Maktabgacha yoshdagi ta`lim-tarbiya berishning zamonaviy usullari


Download 26.39 Kb.
Sana28.09.2023
Hajmi26.39 Kb.
#1689291
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI TA`LIM-TARBIYA BERISHNING O’ZIGA XOSLIGI


www.arxiv.uz

MAKTABGACHA YOSHDAGI TA`LIM-TARBIYA BERISHNING O’ZIGA XOSLIGI

Reja:




  1. Maktabgacha ta`lim sohasiga hozirgi kun talabi

  2. Maktabgacha ta`limda Germaniya tajribasi

  3. M.Montessori pedagogikasining mohiyati

  4. Bolalarni aqliy rivojlantiruvchi o`yinlar

Didaktik o`yinlar uchun didaktik materiallar, milliy dasturdagi maktabgacha ta`limning vazifalari yozilgan kartochka. Tinglovchilarning reklama qilishlari uchun rangli qalamlar, bo`yoqlar, plakatlar.




Dars usuli:
O`qituvchining taklifi bilan hoxishiga ko`ra tinglovchilar quyidagi rollarga ajratiladi:

  1. Ota-onalar (4-5 ta tinglovchi)

  2. Ilg`or texnologiyalarni qo`llovchi tarbiyachilar (tarbiyachilar qaysi faslda tug`ilishiga ko`ra 4 guruhga ajratiladi).

Ularga jadvalda ko`rsatiilgan shartlar bo`yicha raqobatbardosh, yangi tipdagi maktabgacha ta`lim muassasasining faoliyatini namoyish qilishlari tushuntiriladi. Jihozlar ham ko`ra tashlash yo`li bilan 4 guruhga ajratiladi. O`qituvchining o`zi esa marketolog vazifasini bajaradi. Har bir shart bo`yicha 4 ta guruhning ham faoliyati eng yuqori ball-10 ball tizimida baholanadi. Tinglovchilar xar bir shart bo`yicha tarqatma materiallar asosida erkin harakat qilib, mustaqil fikrlab, guruh a`zolari bilan sekin maslaxatlashib, o`z guruhini ximoya qilish uchun intiladi. O`qituvchi har bir guruh a`zolarining qanday fikr bildirayotganligini, ishtirokini, nazorat qiladi va jadvalga qayd qilib boradi.

Oxirida umumiy bal qo`yilib, egallangan o`rinlar belgilanadi. Berilgan javoblarning to`g`ri va noto`g`ri tomonlari tahlil qilinadi, tushuntiriladi.


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Toki hayot davom etar ekan, ta`lim ham, zamon o`rtaga qo`yayotgan yangi-yangi talablarga ko`ra muttasil ravishda o`zgarib-yangilanib boraveradi. Faqat biz sohadagi dastlabki qadamlarni to`g`ri qo`ya olsak, poydevorni mustahkam qilib barpo etsak, men shunga ishonamanki, bugungi avlod esa bizning qilgan ishlarimizni ehtirom va minnatdorchilik tuyg`usi bilan eslaydi”, deb e`tirof etadi.


Darhaqiqat, O`zbekistonning milliy istiqlolga erishish, ijtimoiy va siyosiy sohada sodir bo`layotgan tub o`zgarishlar ta`lim tizimini, jumladan, maktabgacha yoshfagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish, ularni aqliy, ma`naviy, jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayonini yangilashni taqoza etmoqda.
“Ta`lim to`g`risida”gi Qonunning 26 moddasida “O`qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiya .. o`quv jarayoniga joriy etilsin” deyilgan bo`lsa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da: “Ta`lim berishning ilg`or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o`quv-uslubiy majmualarini yaratish va o`quv tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash” talab etiladi.
Texnologiya yunoncha ikkita “texno”, ‘logiya” so`zlaridan tashkil topgan bo`lib, mohirlik, ustalik to`g`risidagi ta`limot degan ma`noni anglatadi. Yangi pedagogik texnologiya esa shu paytgacha ta`lim-tarbiya berishda foydalanib kelgan an`anaviy uslublardan voz kechgan holda yangi, qildiradigan, ijodiy izlanishga chorlaydigan uslublar yig`indisidan mohirlik bilan foydalanishlar.
Maktabgacha ta`lim tizimida predmetli yo`nalish mavjud edi. Predmetli ta`lim maktabgacha ta`lim muassasalarida o`zining mazmuniga ko`ra tobora murakkablashib, maktab ta`limiga yaqinlashib boradi. Natijada bolaning o`yin faoliyatiga asoslangan rivojlanish jarayoni uning ruhiy rivojlanishi bilan nomuvafiq murakkab ta`lib jarayoni bilan almashtirildi. Bu holat tarbiyalanuvchilarning dastur vazifalarinin o`zlashtirishlariga ham o`zining salbiy ta`sirini o`tkazdi.
Shu bois, bugungi kunda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning faoliyatlari oila sharoitiga yaqinlashtirilib, 2-3 yo`nalish uyg`unlashtirilib turli xil o`yinlardan foydalani orqali tashkil qilinmoqda. Bir yo`nalishdan ikkinchi yo`nalishga o`tishda qiziqarli “Aldarko`sa”, “Bilmasvoy”, “Afandi”, “yalmog`iz”, “dehqon bobo”, “Qimmatxon” kabi va shu obrazlar yordamida bog`lanib, didaktik o`yinlaridan foydalaniladi.
Bugungi kunda maktabgacha ta`lim sohasida xalqaro aloqalarga keng o`rin berilib rivojlangan mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Gollandiya tajribalari o`rganilib, xududiy va milliy xususiyatlarimiz hisobga olingan holda, ijodiy qo`llanilmoqda.
Mariya Motessori ilmiy izlanuvchan, tabiatshunos, vrach, psixolog Italiya yashab ijod etgan, Gollandiyada vafot etgan. Uning maktabgacha tarbiya sohasida pedagogik faoliyatini butun dunyo xalqlari biladi. U bolalar bilan ishlash jarayonida bolalarga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni: ularning qobiliyatlari, qiziqqishlari, bilim darajalarini o`rgandi. Shularga asoslanib didaktik o`yinlar va didaktik materiallar yaratdi. Uning fikricha pedagogika bolaga yordam bermaydi balki, tarbiyachiga yordam beradi. Haqiqatdan ham shunday. O`rgatish uslubi bolalarning istagi, qiziqishi, mushohada qilishi bilan bog`lanmas ekan, bu uslubning samarasi to`g`risida o`ylamasa ham bo`ladi. Biz o`rganib qolgan eski uslubga nazar tashlaydigan bo`lsak, bolalarning istak hohishini hisobga olmasdan hammasini yig`ib, majburlab gapimizni eshitishi, xuddi shunday qilib hikoya qilib berish, namunadagiday rasm chizish talab qilinar edi. Bunday holat bolani chegaralab uning erkin harakat qilish, mustaqil fikr yuritish, ijodkorlik sifatlarini bo`g`adi. Natijada faqat bola ko`r-ko`rona o`zgalarga taqlid qilishdan nariga o`tmaydi. Bolalik inson umrining bir bo`lagidir. Inson butun umr bo`yi oladigan bilimning eng ko`p qismini ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshida egallaydi. Yoshligidan istak, hohishi bo`yicha harakat qilishi, o`ylashi mustaqil fikrlashi uchun oilada ham, bolalar bog`chasida ham kattalar tomonidan sharoit yaratilishi zarur. Bola “kim bilan”, “qachon”, “nima bilan” shug`ullanilishini o`zi hal qilsin. Masalan: hal qilishning barcha bosqichlarini o`zi yecha olsagina mantiqiy fikrlashi rivojlanib boraveradi. Savolga to`g`ri va tez javob berishi uchun kattalar shoshilmasligi kerak.
Kech bo`lsa ham bola o`z xatosini o`zi to`g`rilasin, o`z fikrining to`g`riligini o`zi dadil turib isbotlay olsin. M.Montessori pedagogikasining ahamiyati xuddi shunday sifatlarni tarbiyalashga, aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilganligidadir. U yaratgan o`yinlar sezgi organlari: ko`rish, eshitish, teri-tuyush. Hid bilish, ta`m bilish orqali narsa va hodisalarni bilib olishga mo`ljallangan “kvadrat tuz”, “bo`sh katakni to`ldir”, “nuqtalat o`yini”, “Loto”, “Rangiga qarab o`rnini top”, “O`z o`rnini top”, “Qaysi biri ortiqcha” o`yinlari shular jumlasidandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, akliy va ma'naviy jixatdan ravijlantirishdan, ularning tugma layokati, kizikishi, extiyoji va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda milliy va umum insoniy kadriyatlar asosida muntazam ta'lim olishga tayyorlashdan iborat.
Bolada kattalar bilan mulokot jarayonida axlokiy xulk atvorning dastlabki tajribalari shakllanadi. Mulokotga bulgan extiyoj – muxim ijtimoiy extiyoj bulib, katta yoshli kishi bu ijtimoiy extiyojni kondiruvchi manba xisoblanadi. Axlokiy xis-tuygular va odatlarni tarbiyalash shunday zaruriy asos xisoblanadiki, usiz bola shaxsining murakkabrok xususiyatlarini, ma'naviy kamolotni ta'minlash, mamlakatning ijtimoiy xayot xodisalari xakidagi tasavvurlarni va ularga ijobiy munosabatni shakllantirib bulmaydi.
Maktabgacha bolalikning dastlabki boskichlarida tarkib toptirilgan insonparvarlik asosilari uning ijtimoiy yunalganligi bolalarda asta-sеkin shaxsning jamoatchilik bеlgilari: xulk-atvor odatlari, munosabatlari va tasavvurlarini shakllantirish uchun asos bulib xizmat kiladi.
Avvalo bolalar muassasasida jamoaning katta yoshli a'zolari urtasida tugri uz aro munosabat uslubini vujudga kеltirish kеrak. Uz aro xurmat va gamxurlik, ishga muxabbat, mamlakatning siyosiy va mеxnat xayotida ishtirok etish – bularning barchasi zarur uslubni ta'minlashi lozim. Pеdagogik jamoa va ota-onalar jamoalarining tugri munosabatlari uslubi xam muxim axamiyatga ega. Bu uslub esa bolalar bogchasining ota-onalar bilan muntazam ish olib borishi, oila tarbiyasi tajribalarini urganish natijasida tarkib topadi.
Kattalar bilan bolalar urtasidagi uzaro munosabatlarning yuaksak darajasi – muvoffakiyatli axlokiy tarbiyaning majburiy shartidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axlokiy tarbiyalashning mazmuni va mеtodlari bu yoshdagi bolalarning xususiyatlariga mos klishi va u eng yakin vaktdagi axlokiy rivojlanish zonasini kuzda tutishi kеrak. Masalan, agar 4 yoshli bolalar uz tеngdoshlariga asosan tarbiyachining maslaxati, kursatmasi ta'sirida baxoli-kudrat yordam kursatsalar, 5 yoshga tulayotganda bunday yordamni uz xoxishlariga kura kursatishlari lozim.
Oilaga xos bulgan muxabbat, uzaro e'tibor, gamxurlik muxiti bola xis-tuygusini shakllantirishga ta'sir kursatadi. Oilada karor toptiriladigan ijtimoiy xis-tuygular bolaning kichik yoshdan boshlab tugri axlokiy rivojlanishining muxim asosi xisoblanadi.
«Salomatlik va xayrixoxlikni tarbiyalashning chinakkam maktabi – bu oiladir; Otaga, onaga, buvaga, buviga, aka-ukalariga, opa-singillariga munosabat insoniylikning sinovi xisoblanadi»,-dеgan allomalarimiz.
MTM tarbiyachisining muxim vazifasi – otalarga bola shaxsini shakllantirishda ularning aloxida rol uynashlarini tushuntirishi, zarur pеdagogik bilim va kunikmalarini egallashlarida ularga yakindan yordam bеrishdan iborat. Bolalarning ma'naviy kamolotini ta'minlashda maxallaning urni xam kattadir. Maxalla, avvalo, soglom ijtimoiy muxitdir. Bu еrda kuchli ta'sirga ega bulgan jamoatchilik fikri maxalla axlining xulk-atvori uzaro munosabatlarini adolat va ma'naviy mеzonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma'noda maxalla – Prеzidеntimiz I.Karimov ta'kidlaganlaridеk, - xakikiy dеmokratik darsxonadir.
Maxalla ijtimoiy kеlib chikishi, millati, mijozi turli xil bulgan va oilalarni tashkil kilgan odamlardan iborat. Mana shu oilalarning boshlarini biriktirish, ularni ma'naviy va moddiy-jismoniy jixatdan mustaxkamlash, yoshlarni tarbiyalash kabi muxim vazifalar xam maxallada amalga oshadi. Oilalarni bir jamoaga, ijtimoiy guruxga, muassasaga, aynan maxalla birlashtiradi. Ularda axillik, xamjixatlik, xamkorlik, xamdardlik, xis-tuygularini shakllantiradi, kamol toptiradi.
Xar bir fukaroning xayotida «Shaxs-oila-maxalla» uchligi katta axamiyat kasb etadi. Bu sharkona turmush tarzimizning uziga xos tizimidir va eng muximi, insonning jamiyat xayotiga uzviy singib, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga aylanishida muxim vositadir.
Insonning oilada shakllangan iymon-e'tikodi, odobi, oriyati, vijdoni, tafakkuri maxalla muxitida yanada yuksalib xalk manfaatlari, uz aro inoklik va xamkorlik xis-tuygulari bilan uygunlashib, jamiyatda soglom munosabatlarning shakllanishiga olib kеladi.
Bolalarni xalk ogzaki ijodi bilan tanishtirish xam bolaning ma'naviy komolotini ta'minlaydi. ____________bilan tanishtirishdan maksad: Vatan tuygusini bolalarcha ona allasi, bobolar ugiti, oila tarbiyasi bilan singdirishdan iborat. Bolalarning ma'naviy kamolotini ta'minlashda va ularda ma'naviy komolotni rivojlantirishda asosan turtta nеgizga asoslanish joiz:
Umuminsoniy kadriyatlarga sodiklik;
Xalkning ma'naviy mеrosini mustaxkamlash va rivojlantirish;
Insonning uz imkoniyatlarini erkin namoyon kilish;
Vatanparvarlik xis-tuygularini uygotish;
Uz xalkiga, uning an'analariga, tili va madaniyatiga muxabbat va xurmatni tarbiyalamasdan turib uz xalkini millatlarining butun jaxon xamjamiyatida tеnglardan biri sifatida idrok kiluvchi xakikiy insonni uz Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas. Shunday ekan, kеlinglar bolalarimizga yoshliklaridan boshlab Vatan tuygusi, vatanparvarlik, insonparvarlik, gamxurlik, mеxnatsеvarlik tushunchalarini tushuntirib boraylik.

Atoqli italiyalik pedagok, psixiatr vrach M.Montessori 1870-1952 yillarda yashab ijod etgan. U asos solgan bolalar uylariga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jalb qilinib, u yerda tarbiyaning o’ziga xos tizimi amalga oshirildi. U tuyg’u organlarini tarbiyalashni birinchi o’ringa qo’yadi,buning uchun tegishli didaktik material ishlab chiqadi. Mashqlar sistemasi bolalarda muayyan ko’nikma va malakalarni: predmetlarni shakliga,vazni va rangiga qarab farqlash,xilma-xil ovoz va hidlarni bilish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgan. Montessoru foydalanadigan didaktik materiallar o`z-o`zini nazorat qilish prinsipiga muvofiq yaratilgan bo`lib, bolalarga, pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug`ullanish imkonini beradi. Lekin bunda sezgi organlarining rivojlanishi nutqning o`sishi bilan bog`lanmas edi.


Kattalar tomonidan majburlash, “uni o`yna”, “buni o`yna”, “xato qilding”, “mana bunday bajar” qabilida ish tutish M. Montessori pedagogikasiga zid uslublardir. Uning ta`limi “O`zim bajarishim uchun menga yordam ber” qabilida ish yuritishga asoslangandir. Bola erkin “kim bilan”, “nima bilan”, “qachon” tushunchalarini o`zi hal qilsin. O`zi ko`rib, eshitib, harakat qilib, paypaslab mushohada, ya`ni mantiqiy fikrlay olsin.
Maktabgacha ta’lim sohasida pedogogik jarayonga xozirgi kun talablari bolalarni erkin fikrlashga undovchi qanday topshiriqlar, ta’limiy oyinlardan foydalanish lozimligi togrisida tushuncha beradi. Bolalarda erkin , xur fikrlilikni tarbiyalash istagi xalqimizda qadimdan mavjudligini ta’kidlash uchun Xoja Nasriddin xaqidagi rivoyatlardan birida mazkur mavzuga dahldor bo`lgan kichik bir korinish saqlanib qolganligini quyidagicha hikoya qiladi .
Xoja Nasriddinning qoshnisi uning oz farzandini kaltaklayotgani ustidan chiqib qoladi. Qoshni xayron boladi. Chunki bola tartibli, doimo ota-onasining aytganini qiladi .Qoshnisi Xoja Nasriddindan kaltaklash sababini soraganida, u quyidagicha javob qiladi:
-Togri , bolam buyurgan ishlarimni bekami-ko`st bajaradi. Biroq uning aybi shundaki, men buyurmagan ishlarni bajarishni bilmaydi.
Download 26.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling