik tomonini o’rgatish bolalarning nutqni to’g’ri ifodalash malakalarini shakllantiradi, ular nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish, nutqni to’g’ri, ifodali, tushunarli bayon etishga o’rgatadi.
Nutqning grammatik tuzilishini o’rgatish maktabgacha ta'limning kichik guruhidan boshlanadi va quyidagilarni amaliy o’rgatish asosiy vazifa hisoblanadi:

  1. otlarni kelishiklar bilan to’g’ri turlash (Anvarning, Anvarni, Anvarga va hokazo)

  2. fe'llarni shaxs-zamon qo’shimchalari bilan to’g’ri tuslashga o’rgatish (oldim, oldi) v) hayvon va parrandalarning nomini birlik va ko’plik ifodalashga o’rgatish

s) uyushiq bo'laqli gaplar tuzishga o’rgatish (Odil tupni, sharni va bayroqchani oldi)

  1. ertak, she'rni ifodali aytish ko’nikmasini tarkib toptirish, chiroyli, to’g’ri gapirishni o’rgatish

  2. grammatik to’g’ri nutqni shakllantirish, rasm asosida, suhbat orqali bolalar nutqida sifatlarni to’g’ri qo’llash, otlarni kelishikda to’g’ri turlashga o’rgatish.

O’rta guruhda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish mazmuni quyidagicha:

  1. Gapirganda, hikoya qilganda so’zlarni grammatik jihatdan to’g’ri qo’llashga, ya'ni kelishiklarda to’g’ri turlashga o’rgatish.

  2. So’zlarni birlik, ko’plik aytish, fe'llarni shaxs va zamonda to’g’ri tuslash, ayrim so’zlarning yasalishini bilish.

  3. Jumlani to’g’ri tuzish, nutqda sodda, qo’shma gaplardan foydalanish.

  4. Topishmoq, tez aytish orqali ogzaki nutqni shakllantirish.

  5. Nutqda fe'lning buyruk maylini qo’llash va to’g’ri ishlatishni o’rgatish.

Katta guruhda nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish davom etadi, bunda quyidagilar amalga oshiriladi.

  1. To’g’ri gapirish, so’zlarni o’zaro bog'lash, jumlani to’g’ri tuzish.

  2. Nutqda uyushiq bo’laqli, sodda yoyiq va qo’shma gaplardan foydalanish.

  3. Fikrni xilma-xil ma'noda bayon etish.

  4. Yangi so’z yasashni, grammatik to’g’ri nutqni shakllantirish talab etiladi.

Maktabga tayyorlov guruhida nutqning grammatik tuzilishi buyicha quyidagilarga ahamiyat beriladi:

  1. Nutqning morfologik va sintaktik tuzilishini shakllantirishni davom ettirish.

  2. Bolalarda o’z nutqi va boshqalar nutqiga tanqidiy munosabatda bo’lishni tarbiyalash.

  3. Ot, sifat, fe'llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qilish.

  4. So’z yasash malakasini mustahkamlash.

  5. Rasmga karab hikoya qilishga o’rgatishni davom ettirish.

  6. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etish.

Nutqning grammatik tomonini o’rgatish amaliy mashqlar, Ko'rsatib berish, o’rgatish orqali amalga oshiriladi, quyidagilar nazarda tutiladi.

  1. Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, rivojlanganlik darajasi.

  2. Bolalar so’z boyligi, nutqni tinglash, eshitish qobiliyati, nutq a'zolarining harakati, holati.

  3. Nutqning grammatik tomonini tarbiyalashda bolalar ruhiyatining shakllanganligi.

  4. Kattalar nutqining grammatik jihatdan to’g’ri, ifodali bo’lishi, bolalar nutqining to’g’riligini kuzatib borishi.

Shunday qilib nutqning grammatik qurilishini o’rgatish kichik guruhdan boshlab amaliy tarzda olib boriladi, ya'ni nutqning grammatik qurilishini o’rgatish nutq o’stirish Mashg’ulotlarida bolalarning so’z boyligini oshirish, tevarak-atrof haqidagi bilimlarini kengaytirish, bolalarning tanish hikoya, ertakni qayta hikoya qilishi, suhbatda tarbiyachi savollariga javob berishi kabi faoliyatlarida amalga oshiriladi va quyidagi metodlardan foydalaniladi.

  1. Tarbiyachining nutqiy namuna bo’lishi.

Tarbiyachi bolalarga gapirayotganda, hikoya qilib berayotganda so’z va jumlalarni grammatik jihatdan to’g’ri, ifodali, bolalarga tushunarli bo’lishiga ahamiyat beradi, bolalarni so’zlashga qiziqtiradi. Masalan, savatchada olma bor. Men savatchadan olmani oldim, kani sen ham savatchadan olmani ol. Sen nima qilding? Savatchadan nimani olding? kabi nutqiy namuna bo’lish metodidan foydalanadi, bolalar nutqni aytishga, nutq anglatgan harakatni bajarishga qiziqadi, nutqning grammatik qurilishini egallay boradi. Bu metod ko’pincha kichik guruhda qo’llaniladi.

  1. Mashq-topshiriq metodi.

Bu metodda tarbiyachi bolalarga biror so’zni aytadi, so’z ishtirokida gap tuzish yoki birlikdagi otni ko’plik aytish, so’zni kelishiklar bilan turlash, tarbiyachining savoliga javob berish kabi topshiriq-mashq metodidan foydalanadi, Bolalar ushbu mashq orqali nutqning grammatik qurilishini o’rganib boradilar. Masalan, mana bu ayiqcha, mana bu ham ayiqcha. Bo'lar ayiqchalar, Ayiqchani Ravshanga berdim. Ravshan nima qildi?
Bolalar: Ravshan ayiqchani oldi. Ayiqchani stulga utkazdi kabi javob beradilar.

  1. Korsatmalilik metodi.

Tarbiyachi o’yinchoq, narsa, buyumlarni bolalarga Ko'rsatadi, ular o’yinchoqlar nomini aytadilar, aytilgan so’zlar yordamida gap tuzishni mashq qiladilar. Masalan, tarbiyachi o’yinchoqni Ko'rsatib, bu nima? uni nima qilasan? kimga berasan? kabi savollar beradi,ular yordamida gap tuzish, nutqiy mashq qilishni tashkil etadi. Bolalar bu mashina, mashinani xaydayman, mashinani Zokirga beraman kabi gaplarni tuzadilar, bu mashqda kelishik qo’shimchalarini to’g’ri qo’llash, fe'lni shaxs va zamonda tuslash, gap tuzish kabi amaliy mashqlarni bajaradilar,shu asosda ogzaki nutqni egallab boradilar.

  1. Didaktik o’yin metodi.

Ushbu metodda bolalar o’yinchoq, qo’g’rchoqlar yordamida didaktik o’yin o’ynaydilar, o’yin jarayonini gap bilan ifodalaydilar, bajargan ishlarini nutq orqali tushuntiradilar, shu tarzda nutqning grammatik jihatdan to’g’ri, ifodali bo’lishini bilib oladilar. Masalan, —Qo’g’rchoqni mexmon qilamiz” didaktik o’yinida bolalar qo’g’rchoq mexmonga keldi, qo’g’rchoqni stulga o’tkazamiz, Shaxlo dasturxon yozdi, Gulchexra choy, murabboni dasturxonga qo’ydi. Biz qo’g’rchoqni choy bilan mexmon qildik. Choyni piyolada o’zatdik kabi gaplarni aytadilar, hikoya tuzadilar.

  1. So’z-mashq metodi.

Bunda tarbiyachi bolalarga narsa buyum nomini aytadi, bolalar tarbiyachi savollariga so’z va gap bilan javob beradilar: Olma qanday? Olma qizil, dumaloq, shirin.
Behi - sariq, nordon.
Sabzi - qizil, suvli, qattiq.
Tarvuz- shirin, qizil, suvli, dumaloq, va hokazo.
Qizil, chiroyli, xidli-gul;
Yumalok, qizil, mayda, achchik-olcha;
Qora, dumaloq, ichi qizil, shirin-tarvuz kabi misollarni aytadilar.
Shuningdek, katta va tayyorlov guruhida “Bu nimadan ishlangan?” “ So’zni davom ettir” kabi didaktik mashqlar ham muhimdir.
Nutqning grammatik qurilishini shakllantirishda bolalarni tasviriy va ijodiy hikoya tuzishga o’rgatish ham qo'lay usuldir. Chunki bolalar hikoyani tuzish uchun mavzuga mos mazmunni uylaydi, fikmi bayon qilish uchun so’z tanlaydi, gap tuzishni mashq qiladi, uz nutqini mazmunli ifodali bo’lishiga harakat qiladi.
Demak, nutqning grammatik qurilishini o’rgatish bolalarning so’z boyligini oshirish, lug’atini boyitish, ko’rgan-kuzatganlari, eshitganlarini so’zlab berish, tarbiyachi savollariga javob berish,tasviriy va ijodiy hikoya tuzish, nutqda so’zni urinli qo’llash, obrazli bayon etish malakalarini shakllantiradi, bolalarda bilishga intilish, ijodiy fikrlash malakalari shakllanadi. Ushbu natijaga erishish, ularda nutqning grammatik qurilishini shakllantirish uchun bolalarning kundalik hayoti, o’yin, mexnat faoliyatlari, kattalar bilan nutqiy muloqati, turli o’yinchoq, narsa, buyum, voqea-hodisalar, didaktik o’yin, Mashg’ulotlar, sayr, ekskursiyalar muhim omil bo’lib xizmat qiladi, bolalar nutqining ifodaliligini ta'minlaydi.

Download 19.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling