Ta’lim jarayonida nutqning turli shakllaridan
foydalanish tartibi.
Nutqning idrok etilishi
|
Nutqning ifodalanishi
|
1. Yozilgan yoki gapirilgan so’zning global shaklida farqlash (tayyorlov davrining boshida)
2. Yozuvli jadvalchalardagi so’zlarni daktillab o’qish (faol idrok etish asosida)
3. Daktil nutqni daktillayotgan shaxsning ketidan daktillagan holda idrok etish.
4. O’zlashtirilgan so’zlarni labdan o’qib, gapirayotgan kishining ketidan takrorlash.
5. Yangi matnni o’qish.
|
1. Kattalar talablariga binoan global farqlanadigan ishtirokidagi yozuvli kartochkalarni ishlatish.
2. Muloqotda jadvalchalarda yozilgan so’zlarni daktillab o’qish (tayyorlov bosqichining oxiridan boshlab).
3. Muloqotda daktil nutqdan mustaqil foydalanish, ayni paytda og’zaki gapirish (g’uldirab).
4. So’zlar talaffuzini yaqinlashtirib talaffuz qilish bilan birga daktillash.
5. Og’zaki nutqdan daktillamasdan, mustaqil foydalanishi, asosiy tovushlarni aniq talaffuz etish, murakkab tovushlarni o’xshatib talaffuz etish.
6. Daktillamasdan aniq talaffuz etish.
|
Shunday qilib maktabgacha yoshidagi eshitishda nutqsoni bo’lgan bolalarda, ularning nuqson tuzilishi, idrok etish xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, eshitib funksiyasi nuqsonini silliqlash va kanpensatsiyalash maqsadida ta’lim – tarbiyasining dastlabki kunidanoq og’zaki nutq bilan bir qatorda yozma nutqni idrok etish, tushunish va ifodalash zarurati tug’iladi. Ya’ni, bunday bolalarning so’zli nutqi, og’zaki, yozma, taktil nutqlar yordamida parallel ravishda o’stiradi. Eshituvchi bolalarda esa avval og’zaki nutq shakllantirilib keyin muloqotga o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |