Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy qobiliyatlarini, ulardagi estetik tarbiya va estetik tuyg‘usini rivojlantirish. Reja: - 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy qobiliyatlari.
- 2. Estetik tarbiya nima.
- 3. Estetik ehtiyoj nima.
- 4. Estetik va jismoniy tarbiya o'rtasida mustahkam bog'lanish
Tayanch tushunchalar - Tarbiya, ta’lim, estetika, estetik tarbiya, estetik ta’lim, maktabgacha ta’lim, bolalar, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar, estetik tarbiya mazmuni, estetik tarbiya metodlari, estetik tarbiya vositalari.
Foydalanish uchun adabiyotlar: - 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori // https://lex.uz/docs/4327235.
- 2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 802-son (2020 yil 22 dekabr)
- 3.Qarori // https://lex.uz/docs/5179335?query.
- 4. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari // https://lex.uz/docs/5179335?query.
- 5. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturi. – T.: YUNISЕF, 2018. – 72 b.
- 6. Maktabgacha pedagogika / Darslik. F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpulatova, N.M.Kayumova, M.N.A’zamova. – T.: “Tafakkur” nashriyoti, 2019. – 688 b.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy qobiliyatlari. - Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlar bolaning shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohada olimlar va psixologlar tomonidan olib borilgan barcha tadqiqotlar, ijod qobiliyatiga ega bo'lgan bolalarning yanada barqaror ruhga ega ekanligi, ular bilan muloqot qilish va do'stona munosabatda bo'lishlarini isbotlaydi. Kichik yoshda, kompleks rivojlanishga, ya'ni maktabgacha yoshdagi bolalarning adabiy, badiiy va musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor berish tavsiya etiladi. O'yin orqali ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish eng yaxshisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |