Maktablarda informatika fanini inovatsion oʻqitish yoʻllari


"Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman‖ metodi


Download 260.31 Kb.
bet2/2
Sana21.03.2023
Hajmi260.31 Kb.
#1285526
1   2
Bog'liq
maqola uchun

"Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman‖ metodi. Sinf o‘quvchilari beshta guruhga bo‘linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan so‘zlar yoziladi. So‘ngra o‘qituvchio‘quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo‘yadi. Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to‘la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto‘g‘ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o‘quvchilarning faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi).
"Aqliy xujum" metodi. Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko‘nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag‘batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi.«Aqliy xujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma'lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.Bundan tashqari "Bumerang", ―Zinama-zina‖, va

klaster metodlari mavjud. Bu metodlar orqali oʻquvchilarni bilim saviyasini oshirishga harakat qilish mumkin.
Interfaol usullar bo‘yicha o‘qitish tashkil etish jarayonida o‘qituvchining bergan topshiriqlari mazmuni o‘quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo‘lib, o‘quvchilarni fikr yuritish, o‘ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo‘lishi lozim. Mening fikrimcha ta‘limda ko‘plab innovatsion usullar samarali bo‘lib, ayniqsa ta‘limda aniq maqsad qo‘yish yoki fanlararo bog‘lash, aniq maqsadga erishish ko‘p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta‘limda o‘quvchini ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o‘rgatadi. U nafaqat o‘quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta‘lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR ROʻYXATI:
1. Aхborot tехnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida‖. ―Qishloq hayoti ‖ gazеtasi 03.06.05 y.
2. Farberman. B.L . ―Ilg‘or pedagogik texnologiyalar‖. T: 2001 y.
3. Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo. Ucheb.posobie.- Toshkent. TDPU 2003. - 192 s.
4.http://www.aci.uz/uz/news/uzaaa/article/110/.
5. Oʻquv jarayonida ilgʻor pеdagogik va aхborot tехnologi yoʻlarini qoʻllash yoʻllari. Uslubiy qoʻllanma. Akadеmik S.S.Gʻulomov umumiy rahbarligi ostida. − T.; TDIU 2005. 90 b,105 b.
6. Ismatilla Isoqov, Sindorqul Ibragimovich Qulmamatov. ―Informatikani o‘qitishda innovatsion texnologiyalari. Ma‘ruza matnlari.
Download 260.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling