Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqiy muloqotini har XIL faoliyat sharoitida rivojlantirish mundarija kirish


Download 195.58 Kb.
bet1/19
Sana18.06.2023
Hajmi195.58 Kb.
#1565472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo\'lgan bolalarning nutqiy


Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqiy muloqotini har xil faoliyat sharoitida rivojlantirish
MUNDARIJA


KIRISH………………………………………………………………………….3-5


I BOB. ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI MULOQOTGA O’RGATISHNING PEDAGOGIK KONSEPSIYALARI

1.1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar nutqini tarkib toptirish va rivojlantirish to’g’risidagi ta’limotlar tahlili……………………....….6-10


1.2. Eshitishda nuqsoni bo’lgan va zaif eshituvchi bolalarni muloqotga o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari……………………………..…11-17




II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI KAR BOLALARNI MULOQOTGA O’RGATISH TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI

2.1. Maktabgacha yoshdagi kar bolalarni nutqini rivojlantiruvchi nutq turlarining xarakteristikasi ……………………………………………18-30


2.2. Maktabgacha yoshdagi kar bolalar nutqini rivojlantirishda o’qish turlaridan foydalanishning roli….……………………………………31-40


2.3. Predmetlarni tariflash va mustaqil muloqotga o’rgatish
usullari………………………….……………………………………41-52


XULOSALAR ………………………………………………………55-57


QO’LLANILADIGAN ADABIYOTLAR …………………………58-59
KIRISH
Ta’lim soxasidagi isloxatlarning asosiy yo’nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish xalqimizning tarixiy an’analari va pedagogikasi, shuningdek jaxon xalqlari pedagogikasi yutuqlari asosida ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirish shu maqsadda o’qituvchilar, pedagogik jamoalarning bilim va kunikmalarning puxtaligini ta’minlaydigan zamonaviy didaktik vositalarni qo’llashni keng ko’lamda yo’lga qo’yish, shu asosida ta’lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat, deb e’tirof etiladi.
Keyingi yillarda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga nutqiy muloqot asosida ona tilini o’rgatish tizimining joriy etilishi, predmet-amaliy faoliyatiningkeng qo’llanilishi eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha ishni samarali tashkil etilishi munosabati bilan ularning nutqiy rivojlanishining saviyasi sezilarli yuksaladi.
Shu bilan birga eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar tomonidan nutqni o’zlashtirilishi murakkab va dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Ma’lumki, eshitishida nuqsoni bo’lgan balalarga til o’rgatish tizimida o’qishni o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammoni o’rganish uchun chuqur psixologik va pedagogik izlanishlar olib borilishi talab etiladi.
Tadqiqotning obyekti.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning muloqotga o’rgatish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti.
Maktabga va kichik maktab yoshidagi eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni muloqotga o’rgatuvchi usul va uslublari qo’llaniladigan ish turlari va vositalari.
Tadqiqotning vazifalari.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni muloqotga o’rgatish mazmuni, metod va uslublarini har tomonlama o’rganish samarali metodlarni tanlab umumlashtirish.
Tadqiqotning metodlari.
Ilmiy – metodik adabiyotlarni o’rganib chiqish, ularni taxlil qilish, ilg’or tajribalarni o’rganish.
Tadqiqotdan kutiladigan natija.
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni muloqotga o’rgatish bo’yicha samarali usul va vositalarni tanlash va joriy etish.
Tadqiqotning ilmiy va nazariy ahamiyati.
Tadqiqot natijasida o’qishni o’rgatish bo’yicha jamlangan samarali metodlar va ish turlari eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar nutqiy rivojlanishini ta’minlaydi, ular ongli ravishda o’qishni, matnni tushunishni, uni taxlil qilishni, xikoyalab berishni, savollarga javob berishni o’rganadilar, bolalarning nutqiy muloqoti rivojlanib boradi.

Download 195.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling