1. Hududlarda gimnastika sport turlarining rivojlanmasdan qolish sabablarini tahliliy o‘rganish.
|
2023-yil yanvar — mart
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Sportni rivojlantirish vazirligi
(A. Ikramov),
O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi
(Sh. Umurzakov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari orqali joylarda, ayniqsa chekka va olis hududlarda joylashgan gimnastika sport seksiyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
|
2023-yil aprel
|
3. Sport menejerlari va trenerlari shtabi zaxirasini yaratish. Bunda, ularni infratuzilmasi rivojlanmagan va gimnastika sport turlari bo‘yicha kadrlar kam bo‘lgan hududlarga yuborish maqsadida o‘z faoliyatini yakunlagan sportchilarni qayta tayyorlashni nazarda tutish.
|
2023-yil aprel
|
4. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tavsiyasi asosida gimnastika sport turlari bo‘yicha trenerlar va tegishli mutaxassislarni ma’lum muddatga tajriba almashish uchun boshqa hududlarga yo‘naltirish.
|
Reja-grafik asosida
|
5.
|
Gimnastika bo‘yicha terma jamoa a’zolarining nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik ko‘rishi va unda munosib ishtirok etishini ta’minlash.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |