Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqiy muloqotini har XIL faoliyat sharoitida rivojlantirish mundarija kirish


Download 195.58 Kb.
bet16/19
Sana18.06.2023
Hajmi195.58 Kb.
#1565472
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo\'lgan bolalarning nutqiy

O l m a x o n
Olmaxon o’rmonda yashaydi. Daraxtda olmaxonning uyi bor. Olmaxon kichkina. Rangi sariq. Dumi uzun, yumushoq. Olmaxon sakraydi. U yong’oq yeydi.
Matnni o’qish paytida ularning olmaxon haqidagi bilimlari kengaydi, mustakil nutqi rivojlanadi. Matnga rasm chizib, bolalar uning mazmunini gapirib beradilar. Agarda matnlarda notanish so’zlar uchrasa, pedagog mashg’ulotlarga tayyorlanib, so’zlar ma’nosini aniqlaydiva umumlashtiradi.
Hikoyalab berish va izohlab o’qish halida mustaqil o’qish o’rtasidagi farq shundaki, hikoyalab berish paytida dramalashtirish, o’yinchoq va rasmlardan keng foydalaniladi. Bularning hammasi murakkab mazmunidagi hikoyani tushunib o’zlashtirilishiga yordam beradi. Hikoyalab berish vositasida bolalar mustaqil muloqotga tayyorlanadi, bolalarning axloqiy fazilatlari va bilishga doir qiziqishlari shakllanadi. Hikoyalab berishdan keyin o’qish paytida yetishgan hikoya so’zlarda mustahkamlanadi.
Mustaqil o’qish bolalar nutqini takomillashtiradi, matn mazmunini tushunish va qayta hikoyalash malakalarini shakllantirad, muloqotga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otadi.
Mustaqil o’qish uchun qo’yidagi material beriladi.
1. Bevosita idrok etilgan narsalarni ifodalovchi matnlar.
2. Bolalarga hikoyalab berilgan yoki izohlab o’qilgan matnlarning qisqartirilgan va soddalashtirilgan varianti.
3. Dastur talablariga muvofiq maxsus tuzilgan matnlar.
4. Har bir ta’lim yili uchun ko’rsatilgan adabiy matnlar,
5. Dasturning “Mustaqil o’qish uchun” bo’lishida tavsiya etilgan hikoyalar.
Mustaqil o’qilgan matnlarning tushinilganini aniqlash uchun quyidagi metodik uslubdan foydalaniladi.
1. Matn mazmunining tushuniglanini savollar yordamida aniqlash. Bunda hikoyaning asosiy qahramonlari. Hodisa qayerda va qachon sodir etilgani haqida savollar berilib, bolalarning bilimlari aniqlanadi.
2. Umumlashtiruvchi savollar yordamida bolalar tomonidan matn tushunilishini aniqlash. Nima uchun va qanday bo’ldi?

Download 195.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling