Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi Apologetika


Download 72.5 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi72.5 Kb.
#135561
Bog'liq
3 мавзу глоссарий


MAVZU: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
Apologetika - yunoncha apologetikos - himoya kilish ma’nosini anglatadi. Ilohiyotda tafakkur dalillari yordamida diniy ta’limotni himoya kilish va oqlash bilan bog‘liq bulgan soxa. Dinning mohiyatini aqidalar tizimi xususiyatlari, axloqiy prinsiplari, ijtimoiy hayotdagi roli va ahamiyatini taxlil qilish asosida uni falsafiy materialistik va genetik tanqiddan himoya qilishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib quyadi.
Ateizm – xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar.

Verifikatsiya– (lot. haqiqiy qilmoq) guvoxlik, haqiqiyligining isboti. Respondent xabar beradigan ma’lumotlarning aniqligini o‘lchash uchun zarur dalillarni to‘plash, olish jarayoni.
Veto– (lot. ta’qiqlayman) davlat boshlig‘i yoki parlament oliy palatasining qonun chiqaruvchi tashqilot qabul kilgan qonunni kuchga kirishini bir muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki uni kuchga kiritmaslik huquqi: mutlok veto, kechiktiruvchi veto.
Volyuntarizm– (lot. iroda) ijtimoiy-siyosiy amaliyotda ayrim shaxslar sub’ektiv istaklari va o‘z bilganlaricha qabul kilgan qarorlariga suyanish.
Dogmatika - yunoncha kotib kolgan ma’nosini anglatib, konkret shart-sharoitlarni xisobga olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir.
Milet maktabi - YUnonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o‘rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan).
Pifagor- (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) YUnonistonning Samos orolida yashab o‘tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan.
Neotomizm - XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi (XIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», transkripsiyada «toma» bo‘lib o‘zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm va e’tiqod o‘rtasida to‘la muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular bir-birini to‘ldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan xaqiqat.
Sxolastika - diniy falsafaning asosiy yunalishlaridan biri. Mazkur ta’limot iloxiyotga asoslanib, diniy aqidalarga falsafiy yondashgan. Sxolastika aslida, o‘rta asrlarda g‘arbiy Evropada rivojlangan. Biroq keyinchalik, mazkur termin SHarq falsafasiga nisbatan ham ishlatila boshlandi.
Neokantchilik - XIX asr o‘rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant o‘z davrida qo‘ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar.
Neopozitivizm - oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm Farbda X1X asrning 20 — yillarida paydo bo‘lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo‘la olmaydi.
Nominalizm - lotincha nomina - ism, nom ma’nosini anglatadi. Sxolastik falsafa. Nominalistlar fikricha, universaliylar haqiqatda emas, balki faqat tafakkurda mavjud. O‘rta asrlarda nominalizm sxolastikaning realizm bilan munozarasi natijasida kelib chiqqan edi. Lekin nominalizmning asosiy tezisi qadimgi yunon faylasuflari Antisfen va Stoiklar tomonidan ilgari surilgan bulib, ular Platon g‘oyalarini tanqid qilgan edilar.
Neoliberalizm– yangi liberalizm – mumtoz liberalizm negizida XX asrning 50-60 yillarida rivojlandi.Neoliberalizm davlatning ijtimoiy funksiyalari kengayishini zarur, deb bildi. Siyosiy rollar aniq taksimlanishi to‘g‘risidagi tezis barcha siyosiy kuchlar konsensusi to‘g‘risidagi qoida bilan almashindi. Adolat, davlatni huquq bilan cheklash, hukumatning axlokiy kadriyat va tamoyillarga suyanishi, ommaning siyosiy jarayonda ishtiroki, elitalar rakobati zarurligi tan olindi. Neoliberalizmning moxiyatini qisqacha shunday ifodalash mumkin: davlat shaxsni bozor tizimining salbiy okibatlaridan himoyalashi zarur.
Postpozitivizm - (ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Bunga ko‘ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning xaqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar.
Patristika - so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Farbda episkoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. SHarqda mashhur bo‘lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo‘llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta’limot.
Pragmatizm– (gr. faoliyat, amaliyot) amaliy va foydali natija beruvchi faoliyatnigina tan oladigan, politologiyaning nazariy- metodologik asoslaridan biri bo‘lgan falsafiy, ijtimoiy, siyosiy qarashlar tizimi. Asoschisi Pirs (XIX asrning 70-yillari).
Eley maktabi - pifagorchilarning ittifoqi kabi Elladning Eley shaxrida yuzaga kelgan. Bu maktabning asosiy namoyondalari Ksenofan, Parmenid, Zenon va Melisslardir. Eley maktabi ta’limoti qadimgi YUnon falsafasining shakllanishida, uning kategoriyalari, jumladan, borliq kategoriyasining rivojida yangi qadam hisoblanadi. Ioniyaliklarda borliq jismiy, pifagorchilarniki esa matematik bulsa, Eley maktabida u falsafiydir. Eleyliklar birinchilar qatorida borliq va tafakkur o‘rtasidagi munosabat masalasini quydilar. Antik falsafa shakllanishining yakuni Eley maktabi bilan tugallanadi.
Epikur - (341-270 yillar) — qadimgi YUnon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo‘linmas, olam — jism va bo‘shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga bo‘lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bo‘lsa, ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan.
Ekzistensializm - lotincha «ekzistensiya» yoki intizcha «ekzistense» suzidan olingan bulib «mavjudlik», «mavjudbulmok», degan ma’noni anglatadi. Dastlab vatani Rossiya bulgan (Berdyaev, SHestov) keyinchalik Germaniyada keng rivojlandi (Xaydegger, YAspers, Buber) Asl ma’noda XX asr ma’naviy xayotining extiyojlariga javob sifatida yuzaga keldi va rivojlandi.
Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling