Maktabgacha yoshdagi bolalarning miqdor, kattalik haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirishda loyihalashtirish reja: Kirish I bob. Miqdor tushunchasini o‘rgatish metodikasi


Download 180 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi180 Kb.
#1512170
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
boshlangich sinf matematikasida miqdor tushunchasini orgatish metodikasi


Maktabgacha yoshdagi bolalarning miqdor, kattalik haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirishda loyihalashtirish
REJA:
Kirish
I bob. Miqdor tushunchasini o‘rgatish metodikasi.
1.1. Maktabgacha ta’limda miqdor tushunchasini o‘rgatishning umumiy metodikasi.
1.2. Maktabgacha ta’limda vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
1.3. Uzunlik va uning o‘lchov birliklari.


II-bob Miqdor tushunchasini o‘rgatishda masalalar yechishning ahamiyati.
2.1. Maktabgacha ta’limda o‘rganiladigan masalalar va ularni yechish usullari.
2.2. Miqdorga doir masalalar yechishda ko‘rgazmali qurollarning ahamiyati.
Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Maktabgacha ta’lim dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan.
Kurs ishining dolzarbligi- miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak
Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi.
Kurs ishining maqsadi- har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish.
Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rganish bo‘yicha darsni tashkil etish rejasi taxminan quydagi bosqichlardan iborat.
I - bosqich. Narsaning ko‘plab hossalari orasidan o‘rganilayotgan xossani aniqlash. Bu bosqichda o‘rganilayotgan xossalarni taqqoslash usulidan foydalaniladi. Har bir narsa yakkalab qo‘yilmasdan balki boshqa narsalar bilan taqqoslangan holda beriladi.
Dastlab taqqoslanayotgan hossalar orasidagi farq keskin bo‘lishi lozim. Bolalar belgilar orasidagi farqni tushunib olganlaridan so‘ng, farq kamaytirilishi lozim. Masalan, bunday taqqoslaymiz: kitoblar solingan portfel og‘irroqmi yoki daftarmi, dars uzunroqmi yoki tanaffusmi, sinf xonasi ko‘proq joyni egallaydimi yoki sport zalimi ?
II - bosqich. Bir jinsli hossalarni taqqoslash turli usullar bilan o‘tkazish mumkin. Ko‘z bilan ko‘rib xissiy yo‘l bilan, ustiga qo‘yish bilan, turli o‘lchashlar yordamida taqqoslash imkonini beradi

Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling