Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning zamonaviy texnologiyalari


Download 104.43 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi104.43 Kb.
#1581950
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI

Reja:
Kirish

  1. Maktabgacha yoshdagi asosiy oddiy matematik qonuniyatlar haqida ushuncha

  2. Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllari.

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning zamonaviy texnologiyalari

  4. Elementar matematik tasavvurlarni ko‘rsatmali va og‘zaki metodlar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi o‘qitishning har xil usullari — amaliy, ko‘rsatmali, og‘zaki, o‘yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar— mazkur bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshkalar hisobga olinadi.
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e’tibor berib turishi quyidagilarni ta’minlaydi:
-elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;
-tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o‘lchami, shakli bo‘yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o‘lchami yoki soni bo‘yicha orttirish yoki kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan obyektlarning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog‘lanishlarini aniqlash malakasi;
-bolalar o‘zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo‘yish, sanash, o‘lchash bilan taqqoslash) ni yangi sharoitlarda qo‘llashga yo‘naltirish va mazkur v аziyatda ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xossalar, bog‘lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo‘naltirish. Masalan, o‘yin shart-sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish konuniyatini, umumiy xossalarni topishni o‘rgatish mumkin.

Download 104.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling