Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash


Estetik tarbiya va ta’limning nazariy asoslari


Download 294.16 Kb.
bet2/6
Sana22.04.2023
Hajmi294.16 Kb.
#1379835
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOLALAR SAN\'ATI 1

Estetik tarbiya va ta’limning nazariy asoslari


Estetik tarbiya (lot. “estezio” – go’zallikni his etaman) – shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rganish, uning estetik didini o’stirish, unda go’zallikka muhabbat uyg’otish, go’zallikni yaratish qobiliyatini rivojlantirish.
Estetik tarbiya)ning maqsadi – shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliq, voqelik, maishiy turmush, mehnatga estetik munosabatini shakllantirishdan iborat.
Estetika asoslari – nafis sanatni, badiiy ijodiyotni, tabiat va turmushdagi go’zallikning mohiyati, shakllarini, inson va ijtimoiy borliq o’rtasidagi qadriyatlar munosabatini o’rganuvchi fan.

Estetik tarbiya tushunchasi

  • Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) - bu bolalarga voqelikdagi, san'atdagi,  tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi  go’zallikni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy  didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotga go’zallik olib  kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o’zaro chambarchas bog’liq holda amalga 
  • oshiriladi. CHunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xatti-harakat, 
  • go’zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda ko’rinadi.
  • Xalqimiz «Kamtarlik ham husn» deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma'no 
  • bor. Estetik tarbiya orqali yoshlarda kamtarlik hislati tarkib topadi. Bu hislat 
  • kishilarning eng go’zal belgisidir.Salbiy xatti-harakatlardan nafratlana bilish
  • tuyg’usini ham estetik tarbiyani paydo qiladi. Bunda badiiy asarlarning roli muhimdir. 
  • Masalan: «Zumrad va Qimmat» ertagida Qimmatning xulq-atvori bolalar qalbida 
  • nafratni uyg’otadi. Zumradning tevarak-atrofga munosabati, mehnatsevarligi, 
  • kamtarligi qalblarda quvonchni paydo qiladi.

Download 294.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling