Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash dasturining yaratilishi va tarixi


“Ilk qadam” o’quv dasturining mazmun-mohiyati


Download 43.85 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi43.85 Kb.
#215218
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining bajarilishini

1.3.“Ilk qadam” o’quv dasturining mazmun-mohiyati.

Dastur O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori bilan “Ilk qadam” o’quv dasturi tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.

Mazkur o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasidagi ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ta’lim olishida qo’llanilsin deb delgilan.

Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi (quyida: «MTM davlat o’quv dasturi») O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning 48 asosiy g’oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.

Ilk qadam” o’quv dasturining tuzilishi

1-bob. Umumiy qoidalar.

2-bob. MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari.

3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv.

4-bob. O’quv-tarbiyaviy faoliyat.

5-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari.

6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish.

7-bob. Ilovalar.



MTM davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llash uchun majburiy:

- davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

- maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi; nodavlat muassasalari;

- maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bo’lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;

- maktabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.

MTMning maqsad va vazifalari:

- bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo’yilgan Davlat talablari asosida hamda MTM davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

- maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;

- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

MTM ta’lim jarayonining maqsadlari

- O’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetentsiyalar va rivojlanish sohalari kompetentsiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.



MTM ta’lim jarayonining tamoyillari:

- bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish; - ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi;

- bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;

- bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash; - o’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;

- bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;

- bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;

- MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

- milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.

Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini qo’llab quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi.

Qo’shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish

Qo’shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.

Qo’shimcha ta’lim xizmatlari fakulьtativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko’ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi.

Zarurat tug’ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy jarayonning yakka tartibdagi rejasini tuzadi.

Ota-onalar bilan hamkorlik

Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

- ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;

- ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

- ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;

- ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash.




Download 43.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling